14.07.2012 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.07.2012 yildagi 217-son
Date of entry into force
14.07.2012
Hujjat 25.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QISHLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASINI XARID QILISH UCHUN HAR YILLIK SHARTNOMA KAMPANIYASINI OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillar uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada zamonaviylashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2018-yildan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar ishtirokida bir yilda ikki marotaba oʻtkaziladigan hududiy yarmarkalar doirasida qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun muvofiqlashtirilgan shartnoma kampaniyasi oʻtkazilishini, bunda fevral-mart oylarida joriy yil uchun qoʻshimcha shartnomalar tuzilishini, sentabr-oktabr oylarida kelgusi yil uchun shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun oʻtkazilgan shartnoma kampaniyasi yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni joriy yilning 1-apreli va 1-noyabridan kechiktirilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasining asosiy turlari boʻyicha sanoat ishlab chiqarishining oʻsishi prognoz koʻrsatkichlarini, shuningdek respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning boshqa muhim prognoz koʻrsatkichlarini shakllantirishda oʻtkazilgan shartnoma kampaniyasi yakunlari boʻyicha kelgusi kalendar yil uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va ularni yetkazib berish prognozini eʼtiborga olsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar hamda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 7-apreldagi PQ-832-son qarori bilan tashkil qilingan Qishloq xoʻjalik texnikasiga boʻlgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash boʻyicha Maxsus komissiya ishlari doirasida 1-aprelga qadar joriy yil uchun, 1-dekabrdan kechikmasdan kelgusi kalendar yil uchun shartnoma kampaniyasi maʼlumotlari asosida qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2012-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari, ularning rasmiy distribyutorlari va dilerlik tashkilotlari, boshqa jalb qilingan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish uchun namunaviy shartnomalar shakllarini ishlab chiqsin va kelishsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “2010-yil uchun qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish va sotishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-iyuldagi 138-son qarorining 4-bandi va qarorga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 14-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 335-modda; 2017-y., 27-son, 618-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/683/1795-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)