19.07.2011 yildagi PQ-1581-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.07.2011 yildagi PQ-1581-son
Date of entry into force
19.07.2011
Hujjat 19.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2011-yil 5-may kuni Toshkent shahrida imzolangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida savdo vakolatxonalarini oʻzaro taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida ilmiy-texnologik hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Savdo vakolatxonasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va unga hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Savdo vakolatxonasi faoliyatini yuritish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan mutasaddilik qilinadigan “Oʻzinterimpeks” DATSK, “Oʻzmarkazimpeks” DATSK, “Markazsanoateksport” DATSK, “Oʻzsanoatmashimpeks” DAK ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari mablagʻlari, shuningdek boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Savdo vakolatxonasini tashkil qilish, moliyalashtirish va faoliyat yuritishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 19-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1581-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 29-son, 300-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; 2017-y., 22-son, 422-modda)