26.03.2012 yildagi PQ-1731-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 26.03.2012 yildagi PQ-1731-son
Date of entry into force
26.03.2012
Hujjat 13.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼkidlash joizki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va eksport mahsulotlari ishlab chiqarish koʻpaytirilishini ragʻbatlantirish maqsadida imtiyoz va afzalliklarning kompleks tizimi yaratildi. Buning natijasida, jahon bozorlaridagi konyukturaning sezilarli oʻzgarishlariga qaramay, oxirgi 5 yil ichida mahsulotlar eksporti 1,67 barobar oʻsdi, uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish taʼminlanmoqda — eksport umumiy hajmida tayyor mahsulotlarning ulushi 68,5 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni eksportga yetkazib berishda rasmiylashtirish tartibotlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiyalash, sertifikatlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining boshqa tartibotlari bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishini taʼminlaydigan “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksport bitimlarining bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport qiluvchi korxonalarga, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlariga mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish masalalarida koʻmaklashish boʻyicha ixtisoslashgan tuzilmalar tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tan olish joizki, qurilish materiallari, oziq-ovqat, charm-poyabzal, tikuvchilik, chinni-fayans, farmatsevtika, mebel, elektrotexnika sanoati kabi tarmoqlarda eksport hajmi oshmayapti. Eksport mahsuloti ishlab chiqarish bilan deyarli shugʻullanmayotgan korxonalar faoliyat koʻrsatishda davom etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu, birinchi navbatda, koʻpchilik korxonalar rahbarlarining fikrlash doirasi torligi va noqobilligi, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ularni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mahsulot sotish bozorlarini izlash rejalarining mavjud emasligi bilan bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oxir oqibatda — bu Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan haqiqiy raqobatni shakllantirish va rivojlantirish hamda imtiyoz va bojxona afzalliklari tizimidan toʻgʻri foydalanish masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmaganligi natijasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportga yetkazib berish hajmi va turlarini koʻpaytirish, raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda koʻmaklashish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublikada eksportga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga muvofiq soliq imtiyozlari va afzalliklari tizimi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mutaxassislarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov boshchiligida Maxsus ekspert komissiyasini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus ekspert komissiyasi (U.U. Rozuqulov) uch oy muddatda eksportga mahsulot ishlab chiqarmaydigan va ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilish masalalari bilan shugʻullanmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini koʻrib chiqsin, ularning ushbu masala boʻyicha rezerv va imkoniyatlarini oʻrgansin hamda Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun zarur takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi oʻz majlisida ushbu masalalarni muhokama qilsin hamda respublikada eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish borasidagi ishlarning ahvolini tubdan yaxshilash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksportga mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish korxonalar rahbarlarining faoliyatini baholashdagi eng muhim mezonlardan biri sifatida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan oʻtkazish korxonalarning eksportga yetkazib berishga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar roʻyxatini va ularning qanchasi xalqaro standartlarga muvofiqligi boʻyicha sertifikatlanganligini puxta oʻrganib chiqsin hamda oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasiga sertifikatlangan mahsulotlar turlari miqdorini koʻpaytirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maxsus ekspert komissiyasiga (U.U. Rozuqulov) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ishlab chiqaruvchi korxonalari va tashqi savdo tashkilotlariga mahsulotlarni jahon bozorida real shakllangan narxlar boʻyicha, shu jumladan, tannarxidan past qiymatda eksport qilishga ruxsat berish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish hamda oʻz takliflarini Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mahalliy korxonalarga:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan oʻz tovar (ish, xizmat)larini yetkazib berishga chet el valyutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan oʻzlari mulk egasi boʻlgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valyutada shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan shartnomalar maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4630-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 336-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2012-yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga joriy toʻlovlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan valyuta tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom toʻlab boʻlinadigan muddatga qadar ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan oʻtkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini oʻtkazish komplekslarini xarid qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tadbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tijorat banklariga eksport operatsiyalari boʻyicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari boʻyicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 26-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1731-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi PQ–1731-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlari va afzalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz soligʻi solinmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi (Soliq kodeksi, 212-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda soligʻi va mulk soligʻi stavkasi umumiy sotish hajmida oʻzlari mulk egasi boʻlgan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bogʻliq holda kamaytiriladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda boʻlganida — 30 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport ulushi 30 va undan koʻproq foiz boʻlganida — 2 marotaba.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–2613-sonli Farmoni).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha boʻlganida 30 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport ulushi 30 va undan koʻproq boʻlganida — 2 marotaba.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–2613-sonli Farmoni).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2016-yil 1-yanvarga qadar respublikadagi oʻz mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80 foizi va undan ortigʻini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan toʻqimachilik sanoati korxonalari mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-martdagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1512-sonli qarori).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovar (ish, xizmat)larning barcha turlariga eksport bojxona bojlari va spetsifik tovarlardan tashqari boshqa tovar (ish, xizmat)lar eksportini litsenziyalash bekor qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–1871-sonli Farmoni).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tovarlarni eksport qilishda toʻlanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlarining amaldagi stavkasiga qaraganda oʻrtacha 2 marotabaga kamaytirilgan yangi stavkalari tasdiqlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–1604-sonli qarori).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar oʻzi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–4354-sonli Farmoni).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 140-modda; 2014-y., 28-son, 336-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)