Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 29.02.2012 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.02.2012 yildagi 58-son
Date of entry into force
29.02.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 29.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, BUXORO VA XORAZM VILOYATLARIDA AHOLIGA VA BYDJET TASHKILOTLARIGA KOʻMIR SOTISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari isteʼmolchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklarining 2012-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha aholiga va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish boʻyicha 12 filiali boʻlgan 3 ta distribyutorlik markazlarini (keyingi oʻrinlarda hududiy distribyutorlik markazlari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2,1 mlrd soʻm miqdoridagi oʻz mablagʻlari va “Xalq banki” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining 1 yil imtiyozli davrni qoʻshgan holda 3 yilgacha muddatga yillik 16 foizli stavka bilan beriladigan 7,4 mlrd soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining loyihalash ishlari boshqarmasi tomonidan 2012-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Koʻmir kon qurilish” unitar korxonasi hududiy distribyutorlik markazlarini qurish va jihozlash boʻyicha bosh pudratchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari hududiy distribyutorlik markazlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini bir oy muddatda taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan koʻmirning chakana narxini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan koʻmirning hajmlari va narxlari yuzasidan nazorat va monitoringni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 29-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 87-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 26-son, 341-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)