Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2022 27.04.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2356
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 27.04.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2356
Date of entry into force
07.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2022
Hujjat 30.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

NOGIRONLAR VA KEKSALARNI BEPUL SANATORIYA-KURORT YOʻLLANMALARI BILAN TAʼMINLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan 2022-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2356]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-maydagi PQ-1542-son “2011 — 2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 229-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 348-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 24-maydagi 99, 44-son “Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1489, 2005-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 196-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 23-sentabrdagi 169, 79-son “Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1489-1, 2010-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 370-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2012-yil 15-mart,

15-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 15-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 15-martdagi 15, 29-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 348-modda) muvofiq sanatoriya-kurortda davolanishga muhtoj ishlamaydigan nogironlar, pensionerlar va yolgʻiz keksalarni (bundan buyon matnda nogironlar va keksalar deb yuritiladi) bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari (bundan buyon matnda yoʻllanmalar deb yuritiladi) bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq yoʻllanmalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga (bundan buyon matnda sanatoriylar deb yuritiladi) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yuborish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nogironlar va keksalar tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari (bundan buyon matnda markaz deb yuritiladi) orqali yoʻllanmalar bilan mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yoʻllanmalardan foydalanuvchi nogironlar va keksalar toifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yoʻllanmalardan foydalanuvchi nogironlar va keksalar toifasiga quyidagi shaxslar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolgʻiz keksalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshga doir pensionerlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yoʻllanmalarni berish davriyligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har yili (navbat asosida):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolgʻiz keksalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sanatoriylarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba — yoshga doir pensionerlarga.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yoʻllanmalarning taqsimoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazi (bundan buyon matnda milliy markaz deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) talabnomalariga asosan nogironlar va keksalarning umumiy soniga muvofiq respublika sanatoriylarga yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini har chorakda tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talabnomalar har chorakda, navbatdagi chorak boshlanishidan bir oy oldin milliy markazga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tasarrufida sanatoriylar boʻlgan hududiy boshqarmalar markazlarning talabnomalariga asosan nogironlar va keksalarning umumiy soniga muvofiq hududiy sanatoriylarga yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini har oyda tasdiqlaydilar. Zarur boʻlganda, hududiy sanatoriylarga respublikaning boshqa hududlarida yashovchi nogironlar va keksalar uchun ham yoʻllanmalar milliy markazning talabnomasiga asosan ajratilishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talabnomalar navbatdagi oy boshlanishidan oldingi oyning 15-sanasigacha tegishli hududiy boshqarmalarga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Foydalanilgan yoʻllanmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, har chorakdan keyingi oyning 5-sanasiga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan milliy markazga taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yoʻllanmalarni berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nogironlar va keksalar yoʻllanmalarni olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaz rahbari nomiga ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xulosa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalar mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq maxsus roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlar va keksalar navbatdagi yoʻllanmani olish uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan yoʻllanmalarni berish davriyligi boʻyicha belgilangan muddat kelgan vaqtda ega boʻladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yoʻllanmalar birinchi navbatda beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yoʻllanmalar nogironlar va keksalarga oʻn ikki kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin, tibbiy xulosaga muvofiq beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yoʻllanmalar tibbiy xulosada quyidagi kasalliklar koʻrsatilganda berilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol va xulqiy buzilishlar sabab boʻladigan ruhiy kasalliklar, xususan tez-tez (har oyda 5-martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli teri va soch kasalliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanosil kasalliklari.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tibbiy xulosalarda nogironlar va keksalarni tegishli kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yoʻllanma berish yuzasidan maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yoʻllanmani berishda, yoʻllanma varaqasining barcha ustunlari toʻliq toʻldirilishi lozim, shu jumladan nogironlar va keksalarning F.I.O., toifasi, yoʻllanma bilan taʼminlagan markazning nomi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanmalar, ularni berishga masʼul boʻlgan shaxsning imzosi va tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yoʻllanmalardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yoʻllanmalar faqat ularda koʻrsatilgan muddatlarda haqiqiydir. Kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Sanatoriyga bitta yoʻllanma bilan bittadan ortiq kishi qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sanatoriyga tashrif buyurgan nogironlar va keksalar oʻzi bilan birga yoʻllanmadan tashqari pasport va sanatoriya-kurort kartasini olib kelishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sanatoriylarga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nogironlar va keksalar sanatoriyga bora olmagan taqdirda zudlik bilan markazga axborot berishi lozim hamda kelish muddatlarini koʻchirish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Milliy markaz yoʻllanmalarni joylarda oʻz vaqtida va maqsadli berilishi, nogironlar va keksalar yoʻllanmalarni olishlarida navbatga rioya qilinishini taʼminlaydi va nazoratini amalga oshiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yoʻllanmalarning blankalarini ishlab chiqarish boʻyicha buyurtmalar respublika sanatoriylari boʻyicha milliy markaz tomonidan, hududiy sanatoriylar boʻyicha esa hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 25.03.2015-y.) tahririda —OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sanatoriy rahbarlari sogʻlomlashtirilgan nogironlar va keksalarga sanatoriyda haqiqatda boʻlgan vaqtini, muddatidan oldin ketgan boʻlsa, uning sabablari koʻrsatilgan “bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmasiga qaytarma talon”ni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nogironlar va keksalar sanatoriydan qaytib kelgandan soʻng yashash joyi boʻyicha markazga “bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmasiga qaytarma talon”ni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmasiga qaytarma talon” yoʻllanmaning ishlatilganini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston Karlar jamiyati va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” Respublika Assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 12-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati raisi O. ISOQOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 13-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati raisi A. ABDUNABIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 14-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Karlar jamiyati raisi F. PARAMONOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 15-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Chernobilchilari” Respublika Assotsiatsiyasi raisi Y. NIKONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 16-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlamaydigan nogironlar va keksalarni sanatoriy-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga nogironlar va keksalardan bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalarini olish uchun tushgan arizalarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KITOBI

Ariza bilan murojaat qilingan sana‎ Nogiron va keksaning F.I.O.‎ Nogironlar va keksalarning toifasi Nogironlar va keksalarning doimiy yashash manzili Tibbiy maʼlumotnoma nomeri, sanasi va bergan muassasa nomi Tibbiy maʼlumotnomaga asosan tavsiya etilgan sanatoriya nomi Yoʻllanma berilgan sanatoriya nomi, yoʻllanma raqami, sanasi va muddati Yoʻllanmani bergan masʼul xodimning imzosi Yoʻllanmani qabul qilgan nogironlar va keksalarning imzosi‎ Sanatoriyaga yetib borgan sanasi‎ Sanatoriyadan qaytib kelgan sanasi Izoh
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 200-modda; 2015-y., 12-son, 144-modda)