Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.03.2012 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 20.03.2012 yildagi 76-son
Date of entry into force
20.03.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 20.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-2016 YILLARDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MODERNIZATSIYA QILISh VA MUTAXASSISLAR TAYYORLASh SIFATINI TUBDAN YaXShILASh DASTURINI AMALGA OShIRISh BOʻYIChA MAXSUS KOMISSIYA TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek 2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturini amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturini amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-martdagi 76-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011—2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturini amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiya toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom 2011—2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturini amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi)ning faoliyatini amalga oshirish tartibini, vazifalari va vakolatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son qarori bilan tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maxsus komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011—2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borishni taʼminlash hamda har yarim yillik va umuman yil yakunlari boʻyicha uning joriy ijrosi natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi)ga umumiy rahbarlik qilish va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining takliflari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari binolari va inshootlarining amaldagi texnik holatini, shuningdek har bir oliy taʼlim muassasasining moddiy-texnik taʼminlanganligini hisobga olgan holda ularni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi manzilli dasturlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning daromadlari barqaror shakllantirilishi, oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini doimiy nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va notijorat tashkilotlarini jalb etish, shuningdek xayr-ehson qiluvchilarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining grantlari va mablagʻlarini jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Maxsus komissiyaning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maxsus komissiya ishlarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni vazirliklar va idoralardan soʻrash va belgilangan tartibda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz majlislarida vazirliklar va idoralar vakillarining, shuningdek Maxsus komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha Maxsus komissiya aʼzolarining axboroti va hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son qarori bilan maqullangan roʻyxatga kiritilgan oliy taʼlim muassasalari obyektlari boʻyicha tanlov tartib-qoidalari oʻtkazilishini tezlashtirish, ularning yuqori sifatli boʻlishini taʼminlashni nazarda tutgan holda loyiha va tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda, kalendar yil mobaynida Jamgʻarma daromadlari (manbalar boʻyicha) va xarajatlari prognoz parametrlarini aniqlashtirishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning xulosalari asosida manzilli dasturning prognoz quvvatlariga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011—2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturini amalga oshirish doirasida alohida masalalarni oʻrganish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash uchun ishchi guruhlar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Maxsus komissiya faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maxsus komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya majlislarining kun tartibini belgilash va ularni chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha uning aʼzolari ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa ishlarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus komissiya majlislarni, zaruriyatga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning rahbarlarini taklif etgan holda oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya aʼzosining tashabbusi bilan navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin. Maxsus komissiyaning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi asosli talab yozma shaklda ishchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus komissiya majlisini uning raisi olib boradi. Komissiya raisi hozir boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari olib boradi. Agar Maxsus komissiya majlisida uning aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlsa majlis huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maxsus komissiya raisi bilan kelishuv boʻyicha Maxsus komissiyaning uzrli sabablarga koʻra majlisda hozir boʻlmagan aʼzolarini ularning ovoz berish huquqisiz qatnashadigan vakillari almashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maxsus komissiya majlislarida tegishli vazirliklar va idoralarning takliflari, shuningdek ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Maxsus komissiyaning ishchi guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun Maxsus komissiya, zaruriyat boʻlganda, ishchi guruhlar tashkil etadi, ularda ishlash uchun tegishli mutaxassislarni jalb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishchi guruhlar faoliyati Maxsus komissiyaning ish rejasiga va Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish boʻyicha masalalarni oʻrganish jadvaliga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi guruh Dasturni amalga oshirish doirasida nazarda tutilgan oliy taʼlim muassasalari obyektlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning holatini joyiga borib oʻrganadi va tahlil qiladi. Bunda oʻrganish va tahlil Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan oʻrganish rejasi va savolnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishchi guruh joyga borgunga qadar tayyorlangan reja va oʻrganish savolnomasi tegishli oliy taʼlim muassasalariga yuboriladi, Oliy taʼlim muassasalari ular asosida zarur materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ishchi guruh joyga kelgandan keyin tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan tayyorlangan materiallarni, shuningdek Maxsus komissiya qarorlari bajarilishini oʻrganadi va tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturni amalga oshirish doirasida nazarda tutilgan oliy taʼlim muassasalari obyektlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning holatini oʻrganish ishchi guruh tomonidan bevosita tegishli oliy taʼlim muassasasiga borib, ishlab turgan, qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va taʼmirlanayotgan obyektlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh oʻz funksiyalarini amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturni amalga oshirish doirasida nazarda tutilgan oliy taʼlim muassasalari obyektlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning holatini oʻrganish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boʻlinmalaridan, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralardan zarur maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ishchi guruh oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasasi bilan birgalikda Maxsus komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun xulosa va zarur materiallarni tayyorlaydi. Xulosa ishchi guruh va oliy taʼlim muassasasi rahbarlari tomonidan imzolanadi hamda boshqa materiallar bilan birga Maxsus komissiyaga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishchi guruhlar rahbarlari va aʼzolari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tayyorlangan materiallarning sifati va xolisonaligi uchun shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Maxsus komissiyaning ishchi organi va kotibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti Maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maxsus komissiyaning ishchi organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdagi davr uchun Maxsus komissiyaning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralardan va Maxsus komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni olish huquqiga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlashni va Maxsus komissiya majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning koʻrib chiqishi uchun axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Maxsus komissiya kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha zarur materiallar Komissiyaning navbatdagi majlisiga oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar va ishchi organ ishlarini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Komissiya majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlislarni oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini Maxsus komissiya raisi bilan kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyidan xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya qarorlarining ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijalarini koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiya majlisiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Maxsus komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maxsus komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masala boʻyicha hujjatlar turkumida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan materiallar (ishchi guruhlarning xulosalari, tahliliy maʼlumotlar, jadvallar va shu kabilar) hamda Maxsus komissiya qarorining loyihasi mavjud boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Maxsus komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maxsus komissiyaning qarori majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Maxsus komissiya raisi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida komissiya aʼzolari bilan kelishilgan alohida masalalar boʻyicha Maxsus komissiya qarorini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Maxsus komissiyaning qarorlari ishchi organ tomonidan Maxsus komissiya majlisi protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Maxsus komissiya majlisining protokoliga uning barcha aʼzolari viza qoʻyadi, u masʼul kotib tomonidan imzolanadi, Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Maxsus komissiya aʼzolariga, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Maxsus komissiya protokolining asl nusxasi hamda unga doir materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Maxsus komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Maxsus komissiyaning ishchi organi Maxsus komissiya qarorlarining ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ishchi organ Maxsus komissiya qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zaruriyat boʻlganda Maxsus komissiya raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Maxsus komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 134-modda, 36-son, 412-modda)