25.12.2012 yildagi O‘RQ-343-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 25.12.2012 yildagi O‘RQ-343-son
Date of entry into force
01.01.2013
Hujjat 22.04.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 28-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 6-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi 1054–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 10, 270-modda) 125-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qism quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblash toʻxtatib turiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi – yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi – sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismdagi “yettinchi xatboshisiga” degan soʻzlar “sakkizinchi xatboshisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi 609–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 91-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 179-modda, № 12, 640-modda) 12-moddasi oltinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida oʻttiz uch foiz boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil davomida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 23-modda ikkinchi qismining 10-bandidagi “jismoniy shaxslardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 50-modda quyidagi mazmundagi yettinchi – toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik shaxs xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb topilgan taqdirda, tugatishga doir ish yuritishning butun davrida mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblash toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarori mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblashni toʻxtatish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni yuritish tugatilgan va uning toʻlov qobiliyati tiklangan taqdirda, xoʻjalik sudining bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish haqidagi qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran, ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 61-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik shaxs soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliq qarzini uzmagan taqdirda va agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan koʻp boʻlgan summadagi soliq qarzi uzilmay qolsa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxs soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uni bajarmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, soliq qarzi summasi mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlgan hollar bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 123-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat boʻyicha davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi qaysi davlat soliq xizmati organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari ustidan shikoyat qilayotgan boʻlsa, oʻsha organni davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini, shuningdek eng kam ish haqining karrali miqdorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarish uchun eng kam ish haqi miqdorining joriy yilning 1-yanvaridagi holati inobatga olinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi – oʻn ikkinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi – oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy shaxsning asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan sovgʻa, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya topshirganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 192-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mol-mulkini ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs, agar ushbu daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining toʻlov manbaida soliq solinmasa, belgilangan muddatlarda jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish bilan bir qatorda ijaradan daromadlar paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki tarzdagi deklaratsiya ham taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 193-moddaning uchinchi qismidagi “15-martigacha” degan soʻzlar “1-iyunidan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 209-modda quyidagi mazmundagi 17-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17) mijozlarning hisob raqamlariga banklar tomonidan elektron masofali xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 223-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yil choragi hisobot davridir”;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq toʻlovchilar, bundan kredit va sugʻurta tashkilotlari mustasno, qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 226-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – ushbu Kodeks 225-moddasining birinchi qismiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay”;

12) 238-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yil choragi soliq davridir”;

13) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) 246-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hisobot davri quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun – yil choragi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar uchun – kalendar yil”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 247-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan – ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan – yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan – hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 260-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq toʻlovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi boʻyicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari besh kun ichida ushbu maʼlumotlarni soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 262-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“262-modda. Soliq davri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendar yil soliq davridir”;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) – yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan – joriy soliq davrining 15-dekabrigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – soliq davridan keyingi yilning 25-yanvarigacha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismidagi “hisobot davridan keyingi” degan soʻzlar “soliq davridan keyingi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) 264-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlaydilar, bundan yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 25-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga moʻljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) – har oyning 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kamni tashkil etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq solinadigan baza oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy toʻlovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash joriy toʻlovlar hisobga olingan holda soliq toʻlovchilar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, bundan yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitobga koʻra budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi 2-bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismidagi “va (yoki) nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadigan ulardan foydalanish huquqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) 267-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“asosiy vositalar boʻyicha – asosiy vositalarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) 268-moddaning birinchi qismidagi “hisobot davridagi” degan soʻzlar “soliq davridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) 270-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“270-modda. Soliq davri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendar yil soliq davridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) 271-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish ushbu Kodeks 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchi – Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga moʻljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan – yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq solinadigan baza oʻzgargan taqdirda soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy toʻlovlarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davrida toʻlanishi lozim boʻlgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi joriy toʻlovlar hisobga olingan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitobga koʻra budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy toʻlovlarni yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda davlat soliq xizmati organlari tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaning soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi shart. Taqdim etilgan maʼlumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitobini oʻn kun ichida amalga oshiradi va toʻlov xabarnomasini yozib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining koʻchmas mulkka ega boʻlgan norezidentlariga koʻchmas mulk joylashgan erdagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchining yoki koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida toʻlov xabarnomasini yozib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay toʻlanishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) 280-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26) 284-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“284-modda. Soliq davri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendar yil soliq davridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) 286-moddaning ikkinchi qismidagi “Hisobot davri uchun” degan soʻzlar “Soliq davri mobaynida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) 296-moddaning birinchi jumlasidagi “bundan ushbu Kodeksning 297-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29) 297-modda chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi – sakkizinchi qismlari tegishincha ikkinchi – yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “oltinchi” degan soʻz “beshinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismidagi “toʻrtinchi” degan soʻz “uchinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31) XIV boʻlimning nomidagi “JISMONIY ShAXSLARDAN” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32) 301-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlovchilardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari deganda avtomobillarga kompressor vositasida gaz toʻldirish, avtomobillarga yoqilgʻi quyish va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tushuniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilish soliq solish obyektidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “Jismoniy shaxslarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34) 303-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yil choragi soliq davridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “Jismoniy shaxslardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi – toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi transport vositalari uchun yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning narxida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi joriy oʻn kunlik toʻlovlar hisobga olingan holda yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlash transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilingan oyning oʻn kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kundan kechiktirmay, yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan erda har oʻn kunda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36) 309-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yil choragi hisobot davridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallarining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38) 312-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz toʻlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno”;

39) 313-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:

ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;

hayotni sugʻurtalash sohasiga taalluqli shartnomalar boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari), qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha topshirilgan toʻlovlar summalari, shuningdek ushbu Kodeks 150-moddasining 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar”;

40) 314-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yil choragi hisobot davridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41) 315-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar quyidagicha toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlovchi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42) 316-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz toʻlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43) 317-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayotni sugʻurtalash sohasiga taalluqli shartnomalar boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari), qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha topshirilgan toʻlovlar summalari, shuningdek ushbu Kodeks 150-moddasining 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44) 318-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yil choragi hisobot davridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45) 319-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatdan kechiktirmay taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar quyidagicha toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlovchi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46) 352-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi – oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarda joriy soliq davrining ketma-ket keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi boʻlmasa, ular ushbu Kodeks 348-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari boʻyicha ushbu Kodeks 350-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan eʼtiboran umumbelgilangan soliqlar toʻlashga oʻtishi kerak, bundan soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslar, bundan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno, yagona soliq toʻlovini toʻlash huquqidan mahrum boʻlgan oʻtgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq toʻlovi yuzasidan ushbu Kodeksning 351-moddasida belgilangan tartibda qayta hisob-kitobni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot yili tugaganidan keyin ushbu Kodeks 350-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay qolgan mikrofirmalar va kichik korxonalar 1-fevraldan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibi tanlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha yozma bildirish taqdim etishi shart. Soliq toʻlovchi tomonidan yozma bildirishning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga berilgan roziligi deb hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47) 356-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq toʻlovchilar – yuridik shaxslar uchun – transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48) 359-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yil choragi hisobot davridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49) 360-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona soliq toʻlovining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona soliq toʻlovi quyidagicha toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50) 372-moddaning oltinchi qismidagi “va ish haqining eng kam miqdori” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun 2013-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-343-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 584-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)