Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.02.1995 yildagi PF-1080-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.1995 yildagi PF-1080-son
Date of entry into force
07.02.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 07.02.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

ISh HAQI, PENSIYALAR, NAFAQALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1995-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqining eng kam miqdori — oyiga 150 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 430 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadi — oyiga 200 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulli) razryad — oyiga 300 soʻm etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1995-yil 1-martdan boshlab ish haqining hozir amalda boʻlgan birinchi razryaddan boshlab va pensiyalarning barcha turlari miqdorlari, eng kam pensiyadan tashqari, oyiga oʻrtacha 350 soʻmga oshirilsin, ularga alohida toʻlanadigan 150 soʻm miqdordagi kompensatsiya toʻlovlari kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Stipendiyalardan daromad soligʻi olinmasligini eʼtiborda tutib, 1995-yil 1-martdan boshlab oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari asosiy miqdorlari 300 soʻmga (150 soʻm kompensatsiya hisobga olingan holda) oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1995-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga beriladigan har oylik kompensatsiya toʻlovlari bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 1995-yil 1-martdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha onalarga beriladigan nafaqa oyiga 250 soʻm miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa oyiga 400 soʻm miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 300 soʻm miqdorda belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Eng kam ish haqiga foiz nisbatida hisoblab chiqiladigan ish haqiga ustama va qoʻshimchalarning barcha turlari, shuningdek bolali oilalarga beriladigan nafaqa va boshqa toʻlovlar 1995-yil 1-martdan boshlab mazkur Farmon bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar mazkur Farmondan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar respublika davlat budjeti va Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar ish haqi miqdorlari oshirilishini eng kam ish haqining mazkur Farmon bilan belgilangan oshirilishini taʼminlagan holda oʻz daromad manbalari hisobidan amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 31-avgustdagi PF-940-son va 1994-yil 31-oktabrdagi PF-977-son Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi PF-871-son Farmonining 1-bandi toʻrtinchi xat boshi (nafaqalar miqdoriga oid qismi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 7-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1080-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 68-modda; 4-son, 70-modda; 1995-y., 10-11-son, 218-modda)