Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.02.1994 yildagi PF-758-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.1994 yildagi PF-758-son
Date of entry into force
07.02.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 07.02.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat mulki jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tarkibiga oʻtkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— koʻp tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishda va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda yagona siyosatni oʻtkazish, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va respublikada xususiy biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish dasturlarini ishlab chiqish hamda ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jarayoniga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlik qilish, tegishli tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida respublika aholisining mulkiy huquqlarini himoya qilish, davlat mulki obyektlarini boshqa mulkchilik shakllariga aylantirishdan tushgan mablagʻlarni iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartishlarga oid vazifalarni hal qilish uchun safarbar etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, shuningdek ulardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari va shakllarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— sarmoya jamgʻarmalarini, konsalting va auditorlik xizmatlarini, xoldinglarni, jamgʻarma birjalari va koʻchmas mulk birjalarini, oʻzgacha birjalarni hamda boshqa bozor tuzilmalarini tashkil qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ijro etish uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida bir hafta muddat ichida qaror qabul qilib, qoʻmitaning tuzilmasini va u haqdagi Nizomni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat mulki jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-sentabrdagi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 10-fevraldagi farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 7-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-758-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 70-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2012-y., 8-9-son, 77-modda, 46-47-son, 521-modda)