Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 11.10.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2277
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.04 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA “SOYUZNEFTEGAZ VOSTOK LIMITED” KOMPANIYASI OʻRTASIDA 2007-YIL 23-YANVARDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JANUBIY-GʻARBIY HISOR VA USTYURT MINTAQASI HUDUDLARIDAGI KONLARGA NISBATAN MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM DOIRASIDA NEFT VA GAZ KONDENSATINI QAZIB OLISH BOʻYICHA YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN (ROYALTI) SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2277]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulotni taqsimotiga oid bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 27-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 27-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-47-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 24, 2010-47-sonli qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son (I)), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim (keyingi oʻrinlarda MTB deb yuritiladi) doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda foydalanadigan bosh harf bilan berilgan tushunchalar, agar mazkur Nizomda boshqacha hol toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, MTBda belgilangan maʼnoni anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Soliq toʻlovchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Neft va Gaz kondensatiga nisbatan yer qaʼridan foydalanganlik (royalti) uchun soliq toʻlovchi boʻlib Investor hisoblanadi. Bunda yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni Investorning vakillari — Marketing kompaniyasi yoki MTBga muvofiq vakolatga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻlashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Neft boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliq solish obyekti boʻlib MTB shartlariga koʻra, MTBning 11.9 boʻlimida belgilab berilgan tegishli neft konlaridagi neftni tayyorlash qurilmalarining chiqish joyida oʻlchov bogʻlamalaridagi neft hajmi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Gaz kondensati boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliq solish obyekti boʻlib MTB shartlariga koʻra, MTBning 11.9 boʻlimida belgilab berilgan gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarining chiqish joyida, shuningdek Shoʻrton gaz-kimyo kompleksidagi quyish estakadasidagi oʻlchov bogʻlamalaridagi Gaz kondensatining hajmi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Neft va/yoki Gaz kondensatini ularga qayta ishlov berilmasdan sotilgan xolda tegishli hajmlar boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 43-bobi va MTBning 11.9 boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda soliq solinadigan bazani aniqlash uchun MTBning 11.9 boʻlimiga muvofiq Yetkazib berish punktidagi hisoblangan Narxdan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agar MTB doirasida qazib olingan Neft va/yoki Gaz kondensati keyinchalik qayta ishlangan mahsulot (keyingi oʻrinlarda Neft mahsulotlari deb yuritiladi) sotilishi bilan xom ashyo berish asosida qayta ishlansa, soliq solinadigan bazani aniqlash uchun “orqaga qaytish” (“Netback”) prinsipiga asoslanib aniqlanadigan Neft va/yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidagi hisoblangan Narx qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neft mahsulotlari sotilayotganda soliq solinadigan bazani aniqlash uchun Yetkazib berish punktidagi Hisob-kitob narxi (keyingi oʻrinlarda “Netback” narx deb yuritiladi) quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SNHQ — Neft mahsulotlarini qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarning hisobot davri uchun quyidagilarni chiqarib tashlangan haqiqiy qiymati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Neft mahsulotlarini sotishga qilingan Sarf-xarajatlar (MTBning 13.3 boʻlimida koʻrsatilgan taʼrifga asosan Neft va Gaz kondensatini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarini Yetkazib berish punktidan Sotish punktigacha yetkazib berish uchun qilingan xarajatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli Neft mahsulotlarini olishda (texnik shartlar, qonun hujjatlarining talablari va hokazolarga koʻra) muqarrar yuzaga keladigan Neft yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidan sotish uchun moʻljallangan Neft mahsulotlarini Yetkazib berish punktigacha yetkazib berish uchun qilingan sarf-xarajatlar, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda: yuklash xarajatlari, transportda tashish, qayta ishlash, shuningdek namunalar tahlili, Neft yoki Gaz kondensati va Neft mahsulotlarining sifat va miqdorini aniqlash boʻyicha xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FNFH — hisobot davrida sotilgan Neft mahsulotlarining tegishli hajmini tayyorlash uchun foydalanilgan Neft va Gaz kondensatining, Neft va/yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidan boshlab texnologik xarajat va Neft va Gaz kondensatining yoʻqotilishini hisobga olgan holdagi umumiy fizik hajmi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Har bir hisobot davrida yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblash hisobot davrida Neft va/yoki Gaz kondensatining sotiladigan hajmlarini Yetkazib berish punktidagi Neft va/yoki Gaz kondensatining narxi va yil boshidan hisobot davrining yakunigacha qayta ishlashga joʻnatilgan Neftning “Netback” narxi va/yoki Gaz kondensatini “Netback” narxi boʻyicha sotishning oʻrtacha narxi boʻlgan hisob-kitob narxi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neft mahsulotlarining birinchi sotilishi amalga oshirilgan hisobot davrida hisob-kitob “Netback” narxi Qazib olish boshlanishidan hisobot davrining yakuniga qadar Neft va Gaz kondensatining qazib olingan (chiqarib olingan) va qayta ishlashga yuborilgan hajmiga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar hisobot davrida sotilishi nazarda tutilgan Neft va Gaz kondensati, shuningdek ularning Neft mahsulotlari sotilmagan boʻlsa, qazib olingan (ishlab chiqarilgan) Neft va/yoki Gaz kondensatining sotilmagan qismi uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soligʻini solish maqsadida soliq solinadigan baza, Neft va/yoki Gaz kondensati yoki Neft mahsulotlari sotilgan soʻnggi hisobot davridagi hisob-kitob narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi, Investor yoki Operator soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) 5-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 6-iyundagi 42, 2016-23-sonli (roʻyxat raqami 2277-1, 14.06.2016-y.) qarori tahririda— OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 300-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Investor yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va MTBga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi shaklini toʻldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi ilovasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
010 grafasida — tayyor mahsulotning nomlanishi — Neft va/yoki Gaz kondensati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
020 grafasida — hisobot davrida qazib olingan Neft yoki Gaz kondensatining umumiy hajmi, tonnada;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
030 grafasida — sotilishi moʻljallangan (rejalashtirilgan) qazib olingan Neft yoki Gaz kondensatining hajmi, ushbu hajm Neft uchun mazkur Nizomning 3-bandiga koʻra, Gaz kondensati uchun — 4-bandiga koʻra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
050 grafasida — 1-formula bilan hisoblanadigan hisobot davrida sotilgan Neft yoki Gaz kondensatining natural koʻrinishdagi haqiqiy hajmi, tonnalarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-formula)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vsot. — hisobot davrida sotilgan Neft yoki Gaz kondensatining natural koʻrinishdagi haqiqiy hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vsot. Neft/Gaz kond. — Neft va Gaz kondensatini hisobot davrida Yetkazib berish punktida sotilgan hajmi (tn);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vn/m.sot. Neft/Gaz kond. — Neft mahsulotlarining hisobot davrida sotilgan hajmlaridan kelib chiqqan holda 2-formula yordamida hisoblangan Neft va Gaz kondensati hajmi (tn);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-formula)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vn/m.sot. Neft/Gaz kond. = Vsot. n/m./ (Vn/mahsulotlari/ Vneft qayt. ish./Gaz kond. qayta ish.) bu yerda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vsot. n/m — hisobot davrida sotilgan Neft mahsulotlarining hajmi (tn);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vn/ mahsulotlari — hisobot davrida sotishga moʻljallangan va soliq davrining boshlanishiga Neft mahsulotlarining qoldigʻi bilan birga hisobga olingan tayyorlangan Neft mahsulotlarining hajmi (tn);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vneft qayta ish./Gaz kond. qayta ish. — hisobot davrida qayta ishlashga joʻnatilgan Neft yoki Gaz kondensatining hajmi (tn).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
060 grafasida — 3-formula bilan hisoblanadigan 050 grafada koʻrsatilgan Neft va Gaz kondensati hajmlari sotilishidan tushadigan sof tushumlar (soʻmda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-formula)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssot. = Ssot. Neft/Gaz kond. + SNetbackbu yerda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S sot. Neft/Gaz kond. — hisobot davrida Yetkazib berish punktida sotilgan Neft yoki Gaz kondensatining narxi (soʻmda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S Netback — Yetkazib berish punktida “orqaga qaytish” (“Netback”) prinsipiga asosan 4-formula yordamida aniqlanadigan Neft yoki Gaz kondensatining hisoblangan narxi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-formula)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SNetback = Ssot. n/mahsulotlari – Ssot. xarajatlari – Sqayta ishlash xarajatlari bu yerda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssot. n/ mahsulotlari — hisobot davrida sotilgan Neft mahsulotlarining narxi (soʻm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssot. xarajatlari — hisobot davrida ushbu Neft mahsulotlarini sotish uchun sarflangan xarajatlar (MTBning 13.3 boʻlimida koʻrsatilgan taʼrifga asosan Neft mahsulotlarini Yetkazib berish punktidan Sotish punktigacha yetkazib berish uchun qilingan xarajatlar) summasi (soʻm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sqayta ishlash xarajatlari — 5-formula bilan hisoblanadigan muayyan Neft mahsulotlarini olishda (texnik shartlar, qonun hujjatlarining talablari va hokazolarga koʻra) muqarrar yuzaga keladigan Neft yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidan sotish uchun moʻljallangan Neft mahsulotlarini Yetkazib berish punktigacha qilingan sarf-xarajatlar summasi, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda: yuklash xarajatlari, transportda tashish, qayta ishlash, shuningdek namunalar analizi, Neft yoki Gaz kondensati va Neft mahsulotlarining sifat va miqdorini aniqlash bilan bogʻliq xarajatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-formula)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sqayt.ish. xarajatlari = Sjami qayta ish. xarajatlari / Vneft qayta ish. / Gaz kondensati qayta ish. x VNeft mahs. sotish Neft/Gaz kondensatibu yerda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sjami qayta ish. xarajatlari — hisobot davri uchun yuklash, transportda tashish, qayta ishlash xarajatlari, shuningdek namunalar analizi, Neft yoki Gaz kondensati va Neft mahsulotlarining sifat va miqdorini aniqlash bilan bogʻliq xarajatlar summasi (soʻm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vneft qayta ish./Gaz kondensati qayta ish. — hisobot davrida qayta ishlash uchun yuborilgan Neft yoki Gaz kondensatining hajmi (tn);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VNeft mahs. sotish Neft/Gaz kondensati — hisobot davrida sotilgan Neft mahsulotlarining hajmidan kelib chiqqan holda 2-formulaga asosan hisoblab chiqilgan Neft yoki Gaz kondensatining hajmi (tn);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
070 grafasi — 060 grafasidagi qiymatni 050 grafasidagi soʻmda berilgan qiymatga boʻlinib topiladigan Neft yoki Gaz kondensati birligini (1 tonna yoki 1 m kub. uchun) oʻrtacha sotilish narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
090 grafasida — 100 va 110 grafalaridagi koʻrsatkichlarni tegishli satrlar boʻyicha qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadigan Neft va Gaz kondensati boʻyicha alohida soliq solinadigan bazaning yakuniy summasi. Ushbu grafadagi qiymatlar yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining 020 grafasining tegishli satriga koʻchiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 grafasida — sotilishi koʻzda tutilgan Neft yoki Gaz kondensatining qazib olingan hajmiga bogʻliq ravishda hisoblangan soliq solinadigan baza (soʻmda) (030 grafasi x 070 grafasiga).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHARTLI NAMUNASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot davri uchun boshlangʻich maʼlumotlar:
Neftni tayyorlash qurilmasidagi neft hajmi — 100 tn;
Neftni tayyorlash qurilmasidagi sotilgan neft hajmi — 30 tn;
Neftni tayyorlash qurilmasidagi qayta ishlashga yuborilgan neft hajmi — 70 tn;
Ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarining hajmi — 63 tn;
Yetkazib berish punktida sotilgan neft narxi — 3 000 000 soʻm;
Sotilgan neft mahsulotlarining hajmi — 30 tn;
Sotilgan neft mahsulotlarining narxi — 6 000 000 soʻm;
Sotishdagi sarf-xarajatlar — 6 000 soʻm;
Neftni transportda tashish va qayta ishlash sarf-xarajatlari — 2 800 000 soʻm;
Avvalgi hisob-kitob boʻyicha aniqlangan soliq summasi — 1 820 000 soʻm;
Tayyor mahsulotning nomlanishi
Qazib olish hajmi, t, m3
Sotish hajmi
Oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan tayyor mahsulotning tannarxi
Soliq solinadigan baza
jami
shu jumladan
natural koʻrinishda (t, m3)
pul koʻrinishida (soʻm)
oʻrtacha sotish narxi (060 gr. / 050 gr.)
jami
shu jumladan
sotish uchun
oʻz ehtiyojlari uchun
sotish uchun
oʻz ehtiyojlari uchun
010
020
030
040
050
060
070
080
090
100
110
Neft
100
100
—
63,333
7 660 680
120 958,74
—
12 095 874,00
12 095 874,00
—
020 grafasi: 030 grafasi + 040 grafasi;
030 grafasi: soliq davrining boshlanishidagi neftni tayyorlash qurilmasida neft hajmi — 100 tn;
100 grafasi: 020 grafasi x 070 = 100 tn x 120 958,74 soʻm = 12 095 874,00 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyor mahsulotning nomlanishi
Soliq solinadigan baza (hisob-kitobga ilovaning 090 gr.)
Soliq stavkalari, %
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun hisoblangan soliq summasi
Avvalgi hisob-kitob boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq summasi (avvalgi hisob-kitobning 040 gr.)
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq summasi (040 gr. — 050 gr.)
qoʻshimcha toʻlashga
kamaytirishga
010
020
030
040
050
060
070
Neft
12 095 874,00
20
2 419 174,80
1 820 000
599 174,80
—
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: NQZda qayta ishlanadigan xom ashyodan chiqadigan Neft mahsulotlari hajmlari ikki tomonlama xom ashyoni qayta ishlash dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 451-modda; 2016-y., 24-son, 300-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)