29.08.1998 yildagi 670-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 29.08.1998 yildagi 670-I-son
Date of entry into force
01.11.1998
Hujjat 02.08.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qonunning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Xoʻjalik shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Xoʻjalik shartnomasi tushunchasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini toʻlash majburiyatini oladigan kelishuv xoʻjalik shartnomasi deyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalarini tuzishning erkinligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning oʻzaro manfaatdorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma intizomiga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning oʻzaro mulkiy javobgarligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Xoʻjalik shartnomalarining subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xoʻjalik shartnomalarining subyektlari (taraflari) boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Xoʻjalik shartnomasi taraflarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi taraflari belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur boʻlgan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini soʻrash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi maʼlumotlarni toʻplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasining taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Xoʻjalik shartnomasi taraflarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi taraflari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan xoʻjalik shartnomalari boʻyicha zimmalariga olingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini, shuningdek kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalarini tuzishda yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatlarining ishini tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomasini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish jarayonida qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. XOʻJALIK SHARTNOMASINI TUZISH, BAJARISH, OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Xoʻjalik shartnomasiga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga koʻra oʻzaro kelishuvga erishish lozim boʻlgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini qonun hujjatlarida belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlab qoʻyish albatta nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda oʻtkazilganidan soʻng eʼlon qilingan oʻzlarining namunaviy yoki tipovoy shartlariga (shakllariga) amal qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontraktatsiya shartnomasi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi joylashgan yerda tuziladi. Kontraktatsiya shartnomasida boshqa talablar bilan bir qatorda yetkazib berilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan kam boʻlmagan miqdorda avans toʻlovlari nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Xoʻjalik shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi. Agar shartnoma tuzish taklifi ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan boʻlsa, shartnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, taletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Xoʻjalik shartnomasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yoʻllashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yoʻli bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha muhim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilgan boʻlsa, xoʻjalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Xoʻjalik shartnomasining amal qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar oʻzlari tuzgan xoʻjalik shartnomasining shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi deb belgilab qoʻyishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasining amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Xoʻjalik shartnomasini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar boʻlmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Xoʻjalik shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xoʻjalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, taraflarning uni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki xoʻjalik shartnomasining shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan birining talabi bilan xoʻjalik shartnomasi xoʻjalik sudining qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xoʻjalik shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan birining xoʻjalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u xoʻjalik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻladigan qilib zarar yetkazishi xoʻjalik shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda koʻrsatilgan yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, xoʻjalik shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Ichki xoʻjalik shartnomasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki xoʻjalik shartnomasi, qoida tariqasida, xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning xodimi (bir guruh xodimlari) oʻrtasida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish yuzasidan ichki xoʻjalik shartnomalarining oʻzlari boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tuzgan xoʻjalik shartnomalaridagidan kam boʻlmagan hajmda tuzilishini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ichki xoʻjalik shartnomalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 353 — 385-moddalarining normalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. XOʻJALIK SHARTNOMASI BOʻYICHA TALABNOMALAR VA DAʼVOLAR BILDIRISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Talabnoma bildirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma yozma shaklda bildiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma bildirgan xoʻjalik yurituvchi subyektning va talabnoma bildirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma bildirilgan sana va uning raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma bildirish uchun asos boʻlgan holatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arz qiluvchining talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining toʻlov va pochta rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma joʻnatilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda joʻnatiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuklarni tashish va aloqa xizmatlari koʻrsatishga doir operatsiyalardan kelib chiqadigan talabnomalarni transport va aloqa xoʻjalik yurituvchi subyektlariga bildirish tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Talabnomani koʻrib chiqish tartibi va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga talabnoma bildirilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga javob qaytarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomaga javob xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma joʻnatilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda joʻnatiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma toʻliq yoki qisman tan olingan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt arz qiluvchiga oʻzi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabnomani tan olish toʻgʻrisidagi javobda tan olingan summa oʻtkazilishi haqida maʼlumot boʻlmasa, talabnoma bildirgan taraf javob olingandan soʻng yigirma kun muddat oʻtgach, bank muassasasiga qarzdor tan olgan summani soʻzsiz tartibda oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Daʼvo arizasini berish hamda sud buyrugʻini olish uchun ariza taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraf rad (qisman rad) javobini olgan taqdirda yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, shuningdek xoʻjalik shartnomalari yuzasidan talabnoma bildirmay ham xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berishi hamda sud buyrugʻini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin. Mazkur arizalarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksining 102 — 121-moddalari qoidalariga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. SHARTNOMAVIY MUNOSABATLARNI HUQUQIY JIHATDAN TAʼMINLANISHINI TASHKIL ETISH. XOʻJALIK SHARTNOMALARI TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARIGA RIOYA ETILISHINI NAZORAT QILISH
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Xoʻjalik shartnomasi subyektlariga yuridik xizmat koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomasi subyektlariga yuridik xizmat koʻrsatish ularning yuridik xizmatlari yoki ana shu maqsadda shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomalari bajarilishi ustidan oʻzaro tekshiruvlar oʻtkazilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan xoʻjalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bogʻliq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan xoʻjalik shartnomasi va u bilan bogʻliq huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, oʻz eʼtirozini asoslagan holda uni qoʻshimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Xoʻjalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib koʻrilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xoʻjalik shartnomalari xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomasida koʻrsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning javobgarligi meʼyori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Xoʻjalik shartnomalari bajarilishini oʻzaro tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomalarining taraflari xoʻjalik shartnomalari oʻz vaqtida va lozim darajada bajarilishini oʻzaro tekshirib turadilar. Shartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari xoʻjalik shartnomalari bajarilishi uchun chora-tadbirlar koʻrishi, xoʻjalik yurituvchi subyektning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi, shuningdek zarur hollarda aybdor shaxsni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Xoʻjalik shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradilar. Bu organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish, xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnoma majburiyatlarini tuzish va bajarish chogʻida huquqiy yordam koʻrsatadilar, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tarafga yetkazilgan zararni toʻlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, ushbu Qonunda, oʻzga qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha tarzda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik va lozim darajada bajarmaganlik uchun ushbu Qonunning 25 — 32-moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, toʻliq yetkazib bermaganlik, ishlarni bajarmaganlik yoki xizmat koʻrsatmaganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, toʻliq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar koʻrsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti va navi boʻyicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun hujjatlarida yoki xoʻjalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish hamda ularning haqini toʻlashni rad etib, yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va xizmatlar) haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, toʻlangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan (pudratchidan) akseptsiz tartibda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarimani undirish toʻgʻrisidagi toʻlov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin oʻn kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish toʻgʻrisidagi toʻlov talabnomasi belgilangan oʻn kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. But boʻlmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
But boʻlmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining (buyurtmachining) talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida oʻzga muddat belgilangan boʻlmasa, oʻn besh kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini toʻlashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, belgilangan tartibda toʻlangan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishmayotgan qismlar qiymatini qoʻshgan holda, yetkazib beruvchidan but boʻlmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab bermasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) but boʻlmagan tovarlarni qaytarib berishga hamda but boʻlmagan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek tovarni idishsiz yoki oʻralmagan holda yetkazib berganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Marka belgisi qoʻyilmagan yoki lozim darajada markirovka qilinmagan tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki oʻralmagan tovarlarni yoxud tegishli idishga joylanmagan yoki lozim darajada oʻralmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun yetkazib beruvchi sotib oluvchiga(buyurtmachiga) bunday tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Tovarlar qabul qilingandan keyin yana joʻnatilishi yoki saqlanishi kerak boʻlgan hollarda sotib oluvchi (buyurtmachi) jarima undirishdan tashqari, oʻz kuchi bilan, lekin yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni oʻrashga va idishlarga joylashga, yoxud bir shahardagi yetkazib beruvchidan tovarlarni oʻrab berish yoki idishlarga joylab berishni talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Akkreditivdan foydalanmaganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) talabiga binoan qoʻyilgan akkreditiv u amal qiladigan muddat ichida foydalanilmasa, yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) akkreditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Toʻlov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻnatilgan tovarlarga oid toʻlov yoki tovar-transport hujjatlarining nusxasini belgilangan muddatda yubormaganlik yoki tovarlar joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi boshqa axborotni taqdim etmaganlik uchun yetkazib beruvchi sotib oluvchiga axborot taqdim etilmagan har bir holat uchun yetkazib berilayotgan tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Tovarlarni tanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (oʻz muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — 10 foiz miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (oʻz muddatida olinmagan) tovarlar qiymati toʻlanishini talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlamaganlik yoki oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga oʻzi toʻlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetkazib berilgan tovarlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Mablagʻlarni akseptsiz oʻchirib tashlaganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobvaraqdan mablagʻlarni asossiz ravishda akseptsiz hisobdan chiqarganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga asossiz ravishda akseptsiz hisobidan chiqarilgan summaning 10 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Zararni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neustoyka (jarima, penya) toʻlaganligidan qatʼi nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida oʻzi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻrilgan zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan taraf qilgan xarajatlar, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin boʻlgan lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatini oʻtkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini oʻzgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) toʻlash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxsning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma majburiyatlari xoʻjalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsning aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan, toʻlov intizomi buzilgan, xoʻjalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45 va 48-moddalariga muvofiq fuqarolik-huquqiy javobgarlikka, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 175, 1761, 1762, 212 va 214-moddalariga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 181, 186, 205, 207 va 209-moddalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Nizolarni hal etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik sudi tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan — hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(36-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
670-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 315-modda; 2011-y., 51-son, 542-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)