21.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2373
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 21.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2373
Date of entry into force
01.07.2012
Hujjat 01.07.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

AHOLI PUNKTLARIDA YOVVOYI HAYVONLARNI SAQLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2373]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 290-modda) 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2012-yil 18-may,

5-son

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 459-modda) va 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 290-modda) qarorlariga muvofiq epizootik holatlarga qarshi tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning hayoti, sogʻligʻini va atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, veterinariya qoidalari va normalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (toʻsilgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, akvariumda, terrariumda, bogʻlangan holda saqlash va hokazo);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi hayvonlar — xonakilashtirilmagan hayvonlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida boʻlgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi chegaralarga ega boʻlgan nazorat qilinadigan hudud (muhit).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yovvoyi hayvonlar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan xonalarda (jonli burchaklarda) va ochiq maydonchalarda, (hayvonot bogʻlari, pitomniklar, fermalarda) shuningdek turar joylarda saqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yovvoyi hayvonlar qonun hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga javob beradigan sharoitlarda hayvonlarga insoniylik bilan munosabatda boʻlishning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq saqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yovvoyi hayvonlar zoologiya doʻkonlaridan, hayvonot bogʻlaridan sotib olinganligi, chet el davlatlaridan olib kelinganligi, ov qilish yoʻli bilan yoki baliq ovlashda qoʻlga kiritilganligi va hokazolar toʻgʻrisida tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq olingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib, kassa cheklari, yuk xatlari, ov qilish yoki baliq ovlashga ruxsatnomalar, hayvonlarni Oʻzbekistonga olib kirishga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan ruxsatnomalar hisoblanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish qonun hujjatlariga muvofiq pitomniklar, zoologiya doʻkonlari va hayvonlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan bozorlarda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Saqlashga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha tutqunlikda saqlanishi mumkin, zoologiya doʻkonlaridan sotib olingan yovvoyi hayvonlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni hayot faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida tutqunlikda saqlashga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida hisobga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruxsatnoma berilgan shaxslar har yili, 1-yanvargacha, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga oʻzlaridagi hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati toʻgʻrisida axborot berishi shart. Hayvon nobud boʻlgan taqdirda, uni saqlaydigan shaxs hayvon nobud boʻlgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga uning nobud boʻlishi sababi toʻgʻrisidagi veterinariya xulosasini taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yovvoyi hayvonlarni doimiy yoki vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan volyerlar, qafaslar, terrariumlar va boshqa xonalar oʻz maydoni va hajmiga koʻra yovvoyi hayvonlarning hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashi, shuningdek ularni aholi punktlarida saqlash uchun mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan sharoitlar, shuningdek veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatisiz saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yertoʻlalar, oʻtiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli boʻlgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi hayvonlarni tajovuzli xatti-harakatlarga undash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashab ketishga qodir boʻlmagan hayvonning azob chekishini toʻxtatish zarur boʻlganda, basharti azoblanishni boshqa usulda toʻxtatish mumkin boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlar quturgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlar yoki hayvonlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq hayvonlar sonini tartibga solishda.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Qoidalarning 13-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirish insoniylik tamoyillari asosida faqatgina veterinariya mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda oʻstirilgan, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi konvensiyaning (CITES Konvensiyasi) ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonun hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda oʻstirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining nazorati ostida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Yovvoyi hayvonlar egalarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yovvoyi hayvonlarga egalik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yovvoyi hayvonlarni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yovvoyi hayvonlarni urchitish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) hayvonlar va ulardan olingan naslni oʻz xohishiga qarab boshqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi majburiyatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yovvoyi hayvonlarni ularning biologik xususiyatlariga muvofiq saqlashga, ularga nisbatan insoniylik bilan muomalada boʻlishga, ovqatsiz va suvsiz qoldirmaslikka, kasallangan holatlarda esa malakali veterinariya yordami koʻrsatilishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarni va ularga tutashib ketgan hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tabiatni muhofaza qilish davlat organlari vakillariga ular tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlashni nazorat qilishlari uchun yovvoyi hayvonlar va ularni saqlash makonlariga kirishlariga erkin sharoit yaratishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yovvoyi hayvonlarni koʻzdan kechirishlari, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini olib borish hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyatlar yaratib berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jamoat tartibini va fuqarolarning xotirjamligini taʼminlash, odamlar va hayvonlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida davlat sanitariya-epidemiologiya va davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat organlari va ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining koʻrsatmalarini bajarishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yovvoyi hayvonni saqlash taqiqlanganda uni boshqa shaxsga berishga (sotishga), yovvoyi hayvonlar uchun makonga joylashtirishga yoki jonsizlantirish toʻgʻrisidagi ariza bilan davlat veterinariya nazorati organlariga murojaat qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yovvoyi hayvonning notinchlik keltirib chiqarmaydigan va atrofdagilarga xavf tugʻdirmaydigan xatti-harakatini taʼminlashga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, ularning mol-mulkiga, shuningdek hayvonlarga zarar yetkazilishining oldini olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) yovvoyi hayvonlar insonni yoki boshqa hayvonni tishlab olganda yoxud boshqa jarohatlar yetkazganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanganni dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun poliklinikaga (veterinariya poliklinikasiga) yoki boshqa tibbiyot muassasasiga olib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi hayvonlar toʻsatdan nobud boʻlishi, bir necha hayvonning bir vaqtda kasallanishi yoki ular oʻzlarini odatdan tashqari holatda tutishi toʻgʻrisida veterinariya mutaxassislarini xabardor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya mutaxassislari yetib kelgunga qadar kasallik belgilari borligiga shubha qilinayotgan hayvonlarni va kasallik tufayli nobud boʻlgan deb shubha qilinayotgan hayvonlarning murdalarini alohida saqlashga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Noqonuniy saqlangan yovvoyi hayvonlar tabiatni muhofaza qilish davlat organlari tomonidan olib qoʻyilishi va hayvonlar uch oy muddatgacha hayvonot bogʻlarida yoki yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonlarda vaqtincha saqlashga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vaqtincha saqlash davri mobaynida olib qoʻyilgan hayvonning egasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganda hamda hayvonni saqlash xarajatlarini qoplagan taqdirda olib qoʻyilgan hayvonni qaytarib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vaqtincha saqlash davri tugagan va egalari tomonidan talab etilmagan hayvonlar hayvonot bogʻiga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonga mulk huquqi asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yovvoyi hayvonlar tomonidan fuqarolarning sogʻligʻiga yoki ularning mol-mulkiga keltirilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni tabiatni muhofaza qilish davlat organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek ichki ishlar organlari hamda sogʻliqni saqlash muassasalari amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 14-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 15-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 16-may

Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yovvoyi hayvonlarni aholi punktlarida saqlash sharoitlari (bitta dona uchun minimal hisob)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
№‎

Yovvoyi hayvon‎

Saqlash joyining turi‎ Maydoni m2 Yuqoriligi m ‎ Hajmi‎
1.‎ Mayda sutemizuvchilar
‎(kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, sassiqkoʻzan va hokazo) ‎
Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
1 ‎ 1,5-2‎
2.‎ Oʻrta sutemizuvchilar
‎(ondatra, quyon, tulki, boʻrsiq va hokazo) ‎
Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
4‎ 2-2,5‎
3.‎ Boʻri, silovsin, qoplon, jayra, gepard
‎va hokazo‎
Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
5-6‎ 2-2,5‎
4.‎ Sher, yoʻlbars, ayiq‎ Qafas, volyer
‎ (1 dona uchun) ‎
10-12‎ 2,5-3‎
5.‎ Yovvoyi choʻchqa, echkilar, qoʻylar, yelik‎ Qafas, volyer
‎ (1 dona uchun) ‎
10-12‎ 2,5-3‎
6.‎ Mayda maymunlar‎ Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
1‎ 1,2-1,5‎
7.‎ Oʻrta maymunlar‎ Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
4-5‎ 3-4‎
8.‎ Tuyoqlilar‎ Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
15-20‎ 4‎
9.‎ Mayda chumchuqsimon qushlar, mayda toʻtiqushlar va hokazo‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun) ‎
1‎ 1‎
10.‎ Qirgʻovullar, kakliklar, toʻtiqushlar va hokazo‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun) ‎
1‎ 2‎
11.‎ Oʻrdaklar, gʻozlar, kazarkalar va‎ hokazo‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
1‎ 1,5-2‎
12.‎ Burgutlar, yirik lochinsimonlar va
‎hokazo‎
Qafas, volyer
‎ (10 dona uchun)‎
4‎ 2,5-3‎
13.‎ Oq qushlar, birqozonlar‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
4‎ 2‎
14.‎ Turnalar, laylaklar, qarqaralar va
‎hokazo‎
Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
4‎ 2,5-3‎
15.‎ Strauslar‎ Qafas, volyer
‎ (10 dona uchun)‎
10-12‎ 2,5-3‎
16.‎ Qafas, volyer (10 dona uchun)‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
3‎ 2,5-3‎
17.‎ Mayda sudralib yuruvchilar (asl
‎kaltakesaklar, agamalar, toʻgarakboshlar,
‎90 sm gacha boʻlgan ilonlar va hokazo)‎
Qafas, volyer
‎(6 — 10 dona uchun) ‎
1‎ 0,6‎
18.‎ 2 m gacha boʻlgan ilonlar, echkemarlar‎ Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
1‎ 0,8-1‎
19.‎ 2 m dan oshgan ilonlar (boʻgʻma ilonlar, pitonlar, anakonda va hokazo)‎ Qafas, volyer
‎ (4 dona uchun) ‎
3‎ 1,8-2‎
20.‎ Iguanalar, suv agamasi va hokazo‎ Qafas, volyer
‎(2 dona uchun) ‎
1,5-2‎ 2-2,5‎
21.‎ 2 m gacha boʻlgan timsohlar‎ Qafas, volyer
‎(2 dona uchun) ‎
3‎ 1,5-2‎
22.‎ 2 m dan oshgan timsohlar‎ Qafas, volyer
‎(2 dona uchun) ‎
5‎ 2-2,5‎
23.‎ Toshbaqalar (choʻl, botqoq va hokazo)‎ Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
1‎ 0,8-1‎
24‎ Yirik toshbaqalar ‎ Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
2‎ 2-2,5‎
25.‎ Amfibiyalar (triton, qurbaqalar,
‎baqalar va hokazo)
Qafas, volyer
‎ (10 dona uchun) ‎
1‎ 0,5‎
26.‎ Mayda baliqlar‎ akvarium‎ 2 l‎
27.‎ Oʻrta baliqlar‎ akvarium‎ 4-5 l‎
28.‎ Yirik baliqlar (tovonbaliq, olabugʻa, piranyalar va hokazo)‎ akvarium‎ 5-6 l‎
29.‎ Sazan, laqqalar, choʻrtanbaliq va hokazo‎ akvarium‎ 10 — 12 l‎
30.‎ Osetrsimonlar, akulalar‎ akvarium‎‎ 50 — 60 l‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Yirik yirtqich hayvonlar (sher, yoʻlbars, ayiq va hokazo) uchun qafas, volyer ichida uni yigʻishtirish paytida hayvonlarni koʻchirish uchun yondosh qafaslar moʻljallangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qafas, volyer osti betonlangan yoki metallanmagan boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayot tarzi suv bilan bogʻliq hayvonlar (timsohlar, suv toshbaqalari, suvda suzuvchi qushlar va hokazo) uchun suv havzalari moʻljallangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchib yuruvchi hayvonot bogʻlarining transport qafaslarida termoizolyatsiya (sovuq va issiq yil fasllarida) va hayot jarayoni uchun yetarli maydon yuqorida qayd etilgan oʻlchamlarga asosan mavjud boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shohlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 282-modda; 2015-y., 2-son, 26-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 08.05.2025-y., 10/25/2373-2/0428-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 09.04.2026-y., 10/26/2373-3/0329-son)