Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 02.03.1995 yildagi PF-1084-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.03.1995 yildagi PF-1084-son
Date of entry into force
02.03.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 02.03.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT VA IJTIMOIY QURILIShIDA XOTIN-QIZLARNING ROLINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza etilganligini kuchaytirish, shuningdek vazirliklar, idoralar, hududiy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari yangi lavozimi joriy etilsin, uning zimmasiga xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini yanada oshirish bilan bogʻliq masalalarni boshqarish yuklansin. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi ayni paytda Bosh vazirning oʻrinbosari etib tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, hokimlarning oʻrinbosarlari lavozimlarini joriy etsinlar. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur lavozimlarni tegishli xotin-qizlar qoʻmitalarining raislari egallaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida — 4 kishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida — 3 kishi, shaharlar hokimliklarida — 2 kishi, tumanlar hokimliklarida — 1 kishidan iborat ishchi organlari tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy etiladigan lavozimlarni va ishchi organlarni taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 2-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1084-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 71-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 251-modda)