Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 2-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1949-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2009-yil 30-martdagi 53-son “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1949, 2009-yil 28-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 231-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼloni qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-iyun,
126-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 25-iyun
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2013-yil 25-iyun
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2013-yil 25-iyun
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2013-yil 25-iyun
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi B. ABDUQODIROV
2013-yil 25-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 27-son, 355-modda)