18.12.2009 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 18.12.2009 yildagi 203-son
Date of entry into force
18.12.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XO‘JALIK SHARTNOMALARINI TUZISH, O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISHNI TARTIBGA SOLUVCHI FUQAROLIK QONUN HUJJATLARI NORMALARINI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy sudlar tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llash bo‘yicha bir xil sud amaliyotini shakllantirish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasini qo‘llab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik (iqtisodiy) faoliyati sohasida xo‘jalik shartnomalarini (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari normalarini qo‘llashlari lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. FKning 8-moddasiga ko‘ra fuqarolik munosabatlari ishtirokchilarida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biri shartnoma hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma FK 2 va 354-moddalarining (shartnoma tuzish erkinligi prinsipi), 102-moddasi uchinchi qismining (shartnoma tuzish uchun taraflarning kelishilgan xohishi mavjudligi), 105, 107, 108, 110, 111-moddalarining (tegishli shakllarga rioya qilish), 364-moddasining (shartnoma taraflari o‘rtasida uning barcha muhim shartlari yuzasidan kelishuvga erishish) talablariga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. FKning 364-moddasiga muvofiq agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning narsasi to‘g‘risidagi shartlar, qonunda yoki boshqa huquqiy hujjatlarda bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shartnomani tuzish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqich oferta, ikkinchi bosqich aksept deb ataladi. Shartnoma tuzishni taklif qiluvchi taraf oferent, taklifni qabul qiluvchi taraf esa akseptant hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishish haqidagi har qanday taklif ham oferta deb tan olinmaydi. Taklif oferta xususiyatlariga javob berishi uchun u FKning 367-moddasiga muvofiq yetarli darajada aniq bo‘lishi va shaxsning shartnoma tuzish niyatini aniq ifoda etishi, shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olishi va bir yoki bir necha muayyan shaxslarga yuborilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taklifda yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan birining yo‘qligi sudlar tomonidan oferta qilishga taklif etish deb baholanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FKning 376-moddasiga muvofiq agar shartnomada uning tuzilgan joyi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shartnoma oferta yo‘llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlarga tushuntirilsinki, shartnoma u tuzilgan sanada amalda bo‘lgan qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan, taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, qonunda avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga ham tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, majburiyatni buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatning bekor qilinganligi shartnomadan mazkur hujjatda nazarda tutilgan javobgarlik to‘g‘risidagi shartni chiqarib tashlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. FK 365-moddasining birinchi qismiga muvofiq oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofertada aksept muddati ko‘rsatilgan bo‘lsa, aksept oferta yo‘llagan shaxs tomonidan unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK 373-moddasining birinchi qismiga ko‘ra yozma ofertada aksept muddati ko‘rsatilmagan aksept oferta yo‘llagan shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan muddatlarda, agar bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa — buning uchun normal zarur bo‘lgan vaqt mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FK shartnomalarni tuzishda shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan taraflar kelishuvga erishgan va u tegishli shaklga keltirilgan bo‘lishidan tashqari, qonunga binoan muayyan harakatlarni bajarishning talab etilishini ham nazarda tutadi. Xususan, FK 732-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi, FK 759-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq esa, bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi va h.k.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. FK 370-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo‘yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo‘lmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo‘natish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to‘lash va h.k.), agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga ko‘ra xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa — shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo‘yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo‘lib, ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilgandan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, agar taraflarning shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishganligi yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlansa, shartnomaning mavjud emasligi da’vogarning yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini undirish haqidagi talablarini qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu qoida qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. FKning 357-moddasiga muvofiq shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan bir vaqtda taraflar o‘zlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK 357-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin. Agar bunday shart mavjud bo‘lmasa, shartnomaning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa ham, taraflar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarini lozim darajada bajargan taqdirdagina shartnoma o‘zining amal qilishini tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning amal qilish muddatining tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunchilik hujjatlarida shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan holatlar ham o‘rnatilgan. Xususan, ommaviy shartnoma (FKning 358-moddasi), dastlabki shartnomada nazarda tutilgan asosiy shartnoma (FKning 361-moddasi), kim oshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnoma (FKning 379-moddasi), davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi (FKning 457-459-moddalari) va h.k.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. IPK 26-moddasining 1-bandiga muvofiq tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan kelib chiqqan bo‘lib, hal etish uchun iqtisodiy sudga topshirish haqida taraflar o‘zaro kelishgan ixtiloflar hal etish uchun sudga topshirilishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar o‘rtasida nizoni hal etish uchun sudga topshirish haqidagi kelishuv sharti turli xil shakllarda, masalan, xat, telegramma, faksimil va elektron aloqa vositasi orqali axborot almashish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etish uchun sudga topshirish sharti tuzilayotgan shartnomada nazarda tutilishi va uning loyihasiga taraflardan biri tomonidan kiritilishi mumkin, agar boshqa taraf kelishmovchiliklar bayonnomasida loyihaning mazkur sharti bo‘yicha biror bir e’tiroz bildirmagan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolgan hollarda bunday huquq faqat u qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda vujudga keladi. Shartnoma tuzish bir taraf uchun qonunga ko‘ra majburiy bo‘lgan va taraflar o‘rtasida shartnomani tuzishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda FKning 377-moddasida ko‘rsatilgan qoidalar majburiy tartibda qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bo‘yin tovlagan holda, boshqa taraf shartnoma tuzishga majburlash haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, da’vo talablari nafaqat butun shartnomaga, balki uning ayrim shartlariga ham tegishli bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Da’vogar da’vo arizasiga tuzishga majbur etilgan shartnoma loyihasini ilova qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. FK 377-moddasining ikkinchi qismida kelishmovchiliklar bayonnomasini sudda ko‘rib chiqish uchun topshirishning o‘ttiz kunlik muddati o‘rnatilgan. Shu bilan birgalikda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu muddatning o‘tkazib yuborilganligi da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oferta yo‘llagan taraf kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga uning muddati o‘tganidan keyin topshirgan, boshqa taraf esa bunga e’tiroz bildirmagan hollarda sud bunday arizani mazmunan ko‘rib chiqadi. Agar boshqa taraf bunga qarshi e’tiroz bildirgan bo‘lsa, sud maxsus da’vo muddatining o‘tishi oqibatlarini qo‘llab, da’voni rad etadi. Bu holda shartnoma oferta shartlarida qabul qilin-gan hisoblanadi. Bunda, agar sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, u FKning 159-moddasiga muvofiq da’vo muddatini tiklab, nizoni mazmunan ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar shartnomani tuzishi majburiy bo‘lmasada, lekin taraflardan biri shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etish uchun sudga topshirgan va sud ushbu kelishmovchiliklarni ish yuritishga qabul qilgan, mazkur shartnoma bo‘yicha kontragent esa ushbu shartnoma yuzasidan o‘zining takliflarini sudga taqdim etgan bo‘lsa, sud nizo uni ko‘rib chiqish uchun taraflarning kelishuvi bo‘yicha berilgan, deb hisoblashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, shartnoma tuzishga majbur etish to‘g‘risida da’vo arizasi taqdim qilingan holda, agar shartnoma tuzish taraflar uchun majburiy bo‘lmasa, sud bunday talabni qanoatlantirishni rad etadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shartnomaning ayrim shartlari bo‘yicha shartnoma oldidan bo‘lgan nizoni ko‘rib chiqishda sudlar shartnomaning barcha shartlarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirishlari lozim. Shartnoma shartlari qonunchilikka muvofiq emasligi aniqlangan holda, sud taraflarga hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif etadi va buning uchun muhlat beradi, bu sud majlisi bayonnomasida yoki sudning ajrimida aks ettiriladi. Agar sudning mazkur taklifi taraflar tomonidan bajarilmasa, sud shartnomani qonun hujjatlariga zid bo‘lgan tahrirda tuzishga majbur qilishni rad etadi, yetarli asoslar mavjud bo‘lgan holda esa, ishdagi holatlardan kelib chiqib, sud qonunchilikka zid bo‘lmagan tahrirda shartnomani tuzishga majbur etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar qo‘shimcha ravishda alohida hujjat tarzidagi shartnomani tuzishga va imzolashga majbur emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. FK 235-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun burchlar hosil qilmaydi. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar shartnomaning shartlari uchinchi shaxslarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmasa, shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga unda faqat ishtirok etuvchi shaxslar haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va boshqa organlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da’vo taqdim etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan taqdirda FKning 362-moddasiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shartnomaning amal qilish davrida taraflar o‘zaro kelishuvga muvofiq uni amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirishga ham, bekor qilishga ham haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK 382-moddasining ikkinchi qismi qoidalaridan kelib chiqib, shartnoma sudning hal qiluv qaroriga binoan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK 382-moddasining uchinchi qismiga muvofiq taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FK 384-moddasining ikkinchi qismida belgilanganki, bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. Bunda o‘ttiz kunlik muddat taklif olingan paytdan, agar taklif olingan muddat noma’lum bo‘lsa, ikkinchi taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifni olishi uchun normal zarur bo‘lgan vaqt o‘tgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur toifadagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, IPK 148-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, nizo mazkur tartibga rioya etilganidan so‘nggina sudga ko‘rib chiqish uchun topshirilishi mumkin. Shu sababli bunday toifadagi nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilmaganligi IPK 107-moddasining 5-bandiga muvofiq da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos hisoblanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga doir nizolarni ko‘rib chiqishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, agar taraflar shartnomani jiddiy o‘zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, shartnoma FK 383-moddasi uchinchi qismining 1-4-bandlarida sanab o‘tilgan barcha shartlar bir vaqtda mavjud bo‘lgan holdagina bekor qilinishi (o‘zgartirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur nizolarning sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi FK 383-moddasining beshinchi qismi talablari inobatga olingan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sudlarga tushuntirilsinki, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda agar sud shartnoma tuzilmaganligini yoki shartnomaning amal qilish muddati tugaganligini aniqlasa, u da’voni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish oqibatlari FKning 385-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra shartnoma o‘zgartirilganida taraflarning majburiyatlari o‘zgartirilgan holda saqlanib qoladi, shartnoma bekor qilinganida esa, taraflarning majburiyatlari bekor bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar kelishuvdan yoki shartnomani o‘zgartirish xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida o‘zgartirilgan yoki bekor qilinganida esa — sudning shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga doir nizolarni ko‘rib chiqishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FK 385-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, taraflar shartnoma o‘zgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sudlar shartnomani haqiqiy emas deb topish va shartnomani bekor qilish tushunchalarini farqlashlari lozim. Shartnomani haqiqiy emas deb topishga FKning 113—126-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomaning haqiqiy emasligi va uni bekor qilish o‘rtasidagi farq quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning haqiqiy emasligiga uning noqonuniyligi, bekor qilinishiga esa, shartnomani bekor qilishga talab qilinadigan holatlarning yuzaga kelishi asos bo‘ladi, bunda uning qonuniyligi nizolashilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir, shartnomani bekor qilish esa u amalda bo‘lgan vaqtdagi o‘zaro huquq va majburiyatlarga ta’sir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga taalluqlidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talabdan farqli o‘laroq, shartnomani bekor qilish haqidagi talabga shartnoma amal qilishining butun muddati mobaynida yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini ko‘llash masalasi sud tomonidan har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan shartnomaning haqiqiy emasligining oqibatlarini qo‘llash masalasini sud o‘z tashabbusi bilan ham hal etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. FK 382-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka muvofiq shartnomani bajarishdan bir taraflama bosh tortishga muayyan shartlar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi (FK 422-moddasining uchinchi qismi, 746-moddasining birinchi qismi va h.k.). Bunday hollarda shartnomani bekor qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani bajarishdan bir taraflama bosh tortish uchun bu haqda ikkinchi tarafga xabar berishning o‘zi yetarlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sudlarga tushuntirilsinki, agar shartnomada uni bir taraflama bekor qilish sharti ko‘zda tutilgan bo‘lib, lekin manfaatdor taraf shartnomani bekor qilish to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa, bunday da’vo arizasi sud tomonidan umumiy qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 18-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203-son