Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 06.05.1997 yildagi PF-1755-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.05.1997 yildagi PF-1755-son
Date of entry into force
06.05.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 06.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

ISH HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1997-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqining — eng oz miqdori oyiga 750 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshga doir pensiyaning — eng oz miqdori oyiga 1400 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning soliqqa tortilmaydigan daromadi — eng oz miqdori oyiga 750 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryadning — eng oz miqdori oyiga 750 soʻm miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1997-yilning 1-iyulidan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari stipendiyalarining miqdorlari oʻrta hisobda 1,5 baravar oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1997-yil 1-iyuldan quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— bolaligidan nogironlar uchun nafaqalar miqdori oyiga 1400 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun nafaqalar miqdori oyiga 850 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek, pensiyalar, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qiluvchi onalarga, bolali oilalarga nafaqalar hamda eng oz ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar ushbu Farmonda koʻrsatilgan eng oz ish haqi miqdori asosida 1997-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va muassasalar mazkur Farmon qoidalariga asoslanib, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning hamda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlari mansab maoshlarining miqdorlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va pensiya fondi hisobidan qoplansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar ish haqini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat xarajatlarini pasaytirish hisobidan mehnat haqi fondi doirasida oshirsinlar va bunda mazkur Farmon bilan belgilangan eng oz ish haqi koʻpaytirilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 24-iyuldagi 1499-son Farmoni (9-bandi bundan mustasno) 1997-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1755-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 155-modda; 1998-y., 5-6-son, 124-modda))