1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tugʻrisida”gi qaroriga asosan 2024 yil 3 avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va bitimlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 20-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish tartibi va shartlari hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar (moliyaviy xizmatlardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy xizmat — banklar va boshqa kredit, sugʻurta va oʻzga moliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari xizmatlari hamda pul mablagʻlarini jalb etish va (yoki) joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar yoki moliya bozori chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar yoki moliyaviy xizmatlarning yoki Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga mos kelmasligi mumkin boʻlgan muomaladagi hamda ularni sotib olish va xizmat koʻrsatish imkoni mavjud boʻlgan chegaralardagi qismining muomala doirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorida bozor ulushi — xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqarilgan tovar realizatsiya qilingan hajmining tovar bozori chegaralari doirasida ushbu tovar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarni realizatsiya qilishning umumiy hajmiga nisbati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya bozorida bozor ulushi — xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmining moliya bozori chegaralari doirasida ushbu moliya bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmiga nisbati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish tovar va moliya bozori chegaralari doirasida, uning joylashgan va davlat roʻyxatidan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar va moliyaviy xizmatlarning bir-birining oʻrnini bosishini hisobga olgan holda tovar yoki moliya bozori chegaralarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning va(yoki) shaxslar guruhining bozor ulushini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tovar bozori chegaralarini va bozor ulushini aniqlash, shuningdek tovar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomda belgilangan tovar bozorining chegaralarini aniqlash boʻyicha talablarga rioya qilishda umuman respublika boʻyicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida yoki ikki yoki undan ortiq tovar bozorlari chegaralarini bittaga biriktirish yoʻli bilan tovar bozorining chegaralarini belgilash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovar bozorining chegaralari isteʼmolchilar tomonidan tovarni erkin sotib olish tamoyili boʻyicha aniqlanadi. Tovarni erkin sotib olish quyidagi shart-sharoitlar mavjud boʻlganda taʼminlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mintaqada aniq tovarni sotib olish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar qiymatiga nisbatan transport xarajatlarining qoplanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning sifati, ishonchliligi va boshqa isteʼmol xususiyatlarining saqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni oldi-sotdi, olib kirish va olib chiqishga cheklovlar (taqiqlar)ning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozori chegaralari doirasida raqobatning teng shart-sharoitlari mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhining bozor ulushlarini aniqlash mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida kamida bir yillik davr uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bozor ulushi xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining aniq tovar bozoridagi savdo-sotiqlar hajmining umumiy hajmidagi ishtirokini ifodalovchi koʻrsatkich hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar bozorida bozorlar ulushlarini hisoblab chiqish uchun hisob-kitobga tovarlarni realizatsiya qilish koʻrsatkichlari asosan natura ifodasida, xizmatlar bozorida esa — qiymat shaklida qabul qilinadi. Natura ifodasidagi tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlmaganda qiymat shaklidagi maʼlumotlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushi ushbu subyektning yoki shaxslar guruhining ishlab chiqarilgan tovarni realizatsiya qilish hajmining tovar bozori hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi hamda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BU=Vo x 100/Vp, bu erda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BU — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vo — tovar bozori hududida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarni (shu jumladan bir-birining oʻrnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vp — quyidagi tarzda hisoblanadigan tovar bozorining miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vp=Vo1+ Vo2+…+Von+Vi, bu erda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vo1 — Von — tovar bozori hududidagi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlarni (shu jumladan oʻzaro almashinadigan tovarlarni) realizatsiya qilish hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vi — tovar bozori hududida import tovarini (shu jumladan bir-birining oʻrnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tovar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bogʻliq boʻlmagan holda unga oʻz faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqe hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda boʻlib, bunda quyidagi shartlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar bozorida 35 — 50 foiz doirasida boʻlgan ulushi bir yil va undan ortiq muddat mobaynida barqaror boʻlib turishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda boʻlib turishi, yaʼni bozorda 20 foizdan ortiq tovarlar ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bozorga yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat boʻlishi shartlari belgilangan boʻlsa, shu xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ustun mavqe deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tegishli tovar bozorida tovarning aniq turiga oʻxshash boʻlmagan yangi tovar ishlab chiqarish bilan birinchi marta bozorga kirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi ikki yil mobaynida eʼtirof etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tovar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini belgilash uchun foydalaniladigan maʼlumot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tovar bozorini oʻrganishda monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslardan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ravishda quyidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, import va eksport qilish miqdorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli bozordagi tovarni ishlab chiqaruvchi korxonalar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hamkorlikdagi faoliyati bilan bogʻliq shartnomalar nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarga narxlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni realizatsiya qilish uchun tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning texnik hujjatlari (GOST, TSh va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maʼlumot soʻrov olingan kundan boshlab bir oy muddatdan kechikmasdan monopoliyaga qarshi organga, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan — pochta manzillari koʻrsatilgan holda tovar (ishlar bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi) ishlab chiqaruvchi korxonalar roʻyxati, tovar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish)ning umumiy miqdori, tovarni import va eksport qilish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan — tovarni import va eksport qilish hajmlarini koʻrsatgan holda ular bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan — ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish (koʻrsatilgan xizmatlar), tovarni realizatsiya qilish, import va eksport qilish hajmlari toʻgʻrisida, shuningdek taʼsis hujjatlari, texnik hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar, tovar ishlab chiqaruvchilar va yoki isteʼmolchilar tomonidan — tovarlarning funksional jihatdan qoʻllanilishi, sifat va texnik tavsifnomalari, narxi va boshqa parametrlari boʻyicha ularning bir-birining oʻrnini bosa olishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Zarur hollarda va tovar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeni aniqlash uchun maʼlumotlar yetarli boʻlmaganda monopoliyaga qarshi organ uning mazmunini aniq koʻrsatgan holda tegishli maʼlumotni qoʻshimcha ravishda soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tovar bozorida ustun mavqeyini egallagan deb, eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Moliya bozori chegaralari va bozor ulushini aniqlash, shuningdek moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Monopoliyaga qarshi organ butun respublika hududi boʻyicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida yoki ikki yoxud undan ortiq tovar bozorlari chegaralarini bittaga biriktirish yoʻli bilan tovar bozorining chegaralarini belgilash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Moliya bozori chegaralari uchun moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari erkin (olish) imkoniyati tamoyili boʻyicha aniqlanadi. Moliyaviy xizmatlarni erkin olish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda tegishli mintaqada moliyaviy xizmatlar olish imkoniyati mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mintaqada qoʻshimcha katta xarajatlarsiz, jumladan isteʼmolchining boshqa mintaqada moliyaviy xizmatlar olishga transport xarajatlarisiz moliyaviy xizmatlar olishi iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mintaqada moliyaviy xizmatlar olish imkoniyati maʼmuriy cheklovlar mavjud boʻlmaganda taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushlarini aniqlash ushbu Nizomning 24 va 25-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida kamida bir yillik davr uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Moliya bozorining yalpi hajmi va xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushining hajmini hisob-kitob qilish koʻrsatilayotgan xizmatlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qiymat va (yoki) miqdoriy ifodalash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bogʻliq boʻlmagan holda unga oʻz faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqe hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining moliya bozori chegaralari doirasidagi ulushi 35 foizdan oshadigan mavqeyi moliya bozoridagi ustun mavqe deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boshlangan sanadan boshlab ikki yil mobaynida tegishli moliya bozorida moliyaviy xizmatlarning aniq turiga oʻxshashi mavjud boʻlmagan, birinchi marta bozorga maʼlum bir turdagi moliyaviy xizmatlar bozoriga kirgan xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya bozorida ustun mavqeyini egallovchi xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash uchun foydalaniladigan maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya bozorlarini tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli organlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy tashkilotlar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilaridan olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash uchun foydalaniladigan maʼlumotlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli moliya bozorida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati;
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hamkorlikdagi faoliyati bilan bogʻliq shartnomalar nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy xizmatlar uchun tariflar (narxlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy xizmatlar koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar nusxalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi mavjudligini aniqlash uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ustun mavqe mavjudligini aniqlashda axborot agentliklari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa axborot manbalaridan, shuningdek moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan soʻrovnomalar oʻtkazish natijalari orqali olingan maʼlumotlardan foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Maʼlumot monopoliyaga qarshi organning soʻrovi asosida soʻrov olingan kundan oʻttiz kalendar kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Zarur hollarda va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlash uchun maʼlumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda monopoliyaga qarshi organ tegishli maʼlumotni uning mazmunini aniq koʻrsatgan holda qoʻshimcha ravishda soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Moliya bozorida ustun mavqeyini egallagan deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki shaxslar guruhini Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritish va undan chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va shaxslar guruhining faoliyati monitoringi va nazoratini amalga oshirish, monopoliyaga qarshi harakatlarini cheklash va ularning oldini olish hamda ular tomonidan ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi va yuritiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi Reyestrga kiritiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qonun hujjatlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan narxlar belgilangan holda tovar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish yoki narxlarni tasdiqlashni (deklaratsiyalashni, kelishishni) amalga oshirish zimmasiga yuklangan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi Reyestrga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda koʻrsatib oʻtilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda ularga ushbu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki shaxslar guruhini Reyestrga kiritish yoki undan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki shaxslar guruhini Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror asosida monopoliyaga qarshi organ qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha bildirishnoma yuboradi, shuningdek bu toʻgʻrisida narxni tartibga soluvchi organga xabar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga ushbu Nizomga 3-ilovaga asosan shakl boʻyicha bildirishnoma yuboradi, shuningdek bu toʻgʻrisida moliya bozorini tartibga solish sohasidagi vakolatli organga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki shaxslar guruhini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ularni ustun mavqeyidan chiqarish darajasigacha oʻzgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan mahsulot turini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar koʻrsatish) toʻliq toʻxtatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan tugatishga doir ish yuritish qoʻllanilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Reyestrdan xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki shaxslar guruhini chiqarish monopoliyaga qarshi organ rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi hamda qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga, narxni tartibga soluvchi organga hamda moliya bozorini tartibga solish sohasida vakolatli organga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt uning nomi oʻzgarganda yoki qayta tashkil etilganda oʻn kun muddatda bu toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Reyestrga oʻzgartirishlar kiritish tovar va moliya bozorlarini oʻrganish natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tovar va moliya bozorlarini oʻrganish natijalariga koʻra xoʻjalik yurituvchi subyektni Reyestrdan chiqarish va nomi oʻzgarganligi yoki qayta tashkil qilinganligini hisobga olgan holda uni kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Xoʻjalik yurituvchi subyektni yoki shaxslar guruhini Reyestrga kiritish yoki undan chiqarish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tovar va moliya bozorlarini bevosita oʻrganishlar natijalariga koʻra, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlariga asosan monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organga maʼlumot taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish (moliyaviy xizmatlardan tashqari) boʻyicha Reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narxni tartibga soluvchi organdagi Reyestrga kiritilgan tovar va xizmatlarga narxlar (tariflar)ni deklaratsiyalashni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha Reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi monopoliyaga qarshi organga har chorakda ular Reyestrga xizmatlar boʻyicha kiritilgan xizmatlar turiga qoʻllaniladigan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni, ularning monopol yuqori va monopol past narxlarni qoʻllashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha harakatlarini kuzatish maqsadida taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi organ ular asosida Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan materiallar bilan tanishish, davlat sirlari, tijorat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan sir boʻlgan boshqa maʼlumotlardan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20____ yildagi holati boʻyicha tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning DAVLAT REESTRI
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi
Yuridik manzili
Tovar (xizmat) monopol turining nomi
Reyestrga kiritish sanasi va buyruqning tartib raqami
Tovarlar ishlab chiqarish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________________________________________________________ ni
(xoʻjalik subyekti va (yoki) shaxslar guruhi nomi)
___________________________________________________________________ ning
(monopoliyaga qarshi organ nomi)
20__ yil “__”_______dagi
-son buyrugʻiga asosan 20__yil
“__”_______ dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida
Reyestrga kiritilgan tovarlar (xizmatlar) turlari va nomi:
Ushbu bildirishnomaga muvofiq Siz 30 kun mobaynida koʻrsatib oʻtilgan ustun mavqeni egallab turgan tovar (xizmat)ga narxlar (tariflar)ni _____________________________
_____________________________________________________________________ da
(narxlarni boshqarish organi nomi)
deklaratsiya qilishingiz (yoki ilgari tasdiqlangan deklaratsiyani qayta rasmiylashtirishingiz), shuningdek ularning keyingi har bir oshishini deklaratsiya qilishingiz zarur.
Ushbu bildirishnoma oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda Sizga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
____________________
____________________
(rahbar)
(imzoning yoyilmasi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankasida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________________________________________________________ ni
(xoʻjalik subyekti va (yoki) shaxslar guruhi nomi)
___________________________________________________________________ ning
(monopoliyaga qarshi organ nomi)
20__ yil “__”_______dagi -son buyrugʻiga asosan 20__yil
“__”_______ dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida
Reyestrga kiritilgan moliyaviy xizmatlar turlari va nomi:
Ushbu bildirishnomaga muvofiq Siz har chorakda chorak birinchi oyining 10-kunigacha ______________________________________________________________________ga
(monopoliyaga qarshi organ nomi)
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarga narxlarni taqdim etishingiz zarur.
Ushbu bildirishnoma oʻz vaqtida yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda Sizga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
____________________
____________________
(rahbar)
(imzoning yoyilmasi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankasida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________________________________________________________ ni
(xoʻjalik subyekti va (yoki) shaxslar guruhi nomi)
___________________________________________________________________ ning
(monopoliyaga qarshi organ nomi)
20___ yil “__”__________dagi
-son buyrugʻiga asosan 20__yil
“__”_______ dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Reyestrdan chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) turlari va nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankasida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agar moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar narxi, agar ushbu narx moliya bozori chegaralari doirasida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan belgilangan narxlarning oʻrtacha qiymatidan oʻn foizdan ziyodga oshsa, monopol yuqori narx deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliya bozorida monopol yuqori narx moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining xizmatlariga narxlarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga oʻxshash boʻlgan va (yoki) oʻzaro almashinadigan xizmatlar narxlari bilan taqqoslash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqqoslash moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan belgilangan narx bilan hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻrtacha narxlari oʻrtasidagi tafovutni aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agar moliya bozorida faqat bitta xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xizmati narxi, agar ushbu narx:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatni koʻrsatish uchun zarur boʻlgan xarajatlar va foyda miqdoridan oshsa hamda ushbu xizmatni koʻrsatishdan asoslanmagan foyda olish imkonini bersa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan xizmatning sifat tavsiflari pasayishi natijasida asossiz xarajatlarni kompensatsiya qilishga yoki qoʻshimcha foyda olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, monopol yuqori narx hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan xarajatlar va foyda miqdorining oshishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xarajatlar va foydaning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi moliyaviy xizmatlar tannarxiga kiritilgan xarajatlar tarkibini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi. Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorlarini tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli organlardan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligi masalasi boʻyicha xulosa olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xizmatlarning monopol past narxi xizmat koʻrsatish uchun zarur xarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni koʻzda tutmaydigan, buning natijasida raqobatni cheklash, bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid oqibatlari boʻlgan moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan belgilangan narx hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narxlar mavjudligi va qoʻllanishi aniqlanganda monopoliyaga qarshi organ belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatadi hamda monopol yuqori yoki monopol past narxlar qoʻllashni bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi organning xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narxlari mavjudligi va qoʻllanayotgani toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga asos boʻlgan materiallar bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi organning ushbu qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va bitimlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar yoki moliya bozorida raqobatlashadigan, shu jumladan potensial raqobatchilar hisoblanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulardan biri tovar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan, ikkinchisi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi hisoblanadigan raqobatlashmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslarning birlashmalari oʻrtasidagi kelishib olingan harakatlarni va raqobatni cheklaydigan bitimlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning koʻrsatib oʻtilgan ishtirokchilardan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan maʼlum boʻlgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishib olingan bitimlar — raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan biron-bir harakatlarni sodir etish toʻgʻrisida yozma yoxud ogʻzaki shaklda ikki yoki undan koʻp xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida tuzilgan bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gorizontal bitimlar — bitta tovar yoki moliya bozorida raqobatchilar, shu jumladan potensial raqobatchilar hisoblanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi kelishib olingan harakatlar va bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vertikal bitimlar — ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan, ikkinchisi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi hisoblanadigan raqobatlashmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi kelishib olingan harakatlar va bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar — faoliyatning sotib olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) gorizontal bitimlar, agar bunday bitimlar quyidagilarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlar, tariflar, chegirishlar, ustamalar, qoʻshimcha haqlar yoki qoʻshimcha narxlarni sunʼiy belgilash yoki saqlab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarning oʻsishi yoki pasayishini sunʼiy ravishda keltirib chiqargan holda erkin bozor narxlarini oʻrnatishga toʻsqinlik qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, sotish bozorlari va kapital qoʻyilmalar ustidan nazorat oʻrnatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflar hajmini sunʼiy oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishishga, shuningdek ularga talab mavjud boʻlgan tovarlar ishlab chiqarishni qisqartirish yoki toʻxtatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlar, boshqa mol-mulklar, mulkiy huquqlarni berishga taalluqli asossiz talablarni, shuningdek raqobatni cheklaydigan boshqa harakatlarni sodir etish boʻyicha talablarni majburan qoʻyishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli bozorni hududiy prinsip boʻyicha, sotish yoki xarid qilish hajmi boʻyicha, tovarlar turlari boʻyicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tovarlarni sotuvchilar yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida bozordan foydalanishni cheklashga yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni undan chetlatishga yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlarni muayyan tovarlar bozoriga kiritmaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional va boshqa birlashmalarda qatnashish shartlarini belgilashga, agar bunday shartlar raqobatni cheklasa, shuningdek ularda oʻzaro raqobatlashuvchi moliya tashkilotlari qatnashmasdan zarur moliyaviy xizmatlarni koʻrsata olmaydigan toʻlov yoki boshqa tizimlarda qatnashish uchun toʻsiq hisoblanadigan asossiz mezonlarni belgilashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) vertikal bitimlar, agar bunday bitimlar oʻz natijasi bilan raqobatni cheklasa yoki cheklashi mumkin boʻlsa, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi yoki xaridorning keyinchalik tovarni qayta sotish maqsadida hududni yoki xaridorlar doirasini mustaqil belgilashini cheklasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni qayta sotish narxlarini belgilashni cheklasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqargan tovarlarni sotishini taqiqlasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki yuridik shaxslar birlashmalariga kelishib olingan harakatlar va bitimlarning qatnashchilari sifatida qaralishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki yuridik shaxslar birlashmalarining quyidagilarga olib keluvchi kelishib olingan harakatlar va bitimlarda qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi (Hukumatning ayrim qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan harakatlar va bitimlar bundan mustasno):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlar yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli bozorni hududiy prinsip boʻyicha, sotish yoki xarid qilish hajmi boʻyicha, tovarlar turlari boʻyicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozordan foydalanishni cheklashga yoki undan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni chetlatishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish taqiqlanadi, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan taqiqlar intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni berish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kelishib olingan harakatlar va bitimlar belgilarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kelishib olingan harakatlar va bitimlarning belgilari Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan tovar va moliya bozorlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlarini, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini hamda tegishli organlarning kelishib olingan harakatlar va bitimlar belgilarining mavjudligini koʻrsatadigan maʼlumotlardan iborat boʻlgan koʻrsatmalarini oʻrganishni nazorat qilish funksiyalarini belgilangan tartibda amalga oshirish davomida aniqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar kelishib olingan harakatlar va bitimlar belgilari faktini aniqlashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kelishib olingan harakatlarni sodir etgan yoki bitimlarda qatnashgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslarning birlashmalari doirasini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir-birining oʻrnini bosishini hisobga olgan holda muayyan tovarning muomalada boʻlish chegaralarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishib olingan harakatlarni sodir etgan bitim qatnashchilariga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarga toʻgʻri keladigan bozor ulushlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtiradigan toʻsiqlarning mavjudligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish sharoitlarining oʻxshashligini hamda tovarni ishlab chiqarish xarajatlarining taqqoslanuvchanligini, tovarning qiymatidagi yagona narxlarni belgilashga va bitimlar tuzishga koʻmaklashuvchi doimiy xarajatlar salmogʻini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarning turini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish hamda kelishib olingan harakatlar va bitimlarga koʻmaklashadigan axborotlarni almashinish uchun baza taqdim etishlari mumkin boʻlgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar birlashmalari mavjudligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestrida tovarlarni ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning, shuningdek ularning tovarlariga narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aksiyalarning nazorat paketlariga ega boʻlish orqali boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib beruvchilar yoki isteʼmolchilar ustidan nazoratning mavjudligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bozorda narxlarning qaror topayotgan oʻzgarishlarini oʻrganish va sharoitlari boʻyicha oʻxshash boʻlgan boshqa bozorlardagi narxlar bilan ularni taqqoslash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) kelishib olingan harakatlar va raqobatni cheklaydigan bitimlar tuzish sodir etilishining bevosita yoki bilvosita dalillarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tovar yoki moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solish mavjud boʻlgan taqdirda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qarama-qarshiliklarning mavjud emasligini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar kelishib olingan harakatlarni va raqobatni cheklaydigan bitimlarni amalga oshirish belgilari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarni bir vaqtda yoki 30 kun mobaynida oshirish (pasaytirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻxshash tovarni ishlab chiqarishga yoki sotib olish yoxud realizatsiya qilishga xarajatlarning turli miqdorlarida yagona narxlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorda yagona narxlarni belgilash maqsadida tovar qoldiqlarini qoʻshimcha baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻxshash tovarlarga bir xil narxlardan bir vaqtda chegirmalar belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorda tanqislik va narxlar yuqori boʻlgan taqdirda kelgusida tovarlarni qayta sotish uchun ishlab chiqarilgan, amalda sotib olingan/import qilingan, tovarlarni bozorga yetkazib berish hajmlarini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli yetkazib beruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan tovarlarga yuqori narxlarni sunʼiy tarzda saqlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa xaridorlar yoki sotuvchilar bilan shartnoma tuzilgan xuddi shu shartlarda muayyan xaridorlar yoki sotuvchilar bilan shartnomalar tuzishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni muayyan mintaqalarda sotishni toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kelishib olingan harakatlar va bitimlar mavjudligining dalili
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar xoʻjalik subyektlari oʻrtasida yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki yuridik shaxslarning birlashmalari oʻrtasida raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlarni va bitimlarni amalga oshirish holatlarining dalillari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar yetkazib berish hajmlarini kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarni sunʼiy tarzda oshirish yoki pasaytirish toʻgʻrisida ahdlashuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (protokol, farmoyishni)ni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish hajmlariga cheklashlar (kvotalar) belgilash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatni cheklaydigan bitimlar tuzish holatlarining dalillari bevosita va bilvosita boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shartnomalar shartlarini, schyotlar, yuk xatlari, preyskurantlar, toʻlov topshiriqnomalari, qarorlar (shu jumladan protokollar), xatlar va shu kabilarni oʻrganish davomida aniqlanadigan kelishib olingan harakatlar va bitimlarning hujjatli tasdigʻi raqobatni cheklaydigan bitimlar tuzish bevosita dalillar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kelishib olingan harakatlar va bitimlarni tasdiqlovchi bilvosita dalillar muayyan davrda bozorda yoki savdolar jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xatti-harakatini qiyosiy tahlil qilish davomida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik shaxslarning birlashmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari oʻrtasida axborotlarni ogʻzaki yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ayirboshlash, narxlarni oshkora eʼlon qilish, shuningdek ular tomonidan, bunga asosli sabablar boʻlmagani holda, bir xil va sinxron harakatlarni amalga oshirish raqobatni cheklovchi bitimlar tuzishning bilvosita dalillari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Aniqlangan kelishib olingan harakatlar va bitimlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan kelishib olingan harakatlar yoki bitimlar belgilari aniqlangan taqdirda monopoliyaga qarshi organ tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida, belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xoʻjalik yurituvi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki yuridik shaxslarning birlashmalari oʻzlari sodir etgan harakatlar va bitimlarning kelishib olinmaganligi va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid emasligi toʻgʻrisidagi dalillarni taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, ishonchsiz yoki soxta maʼlumotlar taqdim etganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Raqobat toʻgʻrisida” dagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb ataladi) majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom tabiiy monopoliyalar subyektlariga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning asosiy shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish deyilganda boʻlinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt negizida, uning faoliyatini toʻxtatgan hamda uning huquqlari va vazifalarini yangidan tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bergan holda, bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektni ajratib chiqarish deyilganda, uning faoliyatini toʻxtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini ularga berish bilan bir yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish uning ustun mavqeni suiisteʼmol qilishini bartaraf etish, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyekt negizida tovar va moliya bozorlarini toʻyintirishga, tovarlar, ishlar va xizmatlarning isteʼmol xususiyatlarini yaxshilashga, ularning raqobatbardoshliligini oshirishga koʻmaklashuvchi ikki yoxud bir nechta alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish yoʻli bilan tovar yoki moliya bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish ilgari unga nisbatan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiisteʼmol qilishini bartaraf etish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar samara bermagan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi qaror, har bir aniq holatda, tarmoqning, ishlab chiqarish jarayonining xususiyatini, ishlab chiqarilayotgan tovarlar, amalga oshirilayotgan ishlar va xizmatlar, boshqaruvni tashkil etish turini hisobga olgan holda, uni boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi koʻp tomonlama baholangandan keyin qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektni quyidagi shakllarda majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xoʻjalik yurituvchi subyektni bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashkil etgan holda boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xoʻjalik yurituvchi subyekt tarkibidan alohida tarkibiy boʻlinmalarni (birliklarni) ajratib chiqarish va ularning negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxslar guruhini tashkil etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari yoki ulushlarini sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishga, agar bu boshqa teng sharoitlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan xomashyo, chiqindilar va qoʻshimcha mahsulotlarni qayta ishlashning izchil bosqichlari mavjud boʻlgan yoki ulardan kompleks foydalanilgan taqdirda ishlab chiqarishning texnologik darajasi pasayishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish(sotish) hajmlarining qisqarishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jihatdan uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni tufayli ishlab chiqarish koʻlamlarida jiddiy iqtisodiy yoʻqotishlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablariga muvofiq banklar va boshqa kredit tashkilotlari boʻlingan yoki ajratilgan taqdirda litsenziyalar olinishini taʼminlash mumkin boʻlmasligiga olib kelgan taqdirda yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini oʻrganishni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ustun mavqeni suiisteʼmol qilish holatiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan koʻrilayotgan choralar samara bermagan taqdirda monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlariga muvofiq ish qoʻzgʻatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ustun mavqeni suiisteʼmol qilish holati boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish doirasida monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) tomonidan, oʻrganish uchun zarur muddatni belgilagan holda uni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati yuzasidan tahlil oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tahlilni oʻtkazish davomida quyidagi axborot koʻrib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xoʻjalik yurituvchi subyektning qisqacha tavsifi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatining asosiy turlari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan joyi (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozordagi xatti-harakatlarining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasining sxemasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasidagi aloqa shakllari va ularning huquqiy maqomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruh tashkil etuvchi shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar aksiyalari (ulushlari)ga teskari egalik qilishi yoki boshqa huquqlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning, uning tarkibiy tuzilmalari va filiallarining joylashishi va hududiy tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt balansidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining roʻyxati va joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar, ishlar va xizmatlar turlari boʻyicha ishlab chiqarish, sotish va eksport hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopol tovarlar, ishlar va xizmatlarning ularni ishlab chiqarish (sotish) umumiy hajmidagi salmogʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt va tarkibiy boʻlinmalarning ish bilan band xodimlari soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy fondlarning balans qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rentabellik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ishlab chiqarish jarayoni, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarning texnologik aloqalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo va materiallarning tashqi yetkazib beruvchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, tayyor buyumlarni ichki yetkazib berish sxemasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
liniyalar, uchastkalar va ishlab chiqarishlarning texnologik ixtisoslashuvi, standartlashtirish xizmatlari ishlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni texnik tayyorlash darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tovar, ishlar va xizmatlarni (uzluksiz yoki davriy) tayyorlashda qoʻllanadigan ishlab chiqarish jarayonining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni (yirik seriyali, kichik seriyali) tashkil etish turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar, moliyaviy koʻrsatkichlar, boshqaruv, yetkazib berishlar boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar (filiallar)ning avtonomlilik darajasi, umumiy xizmatlar va kommunikatsiyalarning (transport, energetika, taʼmirlash bazasi, ombor xoʻjaligi, moddiy-texnika taʼminoti va boshqalarning) mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi (standartlashtirilgan, yalpi, bir xil yoki noyob, yagonaligi) va ularning raqobatbardoshliligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar, ishlar va xizmatlarning respublika hududidagi asosiy isteʼmolchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) boshqa koʻrsatkichlar: tarkibiy boʻlinmalar, mehnat jamoasi, xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki uning vakolatli organi mol-mulki mulkdorining xoʻjalik mustaqilligiga munosabati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarini majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish masalalarini koʻrib chiqishda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan axborotlarga qoʻshimcha ravishda, banklar va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlar, normalar va cheklashlar koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tahlilni oʻtkazish davomida koʻrib chiqiladigan axborotni oʻrganishda xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻrganishni oʻtkazishdan oldingi uch yil mobaynidagi yoxud, agar u uch yildan kamni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynidagi faoliyat koʻrsatkichlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini amalga oshiradigan tegishli bozordagi raqobat muhitni baholash uchun quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozordagi oʻxshash va bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha asosiy raqobatchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor qatnashchilarining bozor ulushlarining taqsimlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor qatnashchilarining geografik jihatdan mansubligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻrganish natijalari boʻyicha, olingan maʼlumotlar asosida, quyidagi barcha sharoitlar mavjud boʻlganda xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlinayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning tashkiliy va hududiy alohida boʻlish imkoniyatining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida oʻzaro uzviy texnologik bogʻliqlikning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasida tarkibiy boʻlinmalar uchun tovar yoki moliya bozorida faoliyatni mustaqil amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyatini aniqlashda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish natijasida paydo boʻladigan yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini oshirish yoki saqla b qolish (mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlarning material va fond sigʻimini kamaytirish va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar, ishlar va xizmatlar yetkazib berishning fizik hajmi oʻzgarishi natijasida tovar yoki moliya bozoridagi raqobat sharoitlarini yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlaridagi raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar sonini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt tarkibidan ajratib chiqariladigan yangi tarkibiy birliklarning eksport imkoniyatlarini oʻzgartirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umuman boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati ushbu tovar yoki moliya bozoridagi umumiy raqobat sharoitlarining nazarda tutilayotgan yaxshilanish darajasi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarish va bozorga yetkazib berish imkoniyati bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Zarurat boʻlganda, xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun monopoliyaga qarshi organ mustaqil ekspertlarni jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyati masalalari ushbu sohadagi tegishli vakolatli davlat organlari bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini oʻrganish natijalariga koʻra, majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning ijobiy va salbiy oqibatlarini qiyosiy baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishning uni boʻlish yoki ajratib chiqarish shaklini belgilovchi loyihani ishlab chiqish. Bunda uning negizida, buning uchun zarur sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil yuridik shaxslar sifatida tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kelgusida faoliyat koʻrsatishi hisobga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasi sxemasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror tayyorlash davomida majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasida yangidan tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tarkibiga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻrganishlar natijalari boʻyicha tayyorlangan materiallar Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiyaga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va zarurligi toʻgʻrisidagi qaror Maxsus komissiya tomonidan, manfaatdor tomonlar ishtirokida, xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarish loyihasini muhokama qilgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maxsus komissiyaning qabul qilgan qarori asosida monopoliyaga qarshi organ tomonidan oʻn kun muddatda xoʻjalik sudiga xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Xoʻjalik sudi tomonidan ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarish tartiboti qarorda nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda va unda belgilangan muddatda mulkdor yoki u vakil qilgan organ tomonidan bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xoʻjalik sudining xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi qarori sud belgilagan muddatlarda bajarilmagan taqdirda xoʻjalik sudi monopoliyaga qarshi organ daʼvosi boʻyicha, qonunda belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarishni amalga oshirish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt boshqaruvchisini tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sud qarori bilan tayinlangan xoʻjalik yurituvchi subyektni boshqaruvchi sud qarorida va monopoliyaga qarshi organ qarorida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Boshqaruvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektni boshqarish organlari unga roʻyxat boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhri, shtampi va boshqa mol-mulkini taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyekt boshqaruvchisi tayinlangan vaqtdan boshlab sud qarori bilan belgilangan muddatgacha xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha boshqaruv organlari vakolatlari toʻxtatib qoʻyiladi va sud qarori bilan tayinlangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvchisiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Boshqaruvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlishni yoki ajratib chiqarishni amalga oshiradi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) va boshqa manfaatdor shaxslarning manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy, toʻlov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha mansabdor shaxslari va xodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektni boʻlish yoki ajratib chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasidagi boʻlish balansining sud tomonidan tasdiqlanishi yangidan paydo boʻlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Boʻlish va ajratib chiqarish tartibotlarini oʻtkazish xarajatlari boʻlinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom “Raqobat toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq qatnashchilari yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadigan shaxs (shaxslar guruhi) tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek shaxslar guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt — ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarga (ulushlarga) boʻlingan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya tashkilotlari — moliya bozorida xizmatlar koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar (ulushlar)ni olish boʻyicha bitim — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar), boʻyicha oldi-sotdi, ularni meros qilib qoldirish, ularni ustav fondiga kiritish va aksiyalar (ulushlar), garovlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa bitimlar va investorga xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar)ning tegishli foizlaridan foydalanish va ularni tasarruf etish imkonini beradigan bitimlar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori koʻpayganda olinadigan aksiyalar (ulushlar) uchun toʻlov sifatida mol-mulkni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarning qatnashchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalari (ulushlari)ni oladigan investor va aksiyalari (ulushlari) investor tomonidan olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mulkiy huquqlarni olish — investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning mulkiy kompleksi yoki tarkibiy boʻlinmasi tarzidagi aktivlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari — qonun hujjatlari bilan ularga qonun hujjatlariga muvofiq bank, sugʻurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish zimmasiga yuklangan davlat organlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yoki bir nechta bitimlar natijasida investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarni olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilgan taqdirda ustav fondiga (ustav kapitaliga) xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalari (ulushlari) yoki mol-mulkini olinayotgan aksiyalar (ulushlar) paketi uchun toʻlov hisobiga kiritishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish yoʻli bilan aksiyadorlik jamiyati yoki ulushlar koʻpaytirilgan taqdirda — masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) birlamchi miqdori oʻzgartirilganda — muassis aksiyalari (ulushlari) paketining koʻpayishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalarini (ulushlarini) sovgʻa, qarzni toʻlash tarzida berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga oldindan rozilik soʻraladigan bitim tuzilgungacha jismoniy shaxs boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalari (ulushlari)ga ega boʻlgan taqdirda jismoniy shaxs tomonidan (aksiyalar (ulushlar)ni olishga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt tashkil etilganda uning muassislariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz aksiyalari (ulushlari) sotib olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt — aksiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi (ustav kapitali) hajmi saqlangan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek (ulushlar) keyinchalik ularni qayta sotish maqsadida ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs tomonidan birinchi marta tuzilayotgan bitimlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni tuzish jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organining (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) oldindan roziligini olish yoʻli bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bitimlarni tuzish paytida tovar bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi tegishli aktivlarning jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi shaxs hisoblansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar moliya bozorida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi aktivlarning jami balans qiymati ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan miqdordan oshsa yoxud bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Shaxslar guruhi deb eʼtirof etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan hamda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan shaxslar yigʻindisi shaxslar guruhi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning muayyan bozorida xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor shaxslar guruhining jami ulushi ularning individual ulushlari, shuningdek ularning aksiyalari (ulushlari) yoki mulkiy huquqlariga investor yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt egalik qiladigan boshqa yuridik shaxslarning ulushlari yigʻindisi sifatida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslarni shaxslar guruhi deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlgan quyidagi axborotlarni soʻrab olishga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning taʼsis shartnomalari yoki ustavlarida xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) hammuassislarning ulushlari toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning, shuningdek ular muassislarining xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlarida ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorning, shuningdek uning muassislarining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) aksiyalar yoki ulushlarga egalik qilish qismiga doir investitsiyaviy faoliyati toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning va (yoki) investorning xizmatlar koʻrsatishga doir asosiy faoliyat turlari hamda ularning muayyan tovar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi ulushlari toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda sanab oʻtilgan maʼlumotlar investor tomonidan taqdim etiladi. Agar investorda ushbu axborotlar mavjud boʻlmasa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ular bunday axborotga bevosita ega boʻlgan boshqa shaxslardan soʻrab olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Aksiyalar (ulushlar) va boshqa mulkiy huquqlarni olishni nazorat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini olish boʻyicha bitimlarni tuzish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish investor quyidagilarni tasarruf etish huquqini oladigan hollarda zarur boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning oʻttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha investor mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni tasarruf etmagan yoki oʻttiz besh foizdan kamini tasarruf etgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha investor mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning kamida oʻttiz besh foizini va koʻpi bilan ellik foizini tasarruf etgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning yetmish besh foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha investor mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning kamida ellik foizini va koʻpi bilan yetmish besh foizini tasarruf etgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olish boʻyicha bitimlarni tuzish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish investor quyidagilarni tasarruf etish huquqini oladigan hollarda zarur boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha u mazkur jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning ellik foizidan kamini tasarruf etgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushlarning uchdan ikki qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha u mazkur jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning kamida ellik foizini va uchdan ikki qismidan ortiq ulushlarni tasarruf etgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini investor tomonidan olish boʻyicha bitimni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza quyidagilar tomonidan koʻrib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan:
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududida yoki bir nechta mintaqalarida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblanadigan investorlar respublikaning turli mintaqalarida joylashgan boʻlsa — ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini xorijiy investorlar tomonidan olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) respublikaning tegishli hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qimmatli qogʻozlar savdolarining tashkilotchilari qimmatli qogʻozlar savdolarini tashkillashtirish qoidalariga koʻra investorni ushbu Nizomda nazarda tutilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilishlari shart, qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki qimmatli qogʻozlar savdolarini tashkil etish qoidalarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlarga mulkiy huquq egalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Aksiyalar boʻyicha bitimlarni roʻyxatga oluvchi investitsiya vositachilari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga majbur:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni (bitimlarni) roʻyxatdan oʻtkazish, ushbu investorning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish va tasdiqlash investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladigan hollarda, uning (ularning) natijasida investor xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi aksiyalarning oʻttiz besh va undan koʻp foizini investor oladigan aksiyalar bilan bir yoki bir nechta bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi investorda mavjudligini tekshirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor tomonidan monopoliyaga qarshi organning oldindan olinadigan roziligi taqdim qilinmagan taqdirda, mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan bitimni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi investor tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda aksiyalarni olish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida har yili 15-martdan kechikmay monopoliyaga qarshi organga aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi aksiyalarning oʻttiz besh va undan ortiq foiziga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatini elektron shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachilari raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi faktlari yoki belgilari koʻrib chiqilayotgan hollarda monopoliyaga qarshi organning yozma soʻroviga asosan mijozlarning hisob raqamlari boʻyicha maʼlumotnoma taqdim etadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oldindan rozilik olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlarini) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlarni amalga oshirishda investor yoki uning ishonchli shaxsi ushbu bitimlar tuzilgungacha aksiyalarni (ulushlarni) olayotganda monopoliyaga qarshi organga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs uchun — pasporti nusxasini (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ koʻrsatiladi);
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, ariza beruvchi tomonidan faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borilgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldingi ikki kalendar yilga doir moliya (1 va 2-shakl) va statistika hisobotini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirishning asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun monopoliyaga qarshi organ bitimlarni tuzishda investor tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektni kelgusida rivojlantirishning biznes-rejasini soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi, joylashgan joyi, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) miqdori yoki investor oladigan boshqa mulkiy huquqlarning miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning ariza bergan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondi (ustav kapitali)ga kiritiladigan mol-mulkning qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshiriladigan bitimning maqsadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorni va xoʻjalik yurituvchi subyektni boshqarishning saylanadigan va ijro etuvchi organlari tarkibiga kiradigan shaxslar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor va uning muassislarining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning boshqa mulkiy huquqlarga egaligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Investor ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan biror-bir maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda uning sabablarini koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xorijiy investor obyektiv sabablarga koʻra moliya hisobotini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ushbu hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda ham ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulashlar)ni olish boʻyicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos boʻlolmaydi, bunda xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlarning qatnashchilari monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etishda tijorat siridan iborat boʻlgan maʼlumotlarning mufassal roʻyxatini koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar investor yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan monopoliyaga qarshi organga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, ularning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar investor yoki uning ishonchli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat oldindan rozilik olish uchun murojaat qilgan investorga yoki uning ishonchli shaxsiga, hujjatlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilingan sanasi koʻrsatilgan holda, darhol beriladi (yuboriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha tuziladigan bitimning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatish faktlarini oʻrganish maqsadida monopoliyaga qarshi organ koʻrib chiqilayotgan bitimga bevosita taalluqli qoʻshimcha axborotni unga ega boʻlgan shaxslardan soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tegishli ariza hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar va axborotlar monopoliyaga qarshi organdan olingan kun ariza olingan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati boʻlmaganligini izohlovchi sabablar koʻrsatilmagan holda monopoliyaga qarshi organga berilgan ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ arizani koʻrib chiqmasdan uch kun mobaynida qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Arizada va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) mavjud boʻlgan faktlar oʻzgargan taqdirda bitim qatnashchilari bu toʻgʻrida monopoliyaga qarshi organni ular qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qiladilar. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot olgan kun ariza olingan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi organga arizaga ilova qilingan hujjatlardagi faktlar oʻzgarganligi haqida axborot taqdim etmaslik raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Monopoliyaga qarshi organ, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizaning qondirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi aniqlansa, investorga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maxsus komissiya hujjatlarning toʻliq paketi ilova qilingan holdagi ariza olingan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlganda, monopoliyaga qarshi organda bitim raqobatni, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo boʻlgan taqdirda arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu toʻgʻrida investorga yoki uning ishonchli shaxsiga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimni tuzishga oldindan rozilik olish uchun bir nechta shaxs yoki shaxslar guruhlari ayni bir vaqtda murojaat qilishgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori ariza berganlarga aynan bir kunning oʻzida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror maxsus komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan ikki nusxada imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror investorga qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shaklda soʻralgan taqdirda manfaatdor tomonlarga qarorning nusxasi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitim ushbu bitimni tuzishga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida tuzilishi kerak. Bitim koʻrsatib oʻtilgan muddatda tuzilmagan taqdirda qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan investorning arizasini koʻrib chiqish muddati mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimni tuzishga oldindan rozilik berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan taqdirda ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan muddat oʻtgach investor, bu toʻgʻrida monopoliyaga qarshi organni yozma shaklda xabardor qilgan holda, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimni tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatda, monopoliyaga qarshi organ investor yoki uning ishonchli shaxsining yozma xabari olingandan keyin besh ish kuni mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimni tuzish yuzasidan investorga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Monopoliyaga qarshi organning qarori olingungacha ularning qabul qilingan va investor yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan monopoliyaga qarshi organga yuborilgan yozma xabar sanasi koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimni tuzishga oldindan rozilik olingani toʻgʻrisidagi qarorga tenglashtiriladi va ushbu bitimni tuzish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan shaxslar (ishonchnoma boʻyicha ularning vakillari), moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari vakillari, shuningdek ushbu bitimni amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan shaxslar taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berishga va uni raqobatni taʼminlashga yoʻnaltirilgan talablarning belgilangan muddatlarda bajarilishiga bogʻliq qilib qoʻyishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi monopoliyaga qarshi organning qarorida mavjud boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlarni tuzish tegishli investorning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqeyining paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga va/yoki raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin boʻlsa ushbu bitimni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishgan yuridik va/yoki jismoniy shaxslar, monopoliyaga qarshi organning talabiga koʻra, raqobatning zarur shartlarini tiklash boʻyicha choralar koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar xatti-harakatlari (bitimlari) isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) va boshqa mulkiy huquqlarini olish boʻyicha bitim tuzish uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Investor xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) boshqa mulkiy huquqlarini mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan miqdorlarda olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros, huquqiy vorislik) tuzishda, meros boʻyicha huquqqa ega boʻlgan kunidan boshlab bu toʻgʻrida oʻn besh kalendar kun mobaynida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bildirishnomada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va mulk qilib olingan aksiyalar (ulushlar)ning miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarining aksiyalariga (ulushlariga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlarni moliya tashkilotlari tomonidan tuzish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organning koʻrsatib oʻtilgan bitimlarni tuzishga oldindan rozilik toʻgʻrisidagi qarorini hisobga oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalari (ulushlari)ni va boshqa mulkiy huquqlarini olish tartibini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini investor tomonidan olish holati aniqlangan taqdirda investorga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi boʻyicha belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investorning moliya tashkiloti aksiyalarini olish tartibi buzilganligi haqidagi masala Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilayotganda moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlarining tegishli mutaxassislari ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki mavqeyini tiklash va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish muddati koʻrsatilgan holda, aksiyalar (ulushlar) va boshqa mulkiy huquqlarga ega boʻlishni rad etish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar (ulushlar) va boshqa mulkiy huquqlarga egalik qilishga rozilik berish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Maxsus komissiya, qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan olganligi uchun investorga qonun hujjatlariga muvofiq jarima soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maxsus komissiyaning qarori asosida investorga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Monopoliyaga qarshi organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori investorga, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha tegishli vakolatli davlat organlariga, shuningdek qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Maxsus komissiya qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatmalar investor tomonidan belgilangan muddatida bajarilmagan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uning oldindan berilgan roziligisiz, ustun mavqening paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga yoxud raqobatni cheklashga olib keladigan bitimni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Investor monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi)dan norozi boʻlgan taqdirda, qarorni toʻliq yoki qisman nohaqiqiy deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoxud qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olishga bitimlarni tuzish nazorat qilinadigan moliya tashkilotlarining moliya bozoridagi aktivlarining jami balans qiymatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
450 mln AQSh dollari
—
banklarga nisbatan;
25 mln AQSh dollari
—
sugʻurta kompaniyalariga nisbatan;
3 mln AQSh dollari
—
lizing kompaniyalariga nisbatan;
400 ming AQSh dollari
—
nobank kredit tashkilotlariga va qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilariga nisbatan.