Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.03.1998 yildagi PF-1939-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.03.1998 yildagi PF-1939-son
Date of entry into force
04.03.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FOND BOZORINI YaNADA RIVOJLANTIRISh HAMDA DAVLAT MULKI NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarning O‘zbekiston va xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishdan manfaatdorligini oshirish, ularning texnik qayta jihozlanishini ta’minlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda fond bozoridagi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarning aksiyalari paketlarini O‘zbekiston Prezidentining 1997-yil 31-martdagi 1740-sonli Farmonida belgilangan ulushlari bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoasi aksiyalari paketi aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxona tasarrufiga beriladi, jamoa a’zolari o‘rtasida tarqatiladi hamda ular ko‘zlagan tartibda foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga tegishli aksiyalar paketi davlat mulkini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi ixtiyorida qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin sotuv hamda xorijiy sarmoyadorlarga sotishga mo‘ljallangan aksiyalar paketlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalar tomonidan birgalikda joylashtiriladi va tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1999-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda erkin sotuv va xorijiy sarmoyadorlarga mo‘ljallangan aksiyalardan tushgan mablag‘ (valyuta hisobidagi tushumni ham hisobga olgan holda), istisno tarzida, to‘laligicha (operatsiya xarajatlaridan tashqari) qaytarmaslik imtiyozi bilan, aksiyadorlikka aylantirilayotgan korxonalarga o‘tkaziladi. Bu mablag‘ soliqqa tortilmaydi hamda undan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni renavatsiya qilish va yangilash bo‘yicha qat’iy maqsad yo‘lida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalarning erkin sotuv va xorijiy sarmoyadorlarga mo‘ljallangan aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lari maxsus ochiladigan maxsus ssuda hisoblarida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga 1999-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan korxonalar bilan birgalikda ularning erkin sotuv va xorijiy sarmoyalarga mo‘ljallangan aksiyalarini sotish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarni sotishdan o‘z ixtiyorida qolgan mablag‘lardan aniq maqsadlarda foydalanishi ustidan nazorat qilsin. Bu mablag‘lardan ko‘zda tutilgan maqsadlarda foydalanmaslik hollari aniqlangan taqdirda, ular respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayonida paydo bo‘lgan aksiyalar yangi egalariga belgilangan tartibda sotilgunga qadar birinchi marta joylashtirilgan davlat mulki hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividendlarni o‘tkazish, ularni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdagi holatiga ko‘ra, nizom jamg‘armasining boshlang‘ich hajmiga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to‘la summasi bo‘yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, lekin sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda 1998-yilning 1 choragi mobaynida aksiyadorlar ro‘yxatini ular olishi lozim bo‘lgan dividendlarni to‘lash uchun davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlariga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Xususiylashtirish Investitsiya Fondlari (XIFlar) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Taklifda quyidagilar hisobga olinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIFlarni boshqaruvchi kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi hamda ularning rahbarlari professional darajasiga talabchanlikni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIFlarni boshqarishning cheklangan kishilar doirasida konsentratsiyalashuvi va XIFlar aktivlari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar o‘tkazilishiga barham berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va Davlat Soliq qo‘mitasi bir hafta muddat ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi idoraviy me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.Chjen hamda Moliya vaziri J.Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1939-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 44-modda)