Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2026 22.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1687-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qarori, 22.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1687-1
Date of entry into force
29.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 23-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1687-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 22-maydagi 8-son, Energetika vazirligining 2026-yil 15-maydagi 100-son hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2026-yil 30-martdagi 19-sonli “Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ochiq va yopiq tizimlar orqali uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3846, 04.06.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 382-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2007-yil 7-maydagi 90, 29-P, 26, 71-son qarori (roʻyxat raqami 1687, 2007-yil 7-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 245-modda) bilan tasdiqlangan Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 23-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Issiqlik energiyasini ishlab chiqish va uzatish uchun issiqlik yuklamalarini, yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarfi meʼyorlari hamda texnologik yoʻqotishlarning meʼyorlarini aniqlash mazkur Nizom talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 382-modda), Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari. I boʻlim (roʻyxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 405-modda), Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari. II boʻlim (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 6-dekabrdagi 20-15-319/24-son xatiga asosan texnik qoida va normalarga tegishli deb topilgan), Issiqlik energiyasini va issiqlik eltuvchilarni hisobga olish qoidalari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2010-yil 28-iyundagi 6-24/13-5638/6-son xatiga asosan texnik qoida va normalarga tegishli deb topilgan) hamda issiqlik taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida issiqlik energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq tartibga solinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Sh. MAXMUDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktori U. XALMUXAMEDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-1/376-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qarini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshligʻi B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 227-modda)