01.07.2013 yildagi PQ-1993-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.07.2013 yildagi PQ-1993-son
Date of entry into force
29.07.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2012-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi oʻrtasida bandlikka ruxsat berish tizimi boʻyicha ishchilarni Koreya Respublikasiga yuborish toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Memorandumga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasiga yuborish boʻyicha vakolatli organ etib Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek manfaatdor vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga Memorandumga muvofiq bandlikka ruxsat berish tizimi boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish va koʻnikmalarni baholashda koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, bandlikka ruxsat berish tizimi boʻyicha Memorandumga muvofiq oʻtkaziladigan test sinovlarida qatnashganlik va koʻnikmalarni baholaganlik uchun toʻlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mablagʻlari Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining daromadi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliqqa tortilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Memorandumni amalga oshirish doirasida test oʻtkazish va mehnat migrantlarining koʻnikmalarini baholash uchun olib kirilayotgan test materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining buyurtmanomalariga binoan, Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining Memorandumni amalga oshirishda qatnashuvchi xodimlari uchun konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarini rasmiylashtirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining buyurtmanomalariga binoan, Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining Memorandumni amalga oshirishda qatnashuvchi xodimlari uchun davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1993-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 382-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)