Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 207-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xususiy mulkning but saqlanishini taʼminlash va uning koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina oʻz mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 197—206 moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 211, 289-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra hamda oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U oʻz mol-mulkidan xoʻjalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 172-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha mulkdorlarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Mulkdor huquqlarining ustuvorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xususiy mulkni himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy mulk huquqini tan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararning oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neustoyka undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼnaviy ziyonni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlari barqarorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid boʻlgan hujjatining sud tomonidan qoʻllanilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkning ayrim turlariga boʻlgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, oʻzgarganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan va xususiy mulk huquqini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi usullari huquq buzilishiga mutanosib boʻlishi va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Mulkdorlar huquqlarini himoya qilishda teng huquqlilik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorlarga xususiy mulk huquqini himoya qilish uchun davlat tomonidan teng sharoitlar taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmasligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga xilof ravishda xususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomaqbulligi oldindan maʼlum boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan undan mol-mulkni, moliyaviy mablagʻlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorning xoʻjalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud mulkdorni oʻz mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majbur qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulkka tajovuz qilish qonunga binoan taʼqib qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Davlat organlari va boshqa organlar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni davlat va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sud qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan, oʻz xohishiga koʻra, boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish bunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Mulkdorlar huquqlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Undiruvni mol-mulkka qaratish yoʻli bilan mol-mulk olib qoʻyilayotganda mulkdor huquqlarining kafolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv mol-mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qoʻyilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi (“Undiruvni qarzdorning mol- mulkiga qaratish”) va 6-bobi (“Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari. qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish”).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinayotganda uning huquqlari kafolatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202, 203 va 204-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor xususiy mulk boʻlgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Qonunga muvofiq oʻziga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi bekor qilinganda mulkdor huquqlarining kafolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaxsga toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 199-moddasining ikkinchi qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyilib, bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va u koʻrgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdor bilan kelishuvga koʻra tegishincha tuman, shahar, viloyat va Toshkent shahar hokimining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini olib qoʻyish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlash toʻgʻrisidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimi qarorining koʻchirma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qoʻydirib) xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ana shu mol-mulk bevosita olib qoʻyilishidan oldingi paytdagi yoki olib qoʻyilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning oʻrnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, buzib tashlanayotgan uy oʻrniga yakka tartibda uy-joy qurishi uchun fuqaroga yer uchastkasi berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalalari ham nizoni koʻrib chiqishda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228, 229 va 230-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor oʻz huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Xususiy mulk huquqining qonunga muvofiq bekor boʻlishi oqibatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 233-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjati qabul qilingandagi kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga qoʻshimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Mol-mulkni xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin xususiylashtirilgan mol-mulk boʻyicha xususiylashtirish natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek sud tomonidan tashabbus bilan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mulk huquqi kafolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.05.00 Chet el fuqarolarining huquqiy holati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining VI-boʻlimi (Ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlatlarning mulki).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasida yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 25-sentabrdagi 189 (5609)-sonida eʼlon qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 24-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ–336-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 446-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)