O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
BANKLARNING ODDIY VEKSELI ChIQARILIShI VA MUOMALADA BO‘LIShI QOIDALARI HAMDA UNGA O‘ZGARTIRIShLARNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 7-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 554-2]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 102-son bilan tasdiqlangan “Banklarning oddiy vekseli chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” (ro‘yxat raqami 554, 1998-yil 30-noyabr);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-fevralda 102-1-son bilan tasdiqlangan “Banklarning oddiy vekseli chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalariga o‘zgartirishlar” (ro‘yxat raqami 554-1, 1999-yil 1-aprel).
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-avgust,
24/3-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 17-avgust
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 36-son, 419-modda)