23.01.2013 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.01.2013 yildagi 16-son
Date of entry into force
28.01.2013
Hujjat 25.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimni (Moskva, 2011-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-307-son Qonunini bajarish yuzasidan hamda koʻrsatib oʻtilgan Bitim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan bajarilishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimning amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga amalda maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib hamda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari bilan kelishgan holda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi faoliyatining tegishli qismi boʻyicha, shuningdek Yalpi majlislarda va Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi doirasida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini shakllantirishda ularning vakillarini ekspert sifatida jalb qilishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining budjetiga Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi ulushini toʻlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining Yalpi majlislarda va Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi doirasida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda, shu jumladan videokonferensiyalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun belgilangan tartibda mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 23-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 47-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)