18.09.2012 yildagi O‘RQ-335-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 18.09.2012 yildagi O‘RQ-335-son
Date of entry into force
19.09.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISh MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 12-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 30-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) 28-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash va ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonunda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari olib borilishiga sanksiya beradi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 15-moddaning matnidagi “Sud, prokuror” degan soʻzlar “Prokuror” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda koʻrib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida koʻrib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi “ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilish yoki oʻzgartirishga” degan soʻzlardan keyin “ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi” degan soʻzlardan keyin “ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 217-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllaganida, bu haqda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmasdan uning oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud oʻqish joyiga maʼlum qilishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 220-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 227-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qarori asosida militsiya yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish toʻgʻrisida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 255 — 259-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz ish joyida qolsa, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga toʻsqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlar bekor boʻlguniga qadar oʻtgan vaqt mobaynida qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan oʻsha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos boʻladigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257-modda. Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisida prokuror, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur boʻlganda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258-modda. Sud ajrimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida yoki ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga qoʻyiladigan talab koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga ijro uchun, prokurorga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili, lavozimidan chetlashtirilgan ayblanuvchi ishlagan tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish sudning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaning ajrimini bekor qilish va ayblanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy boʻlib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etishi hamda bu haqda tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qilishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 265 — 269-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“265-modda. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini statsionar koʻrikdan oʻtkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov eʼlon qilish imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shaxsning gumon qilinuvchi tariqasida boʻlishi muddati statsionar sud-psixiatriya ekspertizasi tamom boʻlguniga qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov eʼlon qilish yoki uni tibbiy psixiatriya muassasasidan ozod qilish yoxud uni tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror chiqarish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan koʻrsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs tibbiy muassasaga koʻpi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda, shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini oʻtkazish davomida olingan xulosasiga asosan, bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan tartibda kiritilgan iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlish muddatini uzaytirish esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchi tibbiy muassasada boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilayotganda, agar bu muassasa qamoqqa olinganlarni saqlash uchun moslashtirilgan boʻlsa, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrogʻi bilan almashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlgan vaqti qamoqda saqlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi toʻgʻrisida taklif etilayotgan qaror koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, oʻziga nisbatan ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida koʻrib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan erda, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268-modda. Sud ajrimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga koʻchirish toʻgʻrisidagi farmoyish koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaning ajrimini bekor qilish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishga yoxud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaxs aqli noraso deb eʼtirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonun hujjatlariga muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 273-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish apellatsiya, kassatsiya yoxud nazorat tartibida koʻrib chiqilayotganda aniqlangan boʻlsa, unda sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 321-moddaning matnidagi “va sud” degan soʻzlar “oʻz vakolatlari doirasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 322-modda birinchi qismining 4-bandidagi “prokuror yoki sudning” degan soʻzlar “prokurorning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 328-moddaning 4 va 5-bandlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 330-moddaning birinchi xatboshisidagi “tergovchi, prokuror yoki sud” degan soʻzlar “tergovchi yoki prokuror” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “sud esa ajrim” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qarorda: ishni qoʻzgʻatish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaxs koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasini ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 333-moddaning birinchi qismidagi “sud esa ajrim”, “yoki ajrim”, “yoki sud” va “yoxud ajrimning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 334-moddaning birinchi qismidagi “tergovchi, prokuror yoki sud” degan soʻzlar “tergovchi yoki prokuror” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisidagi “yoki ajrim” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi oʻzbekcha matni “haqlidir” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) 382-moddaning uchinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshisidagi “ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishga va” degan soʻzlar “shuningdek” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) 416 va 417-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni ayrim-ayrim holda koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda butun ish qoʻshimcha tergov yuritish uchun qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taxmin qilinayotgan jinoyat koʻrilayotgan ish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va bu ishlarni ayrim-ayrim holda koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sud butun ishni qoʻshimcha tergov yuritish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib notoʻgʻri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan soʻng jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) 423-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat ishini qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi, ishni tugatish yoki toʻxtatish haqidagi, ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻgʻrisidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi, rad qilishlar toʻgʻrisidagi ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni sud alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) 439-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasining xulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni davlat ayblovchisi tomonidan oʻqib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va oʻz aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini soʻraydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) 457-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 16-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16) sudlanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) 471-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 255 — 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “hukmni eʼlon qiladi” degan soʻzlar “hukmning qaror qismini eʼlon qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, hukmning qaror qismi eʼlon qilingandan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda oʻqib eshittirilishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 18-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-335-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 433-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)