Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining qarori, 25.07.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2489
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Birinchi guruhga goʻsht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2489]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Birinchi guruhga goʻsht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais J. KADIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 25-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 8-sonli qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi guruhga goʻsht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻriqnoma

I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga goʻsht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar va birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Idishga joylash, tamgʻalash va transportda joʻnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konservalar qaynatish yoki elektroliz usulida oqartirilgan tunuka, aluminiy qotishmalari va boshqa idishdan yasalgan metallardan tayyorlangan bankalarga qadoqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektroliz usulida oqartirilgan tunuka va alyumin qotishmalaridan tayyorlangan konservalarning ichki sathi laklanishi, ustki sathi esa laklangan yoki toshbosma boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaynatib oqartirilgan tunukadan tayyorlangan konservalarning ichki sathi laklanmaydi, tashqi sathi esa laklangan va laklanmagan, toshbosma va toshbosmasiz boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sutli konservalarni qadoqlash uchun qaynatib oqartirilgan tunukadan tayyorlangan, ichki va tashqi sathlari laklanmagan konservalardan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektroliz usulida oqartirilgan, boʻylama ichki choki laklanmagan konservalardagi goʻshtli va sutli konservalar saqlash uchun qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konservalar gofrirovka qilingan kartondan tayyorlangan yangi, mustahkam, toza, quruq, standart qutilarga yoki taxta qutilarga joylanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Gofrirovka qilingan kartondan tayyorlangan qutilar gardishlangan va atrofidan metall lenta bilan oʻralgan yoki yopishqoq qatlamli polimer lenta bilan ikki marta oʻralgan boʻlishi lozim. Qogʻoz yelimli lentadan ham foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Taxta qutilar aylanasiga bogʻlambop poʻlat lentalar bilan tortilib, tugib qoʻyilishi yoki diametri 2,0 mm boʻlgan yumshoq poʻlat sim bilan har bir mix qopqogʻini aylantirib oʻtib tortib qoʻyilishi va uzoq muddat saqlashga topshiriladigan konservalarga moʻljallangan idish va bogʻlamga qoʻyiladigan talablarga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Transportda tashishda konservalar bukilmasligi uchun goʻsht, sut va baliq solingan konservalarning gorizontal qatori orasiga karton yoki 1,0 mm. qalinlikdagi qogʻozdan qistirma solinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Aluminiy va boshqa qotishmalardan tayyorlangan har bir konserva alohida karton qutilarga solinadi va keyinchalik katta qutilarga taxlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi sathi butunlay laklangan (toshbosma) konservalar saqlash uchun chirishga qarshi moy surtilmasdan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Goʻshtli, sutli hamda baliqli (yilning II va III choraklarida) toshbosmasiz konservalar saqlash uchun etiketka yopishtirib qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yilning sovuq davrida (yilning I va IV choraklarida) qabul qilinadigan toshbosmasiz goʻshtli konservalar zanglamasligi uchun ishonchli neytral moy surtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etiketkalar konservalar soniga teng qilib, har bir qutiga butunligini taʼminlovchi alohida paketda solinishi yoki maxsus yelim bilan har bir konservalangan mahsulot idishiga yopishtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Konservalar faqat normativ hujjatlarda nazarda tutilgan qutilarga joylanadi. Konservalar qutilarga normativ hujjatlar talablariga muvofiq taxlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Konservalar solingan qutilarga normativ hujjatlar talablariga muvofiq tamgʻa tushirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Konservalar paketlangan holda keltirilgan taqdirda quyidagilarga eʼtibor berilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tagliklar normativ hujjatlar talablariga mos kelishiga, paket qanday shakllantirilganiga, transport paketlarini mahkamlash vositalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ hujjatlarga muvofiq mahsulotni tavsiflovchi nazorat belgilari, tamgʻa yorliqlari borligiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Konservalar tegishli transport turi uchun tez ayniydigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq toza, texnik soz vagonlarda yoki boshqa yopiq transport vositalarida joʻnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Konservalarni yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Uzoq muddat saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki import qilingan, sifat va xavfsizlik, joylash va tamgʻalash koʻrsatkichlari normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan konservalar qabul qilinadi. Quyidagi turdagi konservalar birinchi guruhga saqlash uchun yetkazib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) goʻshtli konservalar: dimlangan mol goʻshti, dimlangan qoʻy goʻshti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sutli konservalar: quyultirilgan, sterilizatsiyalangan konservalarga quyilgan sut;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) baliq konservalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy losos yoki osyotr baliqlari konservalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
losos, seld, skumbriya, stavrida, tunets baliqlariga mansub baliqlar, treska jigari, krabdan tayyorlangan ragu;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomat qaylasida boʻlgan konservalar: losos va osetr baligʻi, sazan, sudak, som, tolstolob, skumbriya, stavrida, sardina.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Shartnomaga muvofiq sutli konservalar katta idishlarda yetkazib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaga muvofiq normativ hujjatlarga muvofiq chiqarilgan boshqa turdagi konservalar ham yetkazib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Saqlash uchun joʻnatilayotganda konservalar partiyasi, turi, navi va ishlab chiqarilgan vaqti jihatidan bir xil konservalardan tashkil topishi, goʻshtli konservalar bir chorak davomida ishlab chiqarilgan boʻlishi, sutli va baliqli konservalar bir kalendar oy davomida ishlab chiqarilgan hamda bir turdagi va hajmdagi konserva va qutilarga joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Saqlash uchun topshirilayotgan yoki yetkazib berilayotgan konservalarning har bir partiyasiga ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan muvofiqlik sertifikati va gigiyena sertifikati yoki ularning tasdiqlangan nusxalari, veterinariya guvohnomasi (goʻshtli va sutli konservalar uchun) berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mahsulot sifatiga oid hujjatlar (muvofiqlik sertifikati, gigiyenik sertifikat, veterinariya guvohnomasi) yuk xati bilan birga yuk oluvchiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Saqlash uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan sifat koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan hamda saqlash muddati qisqa konservalarni joʻnatish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yuk ortish va tushirish hamda ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, shuningdek ogʻir qoʻl mehnatiga chek qoʻyish maqsadida konservalar transport paketlarida yetkazib berilishi (topshirilishi) lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Transport paketlari mexanizatsiyalashtirilgan tarzda ortish va tushirish imkoniyatlari, transportda joʻnatish va saqlash paytida butun turishi, yukning bus-butun saqlanishi lozimligini inobatga olgan holda taxlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Transport paketlari normativ hujjat talablari va yuk tashish qoidalariga qatʼiy mos kelishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Transport paketidagi qutilar trafareti tashqariga qilib taxlanadi. Har bir transport paketi metall lenta bilan bogʻlanib, tugilishi va belgilangan koʻrinishda yorliqqa ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Konservalarni tashkilotlarga oʻz vaqtida va bir maromda joʻnatish ustidan nazorat Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qabul qilish, saqlash va berib yuborish paytida konservalar sifatini tekshirish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan bitta partiyaga mansub konservalardan namunalar olinib, ikkita nazorat paketlariga joylashtiriladi, ushbu paketlarga yuvilib ketmaydigan qizil boʻyoq bilan “N” harfi yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Paketning (qutining) oʻrami buzilmagan va yorligʻi bor boʻlsa, konservalarning miqdori va sifati saqlanishi, assortimenti toʻgʻriligi uchun mahsulotlarni saqlash muddati davomida ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Omborlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tashkilotlarda omborlarning turi, texnologik asbob-uskunalarning borligi, yuk ortish va tushirish mexanizmlari parkini inobatga olgan holda barcha turdagi konservalar uchun yagona texnologik xarita ishlab chiqiladi. Texnologik xarita omborlarni mahsulotni qabul qilishga tayyorlash, qabul qilish, saqlash va berib yuborish ishlarini tashkil etish, laboratoriya nazoratini olib borish, yuklash va tushirish ishlarini bajarish, sanitariya-gigiyena va yongʻinga qarshi tadbirlarni tashkil etish, texnika xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Konservalarni saqlash uchun texnik soz, quruq va yaxshi shamollatiladigan, yuk ortish va tushirish hamda ombor ichidagi jarayonlarni bajarishda mexanizmlardan foydalanish imkoniyati boʻlgan omborxonalardan foydalaniladi. Isitiladigan omborlarda eshiklar ikki qavat yoki issiq oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sutli va baliqli konservalarni saqlash uchun birinchi navbatda muzxonalarning quruq yertoʻlalari, omborlar yertoʻlalari, ishlab chiqarish zarurati boʻlganda, issiq oʻtkazmaydigan, isitilmaydigan gʻishtli (temirbetonli) omborlardan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Omborlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur inventar va asbob-uskunalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash jarayonida harorat-namlik darajasini nazorat qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar, termograflar, gigrograflar, psixrometrlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur miqdorda tagliklar (1200×1000×150 mm. yoki 1200×800×150 mm. hajmda), reykalar, narvonlar, traplar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatik ravishda ishlaydigan qoʻriqlash-yongʻindan xabar berish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tashkilotlarda elektr qurilmalardan foydalanish Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda), Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr yoritish uskunalari yopiq yoki himoyalangan tarzda (shisha qalpoqli va temir toʻrli) boʻlishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ombor atrofidagi hudud toʻgʻri rejalashtirilishi lozim. Yer ustidagi suvlar va ariq suvlari ombordan chetlatib oqiziladi, ular doim suv oʻtishiga toʻsqinlik qiladigan chiqindilardan tozalanib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yuk tushishidan oldin omborxonalar yoki ularning boʻsh qismlari konservalarni qabul qilish va saqlashga tayyorlanishi, zarur boʻlsa, taʼmirlanishi lozim. Tom va pollar soz boʻlishi, darz ketgan joylar va yoriqlar suvalishi, eshiklar zich yopiladigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Omborlarning mahsulotni qabul qilishga tayyorligi bosh muhandis, bosh energetik, laboratoriya mudiri, saqlash boʻlinmasi boshligʻi va yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxslardan iborat komissiya tomonidan tekshiriladi hamda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Konservalarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Konservalarni soni va sifati boʻyicha qabul qilish shartnoma asosida, qonun hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Uzoq muddat saqlash uchun tegishli normativ hujjat talablariga javob beradigan yaroqli konservalar omborga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Konservalar ortilgan vagonlar kelganda temir yoʻl tashkiloti vakili ishtirokida quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vagonlarning texnik sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
plombalarning borligiga va ulardagi izning aniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vagon eshiklarida buragichlarning borligi va ularning holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qutilardagi (paketlardagi) yukning nomi va plombasining yukka ilova qilingan hujjatlarga mosligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tekshirish jarayonida vagonlarning texnik nosozligi, plombalarning yoʻqligi, ulardagi izning noaniqligi tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yaroqli idishlardagi (butun paketlardagi) konservalar trafaret boʻyicha oʻrinlar va konservalar soniga qarab qabul qilinadi. Zararlangan idishlardagi konservalar bittalab sanab qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Goʻshtli konservalarni qabul qilishda quyidagilar aniqlangan taqdirda, qabul qiluvchi tashkilot temir yoʻl tashkilotidan tijorat dalolatnomasi tuzishni talab qilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamomad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idishlar sezilarli darajada zarar koʻrgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konservalar shakli buzilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idishlar normativ hujjatlar talablariga mos kelmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot nomi transport hujjatlarida (yuk xati) koʻrsatilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk tashish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Quyidagi hollarda konservalar qabul qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konserva partiyasida qutilarning 5 foizidan ortigʻi zarar koʻrganligi aniqlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konserva partiyasi namlik darajasi normativ hujjatlarda belgilangan koʻrsatkichlarga zid ravishda yuqori boʻlgan taxta qutilarga taxlanib keltirilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gofrirovka qilingan kartondan tayyorlangan qutilar namiqqan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgan partiyada zarar koʻrgan qutilar 5 foizdan oshmasa, konservalar qabul qilib olinishi kerak, bunda ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) konservalarni qaytadan taxlash uchun yangi qutilar yuborishi va mazkur jarayonlarga ketgan xarajatlarni qoplashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Mahsulot sifatini aniqlash uchun partiyadagi yashiklarning 3 foizi ochilib, normativ hujjatlarga asosan namunalar olinadi va mahsulotning sifat koʻrsatkichlari aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ochilgan qutilarda konservalarning tashqi holati, ularning navi, turlari va ishlab chiqarilgan sanasi boʻyicha ilova qilingan hujjatlarga va tamgʻadagi maʼlumotlarga mosligi tekshiriladi. Bunda shishgan, teshilgan va oqqan, juda kuchli qiyshaygan, tunukada oʻtkir bukilishlar paydo boʻlgan, choklari ezilgan, osti va qopqogʻi shishib qolgan, zanglagan, lakli qoplamasi zararlangan va qalay qatlamining butunligi buzilgan, sifatsiz sanitar ishlov berilgan (ustida mahsulot qoldiqlari va kir boʻlgan) konservalar ajratib olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yetkazib berilgan konservalarning 3 foizi tekshirilgan vaqtda mazkur Yoʻriqnomaning 42-bandida koʻrsatilgan nuqsonlar topilgan konservalar mahsulot umumiy hajmining 0,4 foizidan kam boʻlsa va namunalar laboratoriya tahlilidan oʻtkazilganda normativ hujjatlar talablaridan ogʻishish topilmasa, konservalarni qabul qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar nuqson topilgan konservalar mahsulot umumiy hajmining 0,4 foizi va undan koʻp boʻlsa va namunalar laboratoriya tahlilidan oʻtkazilganda normativ koʻrsatkichlardan ogʻishish aniqlansa, oʻrinlarning yana 3 foizi tekshiriladi va tahlil qilish uchun yana bir bor namuna olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy tekshiruvda ham nuqsonli konservalar 0,4 foiz va undan koʻpni tashkil qilsa yoki tahlil natijalariga koʻra mahsulot yana normativ koʻrsatkich talablariga javob bermasa, bunday konserva partiyasi yaroqsiz deb topilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qabul qilish va yaroqsizga chiqarish natijalari boʻyicha olingan mahsulotning haqiqiy sifati toʻgʻrisida yukni qabul qilib oluvchi va yetkazib beruvchi tashkilot vakillari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada yoʻq qilinishi kerak boʻlgan nuqsonli konservalar soni va davlat zaxirasiga topshirishga yaroqli boʻlmagan, shuningdek yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan mahsulotlar miqdori koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Shishib qolgan, oqayotgan va teshik boʻlgan konservalar belgilangan tartibda tashkil etilgan komissiya tomonidan yoʻq qilinishi lozim. Komissiya tarkibiga moddiy javobgar shaxslar, tashkilot laboratoriyasi va buxgalteriya vakillari ham kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻq qilinayotganda konservalar ochilishi, xlorli ohak yoki karbol kislotasi bilan ishlov berilishi va maxsus ajratilgan yerga koʻmilishi lozim. Komissiya tomonidan konservalarning yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilot yaroqsiz deb topish dalolatnomasini olgach, yaroqsiz deb topilgan mahsulot oʻrniga xuddi shu miqdorda sifatli mahsulot yetkazib berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Yaroqsiz deb topilgan va yoʻq qilingan konservalarni qabul qilish, saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilot tomonidan toʻliq qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Isitiladigan omborda saqlanishi lozim boʻlgan konservalar muzlatilgan yoki sovuq (0º C gacha) holda keltirilganda, doimiy saqlash uchun taxlash imkoniyatini oʻrganish uchun ularning ichidagi mahsulot harorati oʻlchanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir vaqtning oʻzida nisbiy namlikni pasaytirish orqali ombor havosining shudring nuqtasi pasaytiriladi, buning uchun ombordagi isitish tizimi ishga tushirilib, xona shamollatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Agar konserva ustidagi harorat ombor havosining shudring nuqtasidan yuqori boʻlsa, konservalar vaqtinchalik saqlash shtabellariga taxlanib, paketlar orasida boʻshliq qoldiriladi. Zarur hollarda konservalar tagidagi namlik qurishi uchun qutilar agʻdarilib qoʻyiladi. Konservalar harorati ombor haroratiga teng boʻlib, kondensat yoʻqligi tekshirilgandan soʻng, ular doimiy saqlashga taxlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Konservalarni omborga joylash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Konservalar tasdiqlangan yuk normalari va ular asosida ishlab chiqilgan joylashtirish chizmasiga muvofiq omborga joylashtiriladi. Bunda shtabellardagi oʻrinlar sonini toʻliq hisoblash imkoniyati, konserva va idishlarning butunligi, shtabellar turgʻunligi, ombor maydonidan imkon qadar samarali foydalanish, mahsulot sifatini nazorat qilish va vagonga ortish ishlarini mexanizatsiyalashtirishni taʼminlash inobatga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Konservalar paketlanmagan holda keltirilsa, transportdan tushirib olinayotganda paketlanadi. Bunda qutilar konservalarni albatta vertikal holda saqlagan holda trafareti tepaga qilib taxlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paketlar 1200 × 1000 × 150 mm yoki 1200 × 800 × 150 mm hajmdagi toza va quruq tagliklar ustida yigʻiladi, paketlangan konservalar berib yuborilayotganda ularni transportga mexanizatsiyalashtirilgan usulda ortish zarurligi inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Konserva shtabellari bitta yoki bir nechta partiyalardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Bunda konservalarning sifati, turlari va navi bir xilligi, tayyorlangan vaqti (goʻshtli va baliqli konservalar uchun bir chorak doirasida, sutli konservalar uchun bir oy davomida) inobatga olinadi, konservalar bir turdagi va hajmdagi, kafolat muddati ham bir xil qutilarga, bir xil hajmdagi va balandlikdagi tagliklarga solib taxlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Konservalarni zarar koʻrgan qutilarga taxlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Nuqsonli konservalar yoki tahlil uchun namunalar olingandan soʻng qutilar albatta tahlil yoʻli bilan tekshirilgan boshqa qutilardan olingan xuddi shunday konservalar bilan toʻldirilishi, soʻng ehtiyotlik bilan yopilishi (mixlanishi) va shtabellarning tepa qismiga taxlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tashkil topgan har bir shtabelga belgilangan shaklda shtabel yorligʻi rasmiylashtirilishi, unga qutilarning paketda joylashishi va paketlarning shtabelda joylashishi chizmasi ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarda mazkur konservalar taxlangan ombor, boʻlinma va shtabel raqami koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlangan joylashtirish chizmasiga muvofiq konservalarni omborga joylashtirishni yengillashtirish maqsadida shtabellar taxlanadigan joy va ular orasidagi yoʻlaklar oldindan oq boʻyoq bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Yuklash normalari va ombor turiga qarab konservalar shtabellarga quyidagi tartibda taxlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
goʻshtli konservalar ombor turiga qarab kengligi 8 paket va undan koʻp boʻlgan kengaytirilgan shtabellarga taxlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sutli konservalar ombor konstruksiyasi va turiga qarab 3-4 paket kenglikdagi shtabellarga taxlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baliqli konservalar ombor konstruksiyasi va turiga qarab 3-4 paket kenglikdagi shtabellarga taxlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shtabel uzunligi markaziy boʻylama yoʻlakdan ombor (yertoʻla) devori yonidagi yoʻlakkacha boʻlgan masofa bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Konservalarni saqlash sifatini nazorat qilish, havo yaxshi aylanishini taʼminlash va konserva shtabellarini taxlashda mexanizmlardan foydalanish qulay boʻlishi uchun omborlarda devordan yoki turtib chiqqan konstruksiyalardan ombor (seksiya) perimetri boʻyicha — 0,5 m kenglikda yoʻlaklar qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlaklar kengligi muayyan osma moslamali elektr yuk ortgichning minimal aylanish radiusidan kelib chiqqan holda, yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Ombor maydonidan samarali va oqilona foydalanish uchun asosiy shtabellar taxlab boʻlingandan soʻng, shtabellarning asosiy yoʻlaklari boʻylab 2 m dan tor boʻlmagan yoʻlak qoldirgan holda bir paket kengligida qoʻshimcha shtabel taxlash tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isitiladigan omborlarda goʻshtli konservalarning har bir shtabeli orasida, baliqli konservalar uchun har 2-3 shtabeldan soʻng va isitiladigan omborlarda sutli konservalar uchun ikki shtabel oralatib, 0,5 m kenglikda yoʻlak qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Mahsulot shtabellari va tagliklar omborning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga suyab qoʻyilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shtabellar yoki ayrim bogʻlam xavfli ravishda qiyalab qolgan taqdirda ularni qaytadan taxlash lozim. Bunda xavfsizlik texnikasi qoidalariga alohida eʼtibor berish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Yuk tushirish va ortish hamda ombor ichidagi boshqa ishlar yagona texnologik xarita boʻyicha olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Yuk tushirish va ortish ishlarini bajarish vaqtida hamda konservalarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirganda va oʻrni toʻldirilganda idishlarni ehtiyot qilish kerak, qutilarning zarb yeyishi, urilishi va otilishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII bob. Konservalarni saqlash muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Goʻshtli, sutli va baliqli konservalar isitilmaydigan omborlarda saqlanganda, bahor va yoz mavsumida belgilangan harorat-namlik darajasini taʼminlash uchun omborlar shamollatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Isitilmaydigan omborlarda haroratning keskin pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzgi - qishki mavsumda omborlar isitiladi, eshik, tuynuk va deflektorlar zich qilib yopiladi. Eshiklarga brezent pardalar tortiladi va omborga bir eshik ochib, ikkinchisidan kiriladigan qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bahor mavsumida konservalar tashqi havo bilan shamollatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Qish mavsumidan bahorgi-yozgi mavsumga oʻtilganda konservalarning asta-sekin isishini taʼminlash, ularning harorati ombordagi havo haroratidan keskin farq qilishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haroratni tenglashtirish va namlikni chiqarish uchun isitilmaydigan omborlarda eshiklar, tuynuklar ochilib, maxsus shamollatish uskunasi yoqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Konservalar saqlanganda ularning uzoq muddat yuqori harorat taʼsirida qolishiga yoʻl qoʻyish tavsiya etilmaydi (harorat 20 °S dan ortiq va namlik 75 foizdan koʻp boʻlmagan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozda konservalar saqlanayotgan xonalar kunning salqin paytida shamollatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Belgilangan saqlash talablari buzilgan taqdirda, konservalar va idishlarning tashqi holati tanlab tekshiriladi va konservalarda nam kondensati sezilgan hollarda zudlik bilan xonani shamollatish kuchaytiriladi, zarur boʻlsa, konserva turgan qutilarni shamollatish uchun shtabellarni buzish, oʻta zarur hollarda esa, konservalarga ishlov berish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ombordagi havo harorati va namligini oʻlchovchi asboblarning koʻrsatkichlari har kuni tegishli kuzatuv kitobida qayd qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Konservalarni saqlash davomida ularning sifatini muntazam kuzatib borish zarur. Konservalarning tashqi holatini tekshirish, sifatiga organoleptik baho berish va laboratoriya tahlillari belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Konservalarning tashqi sathida oʻzgarish (zang, shishish va hokazo) alomatlari paydo boʻlsa, bunday shtabellar qayta taxlanadi, saralanadi va ishlov beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Agar saqlash davri davomida konservalarda ishlab chiqarishga taalluqli nuqsonlar aniqlansa, ushbu konservalar yaroqsiz deb topiladi va dalolatnoma tuziladi. Bu haqda konservalarni ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilotga va Qoʻmitaga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Saralanganda yoki sifati tanlab tekshirilganda ajratib olingan nuqsonli konservalar mazkur Yoʻriqnomada koʻrsatilgan tartibda berib yuboriladi yoki yoʻq qilinadi. Tekshirish yoki ishlov berishda konserva solingan qutilar ehtiyotkorlik bilan qopqoq tomonidan ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Konservalarni saqlash davrida (bir oyda kamida bir marta) omborning barcha xonalari toʻliq tozalanadi. Konservalar saqlanadigan omborlarning polini yuvish tavsiya etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Isitiladigan omborxonalarda talab etiladigan harorat-namlik darajasini saqlash, yuk ortish va tushirish ishlari paytida issiqlik yoʻqotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ombor eshiklariga havo pardalari oʻrnatilishi va yopib qoʻyilishi lozim, isitilmaydigan omborxonalarda esa ishchi eshiklarga tambur oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Konservalar mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida nazarda tutilgan saqlash muddatlariga muvofiq saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konservalarni saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Saqlash muddati konserva tamgʻasida koʻrsatilgan yaroqlilik muddatiga toʻgʻri kelishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII bob. Konservalarni berib yuborish (yuklash va joʻnatish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Konservalarni yuklash va joʻnatish Qoʻmita tomonidan beriladigan naryadlar asosida birinchi navbatda sifat holatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish sanasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Omborlardan berib yuborilayotgan konservalarga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Konservalar berib yuborilishidan oldin moddiy javobgar shaxslar tomonidan berib yuborilishi kerak boʻlgan shtabellardagi oʻrinlar soni sanab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Konservalar, texnik jihatdan soz boʻlgan transport vositasiga yuklab joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konservalarning ortishga tayyorligi, laboratoriya xodimlari, saqlash boʻlimlari va muhandis-texnik xodimlardan iborat komissiya aʼzolari tomonidan aniqlanadi. Bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Konserva solingan qutilar paketlarga taxlanib, ishlab chiqilgan chizma (har bir vagon va quti turi uchun alohida) asosida, vagonlarning toʻliq toʻlishi va transportda tashishda konservalarning bus-butunligi taʼminlanishi lozimligini inobatga olgan holda vagonlarga ortiladi, vagon eshigi qarshisida konserva joylashtirilgan paketlar zich taxlanishiga alohida eʼtibor beriladi. Konservalar vagonga ortilganda temir yoʻl yuk xatiga vagonni konserva tashishga tayyorlash boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Vagonlarga ortish vaqtida elektr yuk ortgichning qatnovlari va yuklangan oʻrinlari soni mahsulotni qabul qilish va berib yuborish ishchi kitobiga qayd qilinadi. Qayd natijalari boʻyicha yuklangan konservalarning umumiy soni, shtabeldagi oʻrinlar qoldigʻi hisoblab chiqariladi va olingan maʼlumotlar shtabel yorligʻi bilan solishtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Vagon eshiklarini yopish va plombalash yuk tashish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Eshik qulfi qopqogʻiga plomba yoki plombali-yorliq toʻgʻri yopishtirilishi, plombalardagi izlar aniq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Konservalar avtomobil transportiga normativ hujjatlarga muvofiq paketlangan holda oʻrinlari sonini sanash imkoniyati boʻladigan qilib ortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Yetkazib beruvchi tashkilotning mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjatlari, ushbu mahsulotning partiyasi boʻyicha bir yil davomida tashkilotda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 21-iyun

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 21-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 21-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 21-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 21-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi guruhga goʻsht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konservalarni saqlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Assortiment
Tunuka nomi,
bankaning himoya qobigʻi
Saqlash muddati
Goʻshtli konservalar
1.
Dimlangan goʻsht
QOT II toifa. Laklangan va toshbosmali
4 yil
2.
Dimlangan goʻsht, qiymali
QOT I toifa, QOT II toifa, laklanmagan va toshbosmasiz
4 yil
3.
Dimlangan goʻsht, qiymali
EOT II toifa, EOT III toifa, EODT III himoya qoplamali, bankaning ichki sathi oqsilga chidamli emal bilan qoplangan
4 yil
4.
Dimlangan goʻsht, qiymali
EOT III toifa, laklangan
3 yil
5.
Goʻshtli pashtet, toʻgʻralgan goʻsht jeleda
Aluminiy qotishmasi, laklangan
4 yil
6.
Dimlangan goʻsht, qiymali
—
4 yil
7.
Dimlangan goʻsht, qiymali
EODT III laklangan (III toifa — bankaning ichki sathi, II toifa — bankaning tashqi sathi)
3 yil
8.
Dimlangan goʻsht
EOT II toifa, laklangan
3 yil
9.
Dimlangan goʻsht, qiymali
Aralash materialdan tayyorlangan banka korpusi — EOT II toifa, laklangan, uchlari laklangan aluminiy qotishmasidan
3 yil
Sutli konservalar
10.
Qaymogʻi olinmagan quyultirilgan shakarli sut
—
12 oy
Baliqli konservalar
11.
Tomat qaylasida
tunuka bankalarda
1 yil
EP-5147 al emali va EP-547 laki qorishmasi bilan qoplangan aluminiy bankalarda
1,5 yil
EP-5147 al emali va EP-547 laki qorishmasi bilan qoplangan tunuka bankalarda
2 yil
12.
Yogʻda (shprot, sayra, tunets va uzoq sharq sardinasidan tashqari)
tunuka bankalarda
1,5 yil
EP-5147 al emali va EP-547 laki qorishmasi bilan qoplangan tunuka bankalarda
2 yil
EP-5147 al emali va EP-547 laki qorishmasi bilan qoplangan tunuka bankalarda
2 yil
13.
Shprot, sayra, tunets, sardinasi
—
2 yil
14.
Sardinasi yogʻda
—
1,5 yil
15.
Yogʻ qoʻshilgan tabiiy va sunʼiy konservalar (sirli tunuka bankalardagi tabiiy losos konservalaridan tashqari)
—
2 yil
16.
Tabiiy losos
sirli tunuka bankalarda
2,5 yil
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: QOT — qaynoq oqartirilgan tunuka. EOT — elektroliz usuli bilan oqartirilgan tunuka.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EODT — elektroliz usuli bilan oqartirilgan differensial tunuka.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 404-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2489-1/0381-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 06.07.2026-y., 10/26/2489-2/0689-son)