Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining rolini oshirish va ishtiroki koʻlamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi boshqaruvi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
*3-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-dekabr,
356-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Nizom
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) aloqa, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jamgʻarma notijorat tashkiloti hisoblanadi, oʻz balansiga, bank hisob raqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Jamgʻarmaning mablagʻlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan tushuvchi mablagʻlarning 50 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
2018-yil 1-yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablagʻlarning 15 foizi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-fevraldagi PQ-2791-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2018-yil 1-yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablagʻlarning 70 foizi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablagʻlarning 45 foizi, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari.
III. Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan manbalardan tushgan mablagʻlarni jamlash;
b) Jamgʻarma hisob raqamlarida jamlangan mablagʻlardan:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishni, maʼlumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, “Elektron Hukumat” tizimlarini va qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
(5-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;
Internet tarmogʻining milliy segmentini shakllantirishni, turli yoʻnalishdagi zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga boʻlgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;
davlat axborot resurslari va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar oʻtkazishni;
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida maʼlumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;
aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron maʼlumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan oʻqitish tizimini;
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini xodimlarni qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan;
(5-bandning “b” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi telekommunikatsiya va axborot tizimlari ustidan boshqarish va nazorat qilish organlarini, shuningdek aloqa obyektlari davlat kadastri xizmatlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini, terminologiya va lugʻatlarni, standartlashtirish boʻyicha bazaviy tashkilotlarni va bazaviy metrologik xizmatni, shuningdek axborotlashtirishni joriy etish va rivojlantirish boʻyicha mustaqil daromad manbaiga ega boʻlmagan xizmatlarni rivojlantirishga koʻmaklashishni;
(5-bandning “b” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Respublika axborot-kutubxona markazining faoliyatini;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va pochta xavfsizligini taʼminlash boʻyicha texnik infratuzilmani rivojlantirishni;
tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni;
efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga toʻsqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-oʻlchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan ijtimoiy-koʻngilochar va taʼlim yoʻnalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni;
qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni;
Oʻzbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni;
operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirishni;
dasturlashtirish, tizimli maʼmuriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini ragʻbatlantirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan toʻlanadigan toʻlov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanksiyalarining undirishdan tushgan mablagʻlar summasining 2 foizi miqdorida davlat boji Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilishi boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalanish.
(5-bandning “b” kichik bandi yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash hamda uni yanada rivojlantirish;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda zarurat boʻlganda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi faoliyati.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
6. Jamgʻarma mablagʻlari faqat tegishli litsenziyalar asosida oʻz faoliyatini respublika hududida amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar yuridik shaxslarga, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tartibga solish, boshqarish organlariga hamda ushbu soha tashkilotlariga maʼlumotlar bazasini saqlash va shakllantirishning idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish uchun berilishi mumkin.
Yuridik shaxslar yilning har choragida Jamgʻarmadan olingan mablagʻlar ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
7. Jamgʻarma mablagʻlari:
begʻaraz moliyaviy qoʻyilmalar va grantlar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida maqsadli begʻaraz moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovidan va Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ekspertizadan oʻtgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlantirish loyihalari uchun beriladigan qarzlar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamgʻarma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ekspertizadan oʻtgan hamda Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi hamda ushbu mablagʻlarga foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan mablagʻlar uchun nazarda tutilgan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
V. Jamgʻarmaning huquqlari
9. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
mazkur Nizomning II boʻlimida belgilangan manbalardan tushuvchi mablagʻlarni oʻzining bank hisob raqamlarida jamlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mablagʻlarni aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashkilotlar sarmoyasiga investitsiya qilish yoʻli bilan ulardan foydalanish, ularga Jamgʻarmaning aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar berish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish yoki qonun buzilishi aniqlangan taqdirda ajratilgan mablagʻlarni chaqirib olish;
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalar (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va hokazolar)ga joylashtirish.
10. Jamgʻarma mablagʻlarini joylashtirishga doir barcha operatsiyalar Jamgʻarma Kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Jamgʻarma budjeti doirasida Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarma Jamgʻarmaning mablagʻlarini aloqa vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, maʼlumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, radioeshittirish va televideniyening aniq loyihalariga ajratishda shartlarni belgilashga haqlidir.
12. Jamgʻarma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablagʻlarini jalb etish huquqiga ega emas.
13. Jamgʻarma qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni taʼminlash uchun Jamgʻarma Kengashining qarorlariga muvofiq mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Jamgʻarmaning majburiyatlari
14. Jamgʻarma:
resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlashga;
mablagʻlar tushumi va sarflanishi hisobi va hisobotini yuritishga;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tugagan davr uchun Jamgʻarma faoliyati toʻgʻrisida yoyma hisobot taqdim etishga;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat qilishga;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xizmatlarining barcha turlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashishga;
har yilning 1-dekabridan kechikmay choraklar, tushum manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha navbatdagi yilga prognoz budjetni tuzishga hamda uni Jamgʻarma Kengashi tasdiqlashi uchun kiritishga;
Oldingi tahrirga qarang.
har bir kalendar chorakdan keyin yigirma kun mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tugagan chorak uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishga majburdir.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
VII. Jamgʻarmani boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” rahbarlarining oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Jamgʻarma Kengashining raisi hisoblanadi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Kengashi raisi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
16. Jamgʻarma Kengashi mablagʻlardan, shu jumladan foydadan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilaydi, Jamgʻarma budjetini koʻrib chiqadi va mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida Jamgʻarma direktorining hisobotini eshitadi, shuningdek zaruriyat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Jamgʻarma boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega boʻladi.
17. Jamgʻarma Kengashi majlislari bir chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga va Jamgʻarma Kengashi qarorlari bajarilishiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan hamda lavozimga Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
19. Jamgʻarma direktori:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
shtat roʻyxatini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Jamgʻarma apparati taʼminotiga xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kengashiga taqdim etadi;
lavozim yoʻriqnomalarini va Jamgʻarmaning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma nomidan daʼvo arizalari beradi;
Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
ushbu Nizomga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining boshqaruv apparati
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 13 kishi,
ulardan: boshqaruv xodimlari — 10 kishi;
yordamchi xodimlar — 3 kishi
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga
4 -ILOVA
4 -ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kengashining shaxsiy tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 4-noyabrdagi 490-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 53-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 75-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 11-noyabrdagi 499-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 31-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 20-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-apreldagi PQ-1087-son qarori)” 2009-yil 11-iyundagi 159-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 44-modda) 1-ilova 3-bandining “a” kichik bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 2-ilovaning 9-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 11-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 51-son, 577-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 52-son, 646-modda; 2017-y., 8-son, 118-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 24.05.2018-y., 09/18/380/1262-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 26.06.2020-y., 09/20/409/0955-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)