21.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2367
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi , 21.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2367
Date of entry into force
31.05.2012
Hujjat 31.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISHDA DYHXX ORGANLARI TOMONIDAN NOSOZ DEB TOPILGAN, SHUNINGDEK BELGILANGAN MUDDATLARDA TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTMAGAN YOKI TEGISHLI RUXSATNOMASIZ QAYTA JIHOZLANGAN TRANSPORT VOSITALARINING DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH RAQAMI BELGILARINI YECHIB OLISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2367 ]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y. , 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va 2012-yil 24-fevraldagi 49-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y. , 11-son, 115-modda) muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 4-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 4-apreldagi 53-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y. , 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va 2012-yil 24-fevraldagi 49-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y. , 11-son, 115-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) organlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik nosoz transport vositasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan transport vositasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasi — mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan qayta jihozlanishlar bilan transport vositasini qayd etish guvohnomasida aks ettirilmasdan qayta jihozlangan transport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari (bundan buyon matnda transport vositalari deb yuritiladi) uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Texnik nosoz, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari DYHXX organlari tomonidan yechib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlanish jarayonida toʻxtatilgan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari faqat ushbu transport vositalari ruxsatnomasiz qayta jihozlanganligi yoki belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmaganligi holatlarida yechib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Texnik nosoz transport vositasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4 yoki 4a-ilovalariga muvofiq ikki nusxada texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlanish jarayonida toʻxtatilib ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan deb topilgan transport vositasi boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan dalolatnomalar (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi), ularni aniq tuzish vaqti koʻrsatilgan holda (sanasi va soati), DYHXX organi xodimi hamda transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan imzolanadi, bir nusxasi transport vositasining haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga) aniqlangan texnik nosozlikni va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlarni bartaraf etish yoki oʻrnatilgan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun beriladi xamda transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari yechib olinadi. Ikkinchi nusxasi transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari bilan DYHXX organi xodimida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Texnik nosoz yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan ushbu kamchiliklar joyida bartaraf etilishi mumkin. Bunda transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari yechib olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. DYHXX organi xodimi tomonidan harakatlanishda toʻxtatilgan va ruxsatnomasiz qayta jihozlangan deb topilgan transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan transport vositasini ruxsatnomasiz qayta jihozlangan deb topilishiga eʼtirozi boʻlgan taqdirda, ushbu transport vositasi tegishli texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib boriladi hamda DYHXX organi xodimi va transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) ishtirokida oʻrnatilgan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Ushbu transport vositasi ruxsatnomasiz qayta jihozlangan deb topilsa va aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmasa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari yechib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Texnik nosoz, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositasining haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga), mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan transport vositalari bundan mustasno, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish joyigacha dalolatnomaning tuzilgan vaqtidan boshlab 24 soat mobaynida dalolatnomaga asosan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarisiz boshqarib borishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari yechib olingan quyidagi transport vositalarining harakatlanishi qatʼiyan man etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tormoz tizimi yoki rul boshqaruvi texnik talablarga javob bermaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomasiz gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorongʻi vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida faralar va orqa gabarit chiroqlari yonmaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagichi ishlamaydigan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan transport vositalari qattiq shatakda yoki evakuator yordamida texnika xizmati koʻrsatish stansiyasiga (ustaxonaga) yoxud yuridik shaxslarning transport vositalarini saqlash joylariga (bundan buyon matnda saqlash joylari deb yuritiladi) texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun olib boriladi. Bunda, rul boshqaruvi yoki orqa gabarit chiroqlari yonmaydigan transport vositalari ularni bartaraf etish joylariga faqatgina evakuator yordamida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasini texnika xizmati koʻrsatish stansiyasiga (ustaxonaga) yoki saqlash joyiga olib borish uchun qilingan xarajatlar transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Texnika xizmati koʻrsatish stansiyalariga (ustaxonalarga) olib kelingan transport vositasidagi texnik nosozlik yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar ushbu texnika xizmati koʻrsatish stansiyalari (ustaxonalar) tomonidan bartaraf etilganda, ular tomonidan transport vositasi haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq transport vositasida aniqlangan texnik nosozlik yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maʼlumotnoma dalolatnoma bilan birga transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini qaytarib olish uchun tegishli DYHXX organlarigacha yoki saqlash joyigacha transport vositasini mazkur maʼlumotnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 24 soat mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarisiz boshqarib borishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik nosozliklar yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar mustaqil ravishda bartaraf etilganda va dalolatnomaning tuzilganidan 24 soatdan ortiq vaqt oʻtgan taqdirda, haydovchining (mulkdorning, mulkdor vakilining) murojaatiga koʻra DYHXX organlari tomonidan transport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarisiz DYHXX organlarigacha boshqarib borish uchun dalolatnomaning muddati faqat bir marta 24 soatgacha boʻlgan muddatga uzaytiriladi. Dalolatnomani uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar dalolatnomaning orqa tarafiga DYHXX organining xodimi tomonidan imzo va muhr bilan tasdiqlangan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Dalolatnomaning orqa tarafiga texnika xizmati koʻrsatish stansiyasining (ustaxonaning) nomi va boshqa rekvizitlari, maʼlumotnomaning tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi va soati) qayd etilib, maʼlumotnomani bergan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Transport vositalarining yechib olingan davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari, tuzilgan dalolatnoma bilan birga kamchiliklar aniqlangan hududdagi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining texnika nazorati boʻlimi (boʻlinma)lari, diagnostika stansiyalari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinma, guruh)lariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining texnika nazorati boʻlimi (boʻlinma)lari, diagnostika stansiyalari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinma, guruh)lari tomonidan oʻz navbatida 24 soat mobaynida transport vositalarining yechib olingan davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari tuzilgan dalolatnomaga ilova qilingan holda transport vositasining doimiy roʻyxatga olingan joyi boʻyicha DYHXX organlariga yuboriladi. Agar transport vositasi boshqa hududda vaqtinchalik roʻyxatga olingan boʻlsa haydovchining xohishiga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari va dalolatnoma transport vositasining vaqtinchalik roʻyxatga olingan joyi boʻyicha DYHXX organlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Boshqa hududlardan kelgan transport vositalari haydovchilari aniqlangan ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlarni ular aniqlangan hududda bartaraf etishlari mumkin. Bunda, yechib olingan davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) roʻyxatga olingan joyi boʻyicha DYHXX organlariga yuborilmaydi. Haydovchiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga) DYHXX organlari xodimlari tomonidan bunday imkoniyat borligi haqida tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yechib olingan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) roʻyxatga olingan joyi boʻyicha DYHXX organlariga yuborilmasligi uchun haydovchi dalolatnomaga imzo chekish vaqtida bu haqda tegishli maʼlumot kiritadi. Bunda, DYHXX organi xodimi yechib olingan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari qaytarib olinadigan DYHXX organini dalolatnomada koʻrsatib oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Aniqlangan texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar 20 kungacha boʻlgan muddatda bartaraf etilganda, transport vositasining faqat oldin aniqlangan texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlari bartaraf etilganligi tekshiriladi. 20 kundan ortiq boʻlgan muddatda bartaraf etilgan taqdirda transport vositasining texnik holatini tekshirish toʻliq hajmda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Aniqlangan texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlari bartaraf etilgan hamda oʻrnatilgan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazilgan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari transport vositasining haydovchisiga (mulkdor, mulkdorning vakili) transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) roʻyxatga olingan joyidagi yoxud mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq dalolatnomada koʻrsatilgan DYHXX organlari tomonidan qaytariladi, bu haqda dalolatnomaga belgi qoʻyiladi hamda transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan transport vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha turdagi transport vositalarini qayd etish guvohnomalarida koʻrsatilganidan boshqa turga qayta jihozlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Furgon, bortli, tentli va oʻziagʻdarar turidagi yuk avtomobillari shassisiga sisternalar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Furgon, sisternali, tentli va oʻziagʻdarar turidagi yuk avtomobillari shassisiga bortli kuzovlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Furgon, sisternali, tentli va bortli turidagi yuk avtomobillari shassisiga oʻziagʻdarar kuzovlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sisternali, bortli, tentli va oʻziagʻdarar turidagi yuk avtomobillari shassisiga furgon kuzovlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sisternali, bortli, furgon va oʻziagʻdarar turidagi yuk avtomobillari shassisiga tentli kuzovlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bortli, oʻziagʻdarar, tentli, furgon va sisternali turidagi yuk avtomobillari shatakka oluvchi transport vositalari turiga qayta jihozlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shatakka oluvchi transport vositalari bortli, oʻziagʻdarar, furgon, tentli va sisternali transport vositalari turiga qayta jihozlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tirkamalarga sisterna, furgon yoki yechilmaydigan (tushirilmaydigan) maxsus moslamalar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yuk avtomobillariga oʻzi yuk koʻtaruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bortli yuk avtomobillari va ikki oʻqli bortli tirkamalarning borti oʻrniga yon tirgaklar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yuk, yengil transport vositalari yoki avtobuslarga olinmaydigan maxsus moslamalar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yuk avtomobillari shassisiga ustaxona, mebel, oziq-ovqatlar, sanoat mollari va boshqa yuklarni tashish uchun furgon-kuzovlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yuk avtomobillari shassisiga odam tashish moʻljallangan furgon-kuzovlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yuk avtomobillari, yarimtirkama va tirkamalar konteyner tashuvchi turiga oʻtkazilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yuk avtomobillari, tirkama va yarimtirkamalar kuzovlarining oʻlchamlari (balandligi, uzunligi, eni) oʻzgartirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Avtobus va mikroavtobuslarning oʻrindiqlari olib tashlangan yoki ortiqcha oʻrindiqlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Avtobus va mikroavtobuslar yuk yoki yuk-yoʻlovchi turiga qayta jihozlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Furgon turidagi transport vositalari yoʻlovchi tashish turiga qayta jihozlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Konstruksiyasida koʻzda tutilmagan nostandart yukxona oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yuk avtomobillarining shassisi (ramasi) payvandlash (svarka) yoʻli bilan uzaytirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Transport vositalarining dvigatellari va kabinalari almashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Transport vositalariga boshqa rusumdagi transport vositalarining oldi yoki orqa koʻpriklar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yuk avtomobillariga qoʻshimcha yonilgʻi idishi oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yuk avtomobillari, avtobuslar va mikroavtobuslarga oʻlchamlari yoki unga cheklangan ogʻirlik ushbu transport vositasining turiga mos kelmaydigan shinalar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning oldingi oʻqiga naqshi qayta tiklangan shina, boshqa oʻqiga esa ikkinchi marta (2-darajali) taʼmirlash yoʻli bilan tiklangan shinalar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yengil avtomobillar va avtobuslarning (shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan tashqari) oldingi oʻqiga ikkinchi marta (2-darajali) taʼmirlash yoʻli bilan tiklangan shinalar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tormoz tizimining tuzilishi oʻzgartirilgan, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan yoki boshqa qismlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Toʻxtab turish tormozining qulflovchi moslamasi olib tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Boshqaruv qurilmasidagi qismlar tuzilishida koʻzda tutilmagan oʻzgartirishlar kiritilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmaydigan tashqi yoritqichlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oyna tozalagichlari olib tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Transport vositasining bitta oʻqiga diagonal va radial, shuningdek har xil naqshli shinalar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash trubalari (glushitel) olib tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yurgizgich tuzilishiga oʻzgartirish kiritilgan, boshqa turdagi yonilgʻida ishlatish uchun qoʻshimcha moslama va jihozlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Transport vositasining tuzilishida koʻzda tutilgan orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgu olib tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tovush moslamasi (signal) olib tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Falokat yuz bergan vaqtida chiqish joylari mahkamlab tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Spidometrlari olib tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tarkibida koʻzda tutilgan, oʻzi yurib ketganda xavfsizlikni taʼminlovchi orqa bufer, loy toʻsgich va sachratmagichlar boʻlmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Boshqa turdagi yoki qoʻshimcha ressorlar oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Shatak tirkama boʻgʻimi ehtiyot zanjirlar (poʻlat arqon) bilan jihozlanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida va toʻla vazni 5 tonnadan ortiq boʻlgan avtobuslarda tisarilishga qarshi tirgak (boshmoq) bilan jihozlanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mototsikllarda koʻzda tutilgan oyoq tiragich, egarida yoʻlovchi uchun koʻndalang tutqich olib tashlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DALOLATNOMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎Tuzilgan sana: 20__ yil “___” ____________ vaqti _______:_______ ‎‎________________

‎‎(soati, daqiqasi)

‎‎(hudud)

Ushbu dalolatnoma______________________________________________________________
________________________________________________________ tomonidan tuzildi.

‎‎(DYHXX organi mansabdor shaxsining lavozimi, unvoni, F. I. O. )

‎‎1. Transport vositasining markasi,

‎‎6. Shassi (rama) raqami __________________

‎modeli __________________________ ‎‎ ‎‎_________________________________
‎‎2. Turi _______________________

‎‎7. Dvigatel raqami _____________________

‎‎ ‎‎_________________________________
‎‎3. Rangi ______________________ ‎‎8. Kuzovning raqami_____________________
‎‎4. Ishlab chiqarilgan yili__________

‎‎9. Transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi va raqami

‎‎ ‎‎____________________
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami ‎‎10a*. Gaz yonilgʻisi turi__________________
‎‎belgisi _______________________ ‎‎_________________________________
‎‎_________________________

‎‎‎(suyultirilgan gaz, siqilgan gaz)

‎‎10b*. Gaz balloni ishlab chiqarilgan yil
‎__________
‎‎10v*. Gaz balloni raqami_________________
‎‎10g*. Gaz ballonidan foydalanish
‎muddati _______
‎‎10d*. Gaz balloni sinovdan oʻtkazilgan
‎sana _____________________
‎‎10e*. Gaz ballonini navbatdagi sinovdan oʻtkazish sanasi_______________________________
‎‎11. Transport vositasining tegishliligi____________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________

( yuridik shaxsning toʻliq nomi , jismoniy shaxsning F.I.O. )

‎12. Turgan joyi (yashash joyi)_____________________________________________________
‎‎13**. Quyidagilar aniqlandi:_____________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________
‎‎14. Xulosa ____________________________________________________________________

(aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha)

15. Yechib olingan davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari qaytarib olinadigan DYHXX organi _______________________________________________________________________

(DYHXX organining nomi, manzili)

‎‎
‎‎DYHXX organi xodimi __________________________________________________________

‎‎(imzo, F.I.O. )

‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim ___________________________________________________

‎‎(imzo, F.I.O. , sana, vaqt)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 10-band, agar transport vositasi gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan boʻlsa toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** 13-bandda Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan qayta jihozlanishlar yoki belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtmaganligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan va belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Transport vositasida aniqlangan texnik nosozlik va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida

‎________-son M A ʼ L U M O T N O M A

_________________________________________________________________________ da

(texnik xizmat koʻrsatish stansiyasining (ustaxona) nomi)‎

__________________________________________________________________ ga qarashli

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi , jismoniy shaxsning F.I.O. )

________________________ rusumli, _____________________ davlat roʻyxatidan oʻtkazish
‎raqami belgili ___________________________ da aniqlangan _______________________

‎‎(transport vositasining turi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar)

‎‎bartaraf etildi.
‎‎
Rahbar ______________________________________________________________________

‎‎(masʼul shaxsning imzosi, F.I.O)

‎‎20 ___ yil“___”__________vaqti ___:___ M. Oʻ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu maʼlumotnoma dalolatnoma bilan birga transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini qaytarib olish uchun tegishli DYHXX organlarigacha yoki saqlash joyigacha transport vositasini mazkur maʼlumotnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarisiz boshqarib borishga asos boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 238-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2367-1/0551-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)