Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“SOLIQ MASLAHATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 4-avgustdagi OʻRQ-787-sonli “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 21-sentabrda qabul qilingan “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-55-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 497-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Quyidagilar soliq maslahati hisoblanmaydi:
oʻz vakolatlarini amalga oshirish doirasida davlat soliq xizmati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat organlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini tushuntirish;
soliq solish masalalari boʻyicha advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish;
auditorlik tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning soliq solish boʻyicha konsalting hamda boshqa xizmatlari”;
2) 5-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “(bundan buyon matnda soliq solish masalalari deb yuritiladi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq hisobotini tuzishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) yordam koʻrsatishni”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni aniqlashni hamda ularning hisobini yuritishni”;
toʻrtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining mavjudligi soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzishning majburiy shartidir”;
4) quyidagi mazmundagi 61-modda bilan toʻldirilsin:
“61-modda. Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma
Soliq maslahatiga doir faoliyat soliq maslahatchilari tashkiloti va mijoz (ishonch bildiruvchi) oʻrtasida tuzilgan soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyi va joylashgan eridan (pochta manzilidan) qatʼi nazar, soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzishga haqli.
Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning muhim shartlari quyidagilardan iborat:
soliq maslahatining predmeti;
soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish muddatlari;
soliq maslahati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;
soliq maslahatchilari tashkilotining hamda mijozning (ishonch bildiruvchining) huquq va majburiyatlari;
soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi.
Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin”;
5) 7-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “normativ-huquqiy hujjatlarni” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan milliy standartlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 11-moddaning birinchi qismi:
oltinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda” degan soʻzlar “mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan shartnoma asosida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining vakili sifatida davlat soliq xizmati organlarida, shuningdek soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish olib borish;
soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish”;
7) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati boʻyicha milliy standartlarda belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi”;
8) 16-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yillik, shu jumladan iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxs talabgor boʻlishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-yanvar,
OʻRQ-316-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 2-modda)