Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025 02.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2330
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 02.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2330
Date of entry into force
12.03.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Hujjat 20.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

KREDIT BYUROLARI VA KREDIT BYUROLARIGA KREDIT AXBOROTINI TAQDIM ETUVCHI ORGANLAR VA TASHKILOTLAR OʻRTASIDA KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2330]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 14-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1/1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/1-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Kredit byurosining kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlarga murojaat qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq kredit byurolariga quyidagi organlar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tegishli organlar va tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan kredit axboroti taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Yuridik shaxslarning davlat reyestriga va Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va koʻchmas mulk haqidagi boshqa ochiq foydalaniladigan maʼlumotlar bazalariga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisoboti toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari tomonidan — berilgan pasportlar toʻgʻrisida, shu jumladan, yoʻqolgan yoki amal qilish muddati tugagan pasportlar oʻrniga berilgan pasportlar, shuningdek avtomototransport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida hamda ularning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat notarial idoralari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni beruvchi organlar tomonidan — ushbu hujjatlar berilganligi faktlari toʻgʻrisida, litsenziyaning va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi haqida, shuningdek ularning bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kredit byurolari kredit axboroti subyektlarining kredit tarixini shakllantirish uchun tegishli organlar va tashkilotlardan oʻzaro tuzilgan kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) asosida kredit axborotini olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tegishli organlar va tashkilotlar kredit byurolari bilan qonun hujjatlari talablariga mos boʻlgan shartnomani tuzishni asossiz ravishda rad etishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlarga kredit axborotini olish uchun yozma yoki elektron shaklda soʻrov yuboradi. Soʻrovda olinadigan kredit axborotining tarkibi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kredit axborotini taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kredit axboroti almashinuvida kredit axborotining butligini, ishonchliligini, maxfiyligini taʼminlash uchun Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) muvofiq xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2330-1, 20.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2330-1/3314-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tegishli organlar va tashkilotlar kredit byurolariga qoida tariqasida kredit axborotini elektron shaklda taqdim etadi. Kredit axborotining qogʻozda taqdim etilishi shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kredit byurolarida mavjud boʻlgan kredit axborotiga zarar yetganda yoki ular yoʻqolganda kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlardan zarar yetgan yoki yoʻqolgan kredit axboroti hajmida qoʻshimcha soʻrov asosida kredit axborotini olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlardan olinayotgan kredit axborotining maxfiyligini taʼminlash uchun undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlari doirasini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kredit axborotlarini qayta ishlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kredit byurolari tegishli organlar va tashkilotlardan olingan kredit axborotini yigʻadi, tahlil qiladi va undan kredit axboroti subyektining kredit tarixini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan kredit byurolariga taqdim etilgan kredit axborotining toʻgʻri ekanligiga kredit byurolarida shubha tugʻilsa, ular tegishli organlar va tashkilotlarga bu haqida soʻrov yuborishlari lozim. Kredit axborotining toʻgʻriligi yuzasidan tugʻilgan shubha oʻz tasdigʻini topgan taqdirda tegishli organlar va tashkilotlar kredit axborotini uch ish kuni muddatida tuzatib, bu haqda kredit byurolarini xabardor qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tegishli organlar va tashkilotlardan olingan kredit axborotiga kredit byurolari tomonidan oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi, mazkur Nizomning 10-bandi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 30-dekabr

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 30-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 30-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 90-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2330-1/3314-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.06.2022-y., 10/22/2330-2/0499-son)