26.02.2013 yildagi 56-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 26.02.2013 yildagi 56-son
Date of entry into force
04.03.2013
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyatida multimodal Logistika markazini va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fargʻona vodiysining transport-logistika infratuzilmasini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish, yuk tashishlar hajmlarini koʻpaytirish hamda yuklarni oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mintaqaning temir yoʻl infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida “Pop logistika markazi” unitar korxonasining multimodal logistika markazini tashkil etish, yuklarni ishlash hajmlarini yiliga 4,0 mln tonnagacha yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transportning har xil turlari bilan tashishning oʻzaro bogʻliq jarayonini, shu jumladan “Qamchiq” dovoni orqali yuklarni tashish uchun “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatining avtotransport vositalari parkidan samarali foydalanish asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Pop logistika markazi” unitar korxonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fargʻona mintaqaviy temir yoʻl bogʻlanmasining ixtisoslashtirilgan stansiyalaridan foydalanib, “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan oʻzaro toʻliq bogʻliq holda Fargʻona vodiysi hududida yuklarni yetkazib berishning yagona multimodal sxemasini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport-logistika va transport-ekspeditsiya xizmatlari koʻrsatish, shuningdek yuklarni tashishning maqbul sxemalarini (maqbul logistika tizimlarini) ishlab chiqish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ehtiyojlarini qondirish uchun samarali logistika tarmogʻini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari kompleksi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qaqir” stansiyasini — koʻmir, qurilish materiallari, yogʻoch-taxta yuklarini saqlash uchun, “Qoʻqon” stansiyasini — mineral oʻgʻitlar va isteʼmol tovarlarini saqlash uchun, “Margʻilon” stansiyasini — konteynerli yuklarni saqlash uchun (Fargʻona viloyati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Raustan” stansiyasini — konteynerli koʻmir va qurilish materiallari yuklarini saqlash uchun (Namangan viloyati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Axtachi” stansiyasini — konteynerli koʻmir va qurilish materiallari yuklarini saqlash uchun (Andijon viloyati) ixtisoslashtirgan holda, Fargʻona mintaqaviy temir yoʻl bogʻlanmasining bir yoʻla 91,7 ming tonna yukni saqlash quvvatiga ega boʻlgan omborxonalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Pop logistika markazi” unitar korxonasi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining buyurtmanomalariga binoan “Qamchiq” dovoni orqali tashishlarning prognoz hajmlarini har yili 1-dekabrgacha shakllantirsinlar, bunda yuklarni Fargʻona vodiysiga va u yerdan tashish nomenklaturasi va sxemalari aniqlanishini hisobga olsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda yuklarni joʻnatish stansiyasidan yetkazib berish stansiyasigacha yagona tashish hujjati boʻyicha yetkazib berish uchun yagona tashish toʻlovini belgilasin, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashuvlarning butun yoʻnalishida yuklarning but saqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kapital qurilish boʻyicha direksiyasi — “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini qurish boʻyicha bosh buyurtmachi etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshtransloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyiha tashkiloti etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil — qurilishni boshlash va tugallash muddatlari etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 1-yanvar — “Pop” multimodal logistika markazi faoliyatining boshlanish muddati etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari — “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasi qurilishini asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarning va ishchi hujjatlarning tasdiqlanadigan qismi bilan birgalikda ishchi loyihani ishlab chiqqan holda 2013-yil 1-avgustgacha bir yoʻla amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subpudrat tashkilotlarni tanlov asosida tanlashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan “Pop” multimodal logistika markazi qurilishi uchun metall prokati, sement va yonilgʻi-moylash materiallarining tartibga solinadigan narxlar boʻyicha, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Pop” multimodal logistika markazini qurish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan tovarlar — bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajariladigan ishlar (xizmatlar) hajmlari — qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2014-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Pop logistika markazi” unitar korxonasi 2017-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Namangan viloyati hokimligi “Pop” multimodal logistika markazini, avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllarini qurish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini bir oy muddatda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-fevraldagi 56-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari kompleksi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎ Moliyalashtirish manbai‎ Moliyalashtirish manbai‎ Pudrat tashkilotining nomi‎
Pudrat tashkilotining nomi
1.‎

“Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini qurish, shu jumladan:
‎kirish temir yoʻllari;
‎omborxonalar;
‎yuklash-tushirish maydonchalari. ‎

2013-yil sentabr
‎2013-yil sentabr
‎2013-yil sentabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAKning oʻz mablagʻlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK
2.‎ “Pop” multimodal logistika markaziga kirish avtomobil yoʻlini qurish.‎ loyiha-smeta hujjatlari,
‎qurilishni tashkil etish loyihasi tasdiqlangach‎
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari “Oʻzavtoyoʻl” DAK Tender savdolari natijalari boʻyicha
II. Tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish
3.‎ Elektr taʼminotining tashqi yuqori voltli taʼminlovchi liniyasini qurish. 2013-yil iyun “Oʻzbekenergo” DAKning oʻz mablagʻlari “Oʻzbekenergo” DAK “Oʻzbekenergo” DAK
4.‎ Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish. 2013-yil iyun‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAKning oʻz mablagʻlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK
5.‎ Tashqi aloqa tarmogʻini barpo etish, “Oʻzbektelekom” AKning mavjud telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash. 2013-yil iyun “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari “Oʻzbektelekom” AK “Oʻzbektelekom” AK
III. Normativ bazani ishlab chiqish
6. Quyidagilar:
‎yagona tashish hujjati boʻyicha;
‎joʻnatish stansiyasidan yetkazib berish stansiyasigacha yagona tashish toʻlovi boʻyicha tashishlarning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish. ‎

2013-yil sentabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAKning oʻz mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK,
‎“Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati, Davlat bojxona qoʻmitasi,
‎Avtomobil va daryo transporti agentligi ‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 117-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)