Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 28.06.1999 yildagi PF-2331-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.06.1999 yildagi PF-2331-son
Date of entry into force
28.06.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini yo‘lga qo‘yish va soddalashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga hokimiyatlarning, moliya, soliq, bank, statistika, ichki ishlar organlari, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Davlat xizmatlari markazlari vakillari kiritilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli ravishda shahar, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari maxsus hududiy komissiyaning raisi etib belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tuzilayotgan hududiy maxsus komissiyalar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarning muassislari (qatnashchilari) yoki ta’sis hujjatlarida vakil qilingan organlar ularni tugatishga rozi bo‘lmagan, shuningdek mazkur shaxslar va organlarning turgan joyini aniqlash hamda ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo‘lmagan hollarda iqtisodiy sudlarining qarorlari bo‘yicha ana shunday korxonalarni tugatish jarayonini amalga oshirish.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki, savdo hamda savdo-vositachi korxonalar uch oy mobaynida, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar olti oy mobaynida bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda, tijorat banklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini yopadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobvaraqlari yopilgan sanadan boshlab uch kun muddatda u hisobga qo‘yilgan joydagi soliq xizmati organiga mazkur subyekt faoliyatini bundan buyon davom ettirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborot beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yopiladigan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i tijorat banklari tomonidan shu mablag‘lardan foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga qo‘shiladi, xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lash uchun bankka taqdim qilingan kreditorlik qarzi esa kutilmagan holatlarning alohida hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar nomiga kelib tushadigan mablag‘lar ularning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga qo‘shiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga jamlangan mablag‘lar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Davlat budjeti hamda maqsadli davlat jamg‘armalari oldidagi qarzini to‘lashga, qolgan summalarni esa to‘lovlarning kalendar navbatiga qarab ularning kreditorlik qarzlarini to‘lashga sarflanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshiruvchi organlar soliq organlarining taqdimnomasi hamda hududiy maxsus komissiyaning tegishli xulosasi bo‘yicha korxonalarni tugatish jarayonlarini, shu jumladan, zarur hollarda sud tartibida amalga oshira boshlasinlar.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, muassislar (qatnashchilar) yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar turgan joyni aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotganlar toifasiga kiritilgan va bu haqda ommaviy axborot vositalarida tegishli e’lonlar bosib chiqarilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgandan keyin tugatish jarayoni sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha arizachi va javobgar sud chiqimlari hamda davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi 1652-son Farmonining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav jamg‘armalarini ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda shakllantirishning oxirgi muddati hukumatning ayrim qarorlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 29-martdagi 2276-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 28-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2331-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 155-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)