Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.05.2012 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.05.2012 yildagi 132-son
Date of entry into force
17.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XAYRATON-MOZORI ShARIF” TEMIR YOʻL LINIYASI XODIMLARI VA MOL-MULKINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA OBYEKTLAR VA INShOOTLAR QURISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl infratuzilmasini qoʻshimcha ravishda rivojlantirish hamda “Xayraton — Mozori Sharif” temir yoʻlidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 7-dekabrda Afgʻoniston Islom Respublikasining Jamoat ishlari vazirligi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oʻrtasida 2009-yil 27-noyabrdagi MRW/ADV/0161/001-kontraktga “Xayraton — Mozori Sharif” liniyasi xodimlari va temir yoʻl infratuzilmasi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha inshootlar qurish toʻgʻrisida 3-qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda 3-qoʻshimcha bitim deb ataladi) imzolanganligi, qurilishga Afgʻoniston tomoni buyurtmachi hisoblanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stansiyalar, yuklar saqlanadigan maydonlar va razyezdlar perimetri boʻyicha toʻsiqlar oʻrnatish, stansiyalar va razyezdlar perimetral toʻsigʻini xavfsizlik priborlari bilan jihozlash, butun trassa boʻylab hamda stansiyalar, yuklar saqlanadigan maydonlar va razyezdlarda kuzatuv minoralari oʻrnatish ishlarining umumiy qiymati 3-qoʻshimcha bitimga muvofiq 3 672 310,75 AQSh dollarini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 3-qoʻshimcha bitim doirasida obyektlarni metall panjaralar bilan toʻsish, temir yoʻl liniyasi boʻylab minoralar oʻrnatish va xavfsizlikni taʼminlash asbob-uskunalari bilan jihozlash boʻyicha bajariladigan ishlar hajmiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xayraton — Mozori Sharif” oʻrtasidagi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish, qurish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-noyabrdagi 298-son qarorining 4 — 8-bandlari tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 17-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 218-modda)