Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.03.2020 02.07.1992 yildagi 638-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.1992 yildagi 638-XII-son
Date of entry into force
29.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.03.2020
Hujjat 20.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KASABA UYuShMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-588-sonli “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 BOB. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Kasaba uyushmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmasi koʻngilli jamoat tashkiloti boʻlib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, oʻz aʼzolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bogʻlangan mehnatkashlarni birlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatkashlar, shuningdek oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan shaxslar* hech qanday tafovutsiz oʻz xohishlariga koʻra va oldindan ijozat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalari tuzish huquqiga, shuningdek ustavlarga rioya etish sharti bilan kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Bundan buyon — mehnatkashlar deb yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatkashlar korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda va boshqa ish joylarida** kasaba uyushmalari tuzishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar, korxonalar, (birlashmalar) muassasalar, tashkilotlar, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari bundan buyon korxonalar deb, ularning boshqaruv idoralari esa maʼmuriyat deb yuritiladi. Boshqa ish joylari deganda yakka tartibdagi va boshqa yoʻsindagi mehnat faoliyati nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlamaydigan pensionyerlarning kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirish yoki undan chiqish tartibi kasaba uyushmalarining ustavlari bilan yoʻlga solib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika va boshqa hududiy hamda tarmoq birlashmalari tuzishlari, shuningdek ularga kirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalarining ustavlari “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Kasaba uyushmalarining mustaqilligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xoʻjalik idoralaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda oʻz ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar idoralarini saylaydilar, oʻz faoliyatlarini tashkil etadilar, yigʻilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, oʻz xohishiga koʻra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Fuqarolarni kasaba uyushmalariga mansubligiga qarab kamsitishni taqiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonunlarda kafolat berilgan mehnat, ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklari biron bir tarzda kamsitilishiga sabab boʻlmaydi. Mehnatkashlarni ishga qabul qilish, xizmat pogʻonalariga koʻtarish, shuningdek ishdan boʻshatish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirish yoki undan chiqishni shart qilib qoʻyish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatini toʻxtatish yoki taqiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari faoliyatini toʻxtatish uning aʼzolari qarori asosida ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid boʻlgan hollarda bu faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalari faoliyatini boshqa biron bir idoraning qarori bilan taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunlar mazkur jamoat tashkilotlarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradigan ushbu Qonundan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar idoralarida, milliy xavfsizlik xizmatlarida, ichki qoʻshinlari va boshqa harbiy tuzilmalarida qoʻllanilishining oʻziga xos xususiyatlari ana shu tuzilmalar toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida kasaba uyushmalarini tuzish, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOB. KASABA UYuShMALARINING ASOSIY HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining qonunlar va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqishda qatnashish huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlari ishlab chiqishda qatnashish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid meʼyoriy hujjatlar qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruvi, xoʻjalik va kooperativ idoralariga taqdim etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi va xoʻjalik idoralari mehnatkashlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlariga daxldor meʼyoriy hujjatlarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashini kamida bir hafta oldin xabardor etgan holda qabul qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat qilish huquqini himoya etish sohasidagi huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari oʻz aʼzolarining mehnat qilish huquqini himoya etadilar, aholini ish bilan taʼminlash davlat siyosati ishlab chiqilishida qatnashadilar. Korxonalarda ishdan holi etib olinadigan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qonunlar asosida jamoa shartnomasida belgilab qoʻyiladigan choralarini taklif etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasining tashabbusi bilan ish joylarining qisqartirilishi yoki ish sharoitining yomonlashuviga olib keladigan korxonani va undagi tarkibiy boʻlinmalarni tugatish, ishlab chiqarishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish tegishli kasaba uyushmalari kamida uch oy oldin xabardor qilib qoʻyilgan va ular bilan mehnatkashlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etish yuzasidan muzokara oʻtkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari aholini ish bilan taʼminlashning ahvolini va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat shartnomasi maʼmuriyatining tashabbusi bilan bekor qilinishiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tegishli kasaba uyushma qoʻmitasi bilan oldindan kelishilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Kasaba uyushmalarining muzokaralar olib borish va jamoat shartnomalari, bitimlari tuzish huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bilan jamoa muzokaralari olib borishda va jamoa shartnomalari, bitimlari tuzishda ustuvor huquqqa egadirlar, ularning bajarilishini nazorat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kasaba uyushmalari jamoa shartnomasi, bitimi tuzishni taklif qilsa, maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bu haqda muzokaralar olib borishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi mehnat va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilib boradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqlidir. Maʼmuriyat mehnat va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlar buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida bir oy muddat ichida kasaba uyushmasiga xabar qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari mehnatkashlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, daʼvo ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Shu maqsadda kasaba uyushmalari huquqiy yordam xizmatlari va boshqa zarur idoralarga ega boʻlishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Mehnat nizolarini koʻrib chiqishda kasaba uyushmalarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari kasaba uyushmasi aʼzosi bilan maʼmuriyat oʻrtasida paydo boʻlgan yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qonunlarga muvofiq tegishli qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari mehnatga doir amaldagi qonunlarning jamoa shartnomasi, bitimi shartlarining buzilishi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart-sharoitlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq masalalarga doir jamoa mehnat nizolarini koʻrib chiqishda qatnashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish masalalariga doir maʼlumotlar olish huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari maʼmuriyatdan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralaridan mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilab qoʻyilgan statistika hisoboti doirasida bepul maʼlumotlar olishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Kasaba uyushmalarining maʼmuriyat tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishini nazorat qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriyat jamoa shartnomasi shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda kasaba uyushmalari ana shu qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻgʻrisida maʼmuriyatga taqdimnoma kiritishga haqlidir, bu taqdimnoma bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi. Maʼmuriyat kasaba uyushmalarining bu talabini bajarishdan bosh tortgan yoki yuqorida aytilgan muddatda oʻzaro bitimga kelishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoa mehnat nizolarini hal qilish toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Maʼmuriyat va mehnat jamoasi oʻrtasidagi nizolarni qarab chiqish va hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilishga hamda maʼmuriyat bilan mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmalari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishga doir masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga toʻla muvofiq holda qarab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Kasaba uyushmalarining davlatlararo bitimlar tuzilishi va davlat hokimiyati hamda boshqaruvi idoralari shakllantirilishidagi ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda aholining koʻchib yurishi, ish bilan taʼminlanishi, mehnat, narx-navo belgilash va ijtimoiy taʼminot masalalariga doir davlatlararo bitimlar tuzilishida, xalq deputatligiga nomzodlar koʻrsatilishda, saylov mavsumida ularni qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOB. KASABA UYuShMALARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Maʼmuriyat, davlat va xoʻjalik idoralari, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarning kasaba uyushmalariga nisbatan majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va xoʻjalik idoralarining maʼmuriyati, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishlari, ularning faoliyat koʻrsatishlariga koʻmaklashishlari shart. Bu idoralar va shaxslar kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. Davlat va xoʻjalik idoralarining maʼmuriyati jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining vakillari shu kasaba uyushmasi aʼzolari ishlayotgan korxonalarga ustavda belgilangan vazifalarni va qonunlarda belgilab qoʻyilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishlariga toʻsqinlik qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan holda mehnatkashlarning kasaba uyushmalari idoralariga saylangan xodimlar uchun beriladigan kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari idoralari tarkibiga saylangan xodimlar shu idoraning roziligi olinmasdan turib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona boʻlinmalaridagi kasaba uyushmalari idoralarining rahbarlari — tegishli kasaba uyushmasi idorasining roziligi olinmasdan turib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonadagi kasaba uyushmasi idoralarining rahbarlari, kasaba uyushmasi tashkilotchilari — tegishli kasaba uyushmasi birlashmasining roziligi olinmasdan turib.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmasi idoralari tarkibiga saylangan shaxslarni maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga ishdan boʻshatishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular aʼzo boʻlgan kasaba uyushmasi idorasining roziligi olingandan keyingina, korxonadagi kasaba uyushmasi idoralarining raislari va aʼzolarini maʼmuriyatning tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga esa, yuqoridagilardan tashqari, faqat tegishli kasaba uyushmasi birlashmasining roziligi olinganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmasi tashkilotchilari va kasaba uyushmasi guruhlari tashkilotchilarini maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga tegishli kasaba uyushmasi birlashmasi idorasining roziligi olingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari saylab qoʻyiladigan idoralarining ishlab chiqarishda oʻzining asosiy ishidan ozod qilinmagan aʼzolariga jamoat shartnomasi, bitimida belgilab qoʻyiladigan shartlarga muvofiq, jamoa manfaatlari yoʻlida jamoatchilik vazifalarini bajarishlari uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan boʻsh vaqt beriladi, shuningdek qisqa muddatli kasaba uyushmasi oʻquviga qatnagan vaqtlarida ularning oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalarining saylab qoʻyiladigan idoralari aʼzolari delegat sifatida kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda, shuningdek, kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida qatnashgan vaqtlari uchun kasaba uyushmalari mablagʻi hisobidan oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanib, ishlab chiqarishdagi ishlaridan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Ishlab chiqarishdagi ishdan ozod qilingan holda mehnatkashlarning kasaba uyushmalari idoralariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushma idoralaridagi saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylov vakolatlari tugaganidan soʻng avvalgi oʻz ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) boʻlmagan taqdirda oʻsha korxonada yoki xodimning roziligi bilan boshqa korxonada avvalgisiga teng keladigan boshqa ish (lavozim) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda oldingi ish joyidagi korxona maʼmuriyati, korxona tugatilgan taqdirda esa kasaba uyushmasi xodim uchun ishga joylashish davrida oʻrtacha ish haqini saqlab qoladi, lekin bu muddat olti oydan oshmasligi kerak, malakasini oʻzgartirish uchun oʻqish chogʻida esa bir yil muddatgacha oʻrtacha ish haqi saqlab turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Kasaba uyushmasi idoralariga saylangan xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmasi idoralari tarkibiga saylangan xodimlarning saylov vakolatlari tugaganidan soʻng ikki yil davomida maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilishi yoki xodimning qonunga muvofiq ishdan boʻshatilishiga olib keladigan xatti-harakatlar sodir etish hollari bundan mustasnodir. Bunday hollarda ishdan boʻshatish 18-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Kasaba uyushmalari va ularga qarashli korxonalarning mulkiy va moliyaviy huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari va ularning idoralari qonunlarga muvofiq yuridik shaxs hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari mulkka egalik huquqi asosida oʻzlariga qarashli boʻlgan mol-mulk va pullarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari davlat, xoʻjalik, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar, oʻz navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmasi budjeti mablagʻining manbalari, mablagʻni shakllantirish va undan foydalanish tartibi kasaba uyushmalari ustavida belgilab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning oʻz ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalariga qarashli korxonalar va tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablagʻ miqdori va toʻlagan soliq miqdori davlat moliya idoralari va soliq inspeksiyalari tomonidan qonunlarga muvofiq ravishda nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq ravishda belgilab qoʻyilgan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, kasaba uyushmalarining banklarini, sugʻurta va aksionerlik jamiyatlarini, qoʻshma tijorat korxonalarini barpo etish, noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish, turli fondlar tuzish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Korxonaning kasaba uyushmalari faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish borasidagi vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona maʼmuriyati kasaba uyushmalariga ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan jihozlangan binolarni foydalanish uchun tekinga beradi, binolarni berish shartlari maʼmuriyat va kasaba uyushmalari ishtirokida mehnat jamoasining qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa shartnomasi tuzish chogʻida qabul qilingan qarorga muvofiq korxona kasaba uyushmalariga oʻz balansida turgan yoki oʻzi ijaraga olgan binolar, xonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolari bilan madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan dam olish maskanlarini, bolalar-oʻsmirlar lagyerlari va boshqa sogʻlomlashtirish lagyerlarini bepul foydalanish uchun beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona kasaba uyushmalariga jamoa shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun qonunlarda belgilab qoʻyilgan miqdorda mablagʻ oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonada ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 2-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
638-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 344-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 546-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)