Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.05.1990 yildagi PF-4-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSR Prezidentining Farmoni, 07.05.1990 yildagi PF-4-son
Date of entry into force
07.05.1990
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ULUGʻ VATAN URUShI NOGIRONLARIGA, QATNAShChILARIGA, BAYNALMILALChI JANGChILARGA VA HALOK BOʻLGAN HARBIY XIZMATChILARNING OILALARIGA SOVET XALQINING ULUGʻ VATAN URUShIDAGI GʻALABASINING 45 YILLIGI BAYRAM QILINIShI MUNOSABATI BILAN QOʻShIMChA IMTIYOZLAR BERISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarining, baynalmilalchi jangchilar va halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalarining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida hamda sovet xalqining Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabasining 45 yilligini nishonlash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari va shahar Soveti ijroiya qoʻmitalari, jumhuriyat hududida joylashgan korxonalar va tashkilotlar 1990-yilda Ulugʻ Vatan urushi nogironlarini va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalarini uy-joy bilan taʼminlasinlar, 1991-yilda esa Ulugʻ Vatan urushining barcha qatnashchilarini hamda ularga tenglashtirilgan 1990-yil 1-yanvargacha hisobga olingan kishilarni uy-joy bilan taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari va Toshkent shahar Soveti ijroiya qoʻmitalari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari hozirgi vaqtda yashayotgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni ularga shaxsiy mulk qilib topshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1990-yil davomida Ulugʻ Vatan urushi nogironlarining va halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalarining, 1991-yilda esa barcha Ulugʻ Vatan qatnashchilarining hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarning uy-joy, maishiy sharoitini xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining, korxonalar, tashkilotlar, kolxozlar, sovxozlarning mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan uy-joy qurish va remont qilish yoʻli bilan yaxshilashni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi 1990-yilda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1990-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston SSJ Ijtimoiy taʼminot vazirligi sistemasidagi urush veteranlari uchun sanatoriylar, pansionatlar va statsionarlarda ovqatlanishga, dori-darmonlarga va yumshoq jihozlarga xarajatlar normasini Ulugʻ Vatan urushi nogironlari gospitallari uchun koʻzda tutilgan normalarga tenglashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilariga, baynalmilalchi jangchilarga shaxsiy foydalanish uchun sotishga bozor fondidan 1750 ta yengil avtomashina ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Ijtimoiy taʼminot vazirligiga I guruh nogironlariga kajavalar sotib olish uchun chet el valyutasida 100 ming soʻm ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Aloqa vazirligi, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari va Toshkent shahar Soveti ijroiya qoʻmitalari 1990-1991-yillarda 1990-yil 1-yanvarigacha hisobga olingan barcha Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarining, baynalmilalchi jangchilarning va halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalarining kvartiralari telefonlashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralarga markazlashtirilgan moddiy ragʻbatlantirish fondi mablagʻidan, korxonalar va tashkilotlarga — moddiy ragʻbatlantirish (mehnatga haq toʻlash yagona fondi) fondlari mablagʻlaridan, noishlab chiqarish sohasidagi muassasalarga esa smeta xarajatlarini tejash hisobidan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarini shu yilning may oyidan kechiktirmay qiymati 100 soʻmgacha turadigan esdalik sovgʻalar bilan mukofotlashga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari Vatan urushi qatnashchilari boʻlgan ishlamayotgan pensionyerlar uchun ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan mablagʻ hisobidan sovgʻa sotib olsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi sotsialistik Vatanni himoya qilishda Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch daraja Shuhrat ordenlari bilan mukofotlangan jangchilarning alohida xizmatlarini hisobga olib, ularning uy-joy sharoitlarini, ularga tibbiy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etishning 1990-yilga belgilangan tadbirlarini birinchi navbatda bajarishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1990-yil 7-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 22-24-son, 309-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)