Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 1-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1756-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-sonli “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2808, 12.07.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF–4475-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 589-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 18-dekabrdagi 2007-65-sonli qarori (roʻyxat raqami 1756, 2008-yil 3-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 1-2-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizomning 18-bandidagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
2013-14-son
Kelishilgan:
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2013-yil 18-mart
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 18-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 186-modda)