25.05.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2231
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 25.05.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2231
Date of entry into force
04.06.2011
Hujjat 04.06.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NOTARIAL TASDIQLANGAN HUJJATLARGA TENGLASHTIRILADIGAN VASIYATNOMALAR VA ISHONCHNOMALARNI TASDIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. MUHITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 25-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova), “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnoma — fuqaroning oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkini yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini oʻzi vafot etgan taqdirda boshqa shaxsga oʻtkazish xususidagi xohish istagi bildirilgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchnoma — bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 136 va 1126-moddalari hamda “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq quyidagilar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar va ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari va ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari va ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism boʻyicha oʻrinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida sanab oʻtilgan vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlash huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxslar deb yuritiladi) tarkibi kengaytirib talqin etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan, qidiruv yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash masalalari boʻyicha umumiy asoslarda davlat notarial idoralariga murojaat etish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mansabdor shaxslar vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Yoʻriqnomaga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mansabdor shaxslarning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻi bilan amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mansabdor shaxs vasiyat qiluvchiga yoki ishonch bildiruvchiga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashadi. Shu maqsadda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnoma va ishonchnomalarni rasmiylashtirishdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni ularga tushuntiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlash munosabati bilan vujudga keladigan oqibatlar toʻgʻrisida ogohlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning iltimosiga koʻra zarur hollarda vasiyatnomalar va ishonchnomalar loyihasini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnoma va ishonchnomalarni oʻzgartirish yoki bekor qilish tartibini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlashning umumiy qoidalari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mansabdor shaxs voyaga yetgan shaxslarning murojaatiga binoan ularning vasiyatnomalari va ishonchnomalarini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlashda mansabdor shaxs vasiyat qiluvchi va ishonch bildiruvchilarning shaxsini, shuningdek fuqarolarning muomala layoqatini belgilangan tartibda aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlashda mansabdor shaxs vasiyat qiluvchi va ishonch bildiruvchilarning shaxsini quyidagi hujjatlarga asosan aniqlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — milliy pasport;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mansabdor shaxsda vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u vasiyatnomani yoki ishonchnomani tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori bor-yoʻqligini aniqlaydi. Agar mazkur fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, mansabdor shaxs notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi. Agar mansabdor shaxsning ushbu harakatidan vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi norozi boʻlsa, mansabdor shaxs uning ustidan shikoyat qilinishi mumkinligini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mazkur fuqaro sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, mansabdor shaxs notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vasiyatnoma yoki ishonchnomani tasdiqlashdan oldin mansabdor shaxs hujjat loyihasini ovoz chiqarib oʻqib beradi yoxud vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining oʻzi uni oʻqib chiqadi. Agar vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi hujjat loyihasining matniga rozi boʻlsa, u mansabdor shaxs ishtirokida uni imzolaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agar vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra vasiyatnomani yoki ishonchnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, vasiyatnoma yoki ishonchnomani uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va mansabdor shaxs hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda vasiyatnoma yoki ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida qayd etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun boʻyicha merosxoʻrlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savodsiz boʻlgan shaxslar va vasiyatnomani oʻqiy olmaydigan boshqa shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolgʻon guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mansabdor shaxs ishonch bildiruvchining oʻrniga ishonchnomani imzolashi man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vasiyatnoma va ishonchnomalarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, vasiyatnoma va ishonchnomalarning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan yozilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida mansabdor shaxsning imzosidan oldin takroran izohlanishi, mansabdor shaxsning imzosi va tegishli tashkilotning muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar mansabdor shaxsning imzosidan oldin izohlanishi hamda uning imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vasiyatnoma yoki ishonchnoma qonun talablariga muvofiq boʻlmagan, yaʼni qonunlarni chetlab oʻtish maqsadida davlat va jamiyatning manfaatlariga zid holda amalga oshirilayotgan taqdirda mansabdor shaxs bunday notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mansabdor shaxs oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni tasdiqlashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar va ishonchnomalar mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi. Vasiyatnoma yoki ishonchnoma qayd etilgan tartib raqami tegishli vasiyatnoma yoki ishonchnomaning barcha nusxalaridagi tasdiqlovchi yozuvga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vasiyatnomani tasdiqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tasdiqlanayotgan vasiyatnoma bir kishining nomidan tuzilishi kerak. Bir necha kishining (er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar va boshqalar) nomidan tuzilgan vasiyatnomalar tasdiqlanishi mumkin emas. Homiyning oʻz homiyligidagi shaxs nomidan, shuningdek ishonchnoma asosida vasiyatnomani tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Fuqaro vasiyatnomani tasdiqlash uchun murojaat qilganda, mansabdor shaxs ushbu fuqaroni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1134 — 1147-moddalari bilan aniqlanadigan qonun boʻyicha vorislari doirasi bilan tanishtiradi va unga quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini (jumladan, oddiy uy-jihozlari va roʻzgʻor buyumlari, banklardagi omonatlarini) qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qoldirishi, vasiyatnomada qonun boʻyicha merosxoʻrlardan birini, bir nechtani yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishi mumkinligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) agar vasiyatnoma bir necha kishining nomiga tuzilgan boʻlsa, vasiyatnomada mulkning ularga tegadigan ulushini koʻrsatishi mumkinligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) vasiyatnomani istalgan paytda vasiyatnoma saqlanayotgan davlat notarial idorasiga ariza berish yoʻli bilan oʻzgartirishi yoki bekor qilishi, jumladan, yangi vasiyatnoma tuzish yoʻli bilan uni qisman yoki toʻliq bekor qilishi mumkinligini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari talablarini tushuntirib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vasiyatnoma bekor qilinganda, vasiyat qiluvchining yozma arizasiga koʻra tegishli notarius tomonidan vasiyatnomaning barcha nusxalari ustiga vasiyatnoma bekor qilinganligi haqida ustxat yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vasiyatnoma loyihasini tuzishda mazkur Yoʻriqnomaning 2 (agar vasiyat qiluvchi oʻzining barcha mol-mulkini vasiyat qilmoqchi boʻlsa) va 3-ilovalaridagi (agar vasiyat qiluvchi oʻz mulkining bir qismini vasiyat qilmoqchi boʻlsa) namunaviy shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vasiyatnoma ikki nusxada tuziladi va tasdiqlanadi. Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan imzolanganidan soʻng mansabdor shaxs uni tasdiqlaydi. Vasiyatnomani tasdiqlashda unga mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi va mansabdor shaxs tomonidan imzolanib muhr qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Yoʻriqnomaning 9-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda vasiyat qiluvchining vasiyatnomani shaxsan imzolay olmaslik sababi koʻrsatilgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi yozuv qoida tariqasida vasiyat qiluvchining imzosi ostiga yoki vasiyatnomaning orqa tomoniga yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi va mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, tashkilotning muhri bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomaga retseptlar, kasallik varaqalari va boshqa maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan muhrlar qoʻyilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani vasiyat qiluvchi shaxs tomonidan tuzilishi, imzolanishi va mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanishi bir kunda amalga oshirilishi shart. Mansabdor shaxs tasdiqlovchi yozuvda vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan imzolangan va tasdiqlangan kunnigina emas, balki soatini ham koʻrsatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bosh shifokor (uning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosari yoki navbatchi shifokor) bir vaqtning oʻzida davolovchi shifokor boʻlgan hollarda, vasiyatnoma u tomonidan davolovchi shifokor sifatida emas, balki bosh shifokor (uning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosari yoki navbatchi shifokor) sifatida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani tasdiqlovchi navbatchi shifokorning imzosi qoʻshimcha tasdiqlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek vasiyat qiluvchining vasiyat qilinayotgan shaxs bilan qarindoshlik asoslarini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxs vasiyatnomaning bir nusxasini vasiyat qiluvchiga beradi, ikkinchi nusxasini esa vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi meros rasmiylashtiriladigan davlat notarial idorasiga saqlash uchun oʻn kun muddat ichida yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyat qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki uning doimiy yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan davlat notarial idorasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Omonat vasiyat qilinganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar omonatning hammasi vasiyat qilinsa, vasiyatnomada uning aniq miqdori koʻrsatilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar omonatning maʼlum bir qismi vasiyat qilinsa, vasiyatnomada uning ulushi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omonat miqdori omonatchining oʻlimiga qadar oʻzgarib turishi tufayli, vasiyatnomada omonatning aniq miqdori koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ishonchnomalarni tasdiqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mansabdor shaxs bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha shaxslar nomidan berilgan ishonchnoma agar unda koʻrsatilgan harakatlar ishonch bildiruvchi shaxslarning har birini emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlariga taalluqli boʻlsagina tasdiqlanadi (masalan, bir necha vorislarning nomidan ularning meros ishlarini yuritish uchun ishonchnoma berishlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy roʻyxatga olingan manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ishonchnomalarni tasdiqlashda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkni boshqarish va tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyni sotish uchun ishonchnoma mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oylik ish haqi (nafaqa)ni olish uchun ishonchnoma mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma olish uchun ishonchnoma mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa masalalar boʻyicha beriladigan ishonchnomalar ham yuqorida koʻrsatilgan shakllar asosida tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ishonchnomada ishonchli vakilga berilgan vakolatlar aniq koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchnoma uni berayotgan shaxs tomonidan imzolanganidan keyingina mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi va mazkur Yoʻriqnomaning 10-11-ilovalariga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ishonchnoma ishonch bildiruvchi shaxsga beriladi yoki uning iltimosiga koʻra uning hisobidan ishonchli vakilga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mansabdor shaxs vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlashni rad etishda “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasi asosida uning sabablarini yozma ravishda bayon etadi. Mansabdor shaxs tomonidan vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlashni rad etish mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mansabdor shaxs tomonidan vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlanganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KITOBI

Tartib raqami‎

Tasdiqlash sanasi‎ Vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining F.I.O. va yashash joyi ‎ Vasiyatnoma yoki ishonchnoma-ning qisqacha mazmuni‎ Hujjatning olinganligi haqida imzo‎ Vasiyatnomani qaysi davlat notarial idorasiga joʻnatil-ganligi haqida belgi‎

1‎

2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

VASIYATNOMA

‎20__ yil “__” __________ kuni.‎

‎‎‎Men, ____________________________________________________

(vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi

________________________________________________________‎‎

va yashash joyi)

_______________________________________________________da

‎‎(vasiyat qiluvchi turgan “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlardan birining nomi)

‎‎davolanib turib, oʻlimim ehtimoliga koʻra, quyidagi farmoyishimni (topshirigʻimni) beraman.

Oʻlimimga qadar menga tegishli boʻlgan mol-mulkimni, uni qayerda joylashganligidan va nimadan iborat ekanligidan qatʼi nazar,‎‎

‎‎_______________________________________________________ga

‎‎(vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilayotgan boʻlsa, ushbu shaxs (shaxslar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi)

vasiyat qilib qoldiraman.‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmuni menga tushuntirildi.

‎‎Ushbu vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib imzolandi va bittasi vasiyat qiluvchi ______________________ga beriladi, ikkinchisi

(F.I.O.)‎‎

‎‎________________________________________________________

(vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasining nomi)‎‎

davlat notarial idorasiga saqlash uchun yuboriladi.‎‎

‎Vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi,
‎otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzo:_____________________
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

VASIYATNOMA

‎20__ yil “__” __________ kuni.‎

‎‎‎Men, ____________________________________________________

(vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi

________________________________________________________‎‎

va yashash joyi)

_______________________________________________________da

‎‎(vasiyat qiluvchi turgan “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlardan birining nomi)

‎‎davolanib turib, oʻlimim ehtimoliga koʻra, quyidagi farmoyishimni (topshirigʻimni) beraman.

Oʻlimimga qadar menga tegishli boʻlgan barcha mol-mulkimdan uy-joyimni (uy-joyning aniq manzili koʻrsatilishi mumkin) ________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________ga

‎‎(vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilayotgan boʻlsa, ushbu shaxs (shaxslar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi)

vasiyat qilib qoldiraman.‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmuni menga tushuntirildi.

‎‎Ushbu vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib imzolandi va bittasi vasiyat qiluvchi ______________________ga beriladi, ikkinchisi

(F.I.O.)‎‎

‎‎________________________________________________________

(vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasining nomi)‎‎

davlat notarial idorasiga saqlash uchun yuboriladi.‎‎

‎Vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi,
‎otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzo:_____________________
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

‎‎Vasiyat qiluvchi tomonidan shaxsan imzolangan vasiyatnomaning tasdiqlovchi yozuvi

‎20__ yil “__” __________ kuni.‎
‎‎Ushbu vasiyatnomani men, __________________________________

‎‎(tashkilotning nomi, vasiyatnomani tasdiqlovchi mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi) ‎

tasdiqladim.‎
Vasiyatnoma fuqaro ___________________________________‎‎_____

‎‎(vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

tomonidan mening huzurimda imzolandi.‎‎
‎‎Vasiyat qiluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi.
‎‎Roʻyxatga olish kitobiga ____________ raqami bilan qayd etildi.

‎Vasiyatnomani tasdiqlovchi
‎mansabdor shaxsning lavozimi va imzosi:‎_____________________‎

‎‎
‎(tashkilotning muhri)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA

‎Vasiyat qiluvchining iltimosiga koʻra boshqa shaxslar tomonidan imzolangan vasiyatnomaning tasdiqlovchi yozuvi

‎20__ yil “___” _________ kuni.
Ushbu vasiyatnomani men, __________________________________‎

(tashkilotning nomi, vasiyatnomani tasdiqlovchi mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

tasdiqladim.‎
Fuqaro _____________________________________________ ning

‎(vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎________________________________________________________

‎(savodsizligi, kasalligi, koʻzi ojizligi va hokazo)‎

‎tufayli uning iltimosiga koʻra va mening huzurimda vasiyatnomani fuqaro
‎________________________________________________________

‎(vasiyatnomani vasiyat qiluvchining iltimosiga koʻra imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

imzoladi.‎
‎Vasiyat qiluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi.‎
‎Vasiyatnomani imzolovchining shaxsi aniqlandi va muomalaga layoqatliligi tekshirildi.‎
‎‎Roʻyxatga olish kitobiga ____________ raqami bilan qayd etildi.
‎‎
‎Vasiyatnomani tasdiqlovchi
‎mansabdor shaxsning lavozimi va imzosi:_____________________

‎(tashkilotning gerbli muhri)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
6-ILOVA

Mulkni boshqarish va tasarruf etish huquqi bilan beriladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISHONCHNOMA

____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan joy)‎

____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan yil, oy, kun)‎

‎Men, quyida imzo chekuvchi, _________________________________

‎‎(ishonch bildiruvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

_______________________________________________________ga

‎(ishonchli vakilning manzili, familiyasi, ismi, ota ismi)

‎mening barcha mol-mulkimni, uning nimadan iborat ekanligi va qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, boshqarishga va tasarruf etishga vakolat beraman (avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno).‎

U shu vakolatni bajarishi yuzasidan qonun bilan taqiqlanmagan barcha bitimlarni tuzish, yaʼni, sotish, hadya etish, hadya sifatida qabul qilish, ayirboshlash, garovga qoʻyish, uy-joylar va boshqa mulklarni garovga olish, ijaraga berish, tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, tashkilotlardan, jumladan banklar, aloqa boʻlimlari va telegraflardan barcha asoslar boʻyicha menga tegishli boʻlgan pullarni (omonatlarni), qimmatbaho qogʻozlarni va hujjatlarni qabul qilish, mening bankdagi hisob raqamimdan foydalanish, mening mulkim boʻyicha pochta, telegraf va boshqa barcha turdagi xat xabarlarni olish huquqiga ega.

Ishonchnoma _________ muddatga berildi.‎‎‎

‎Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi,
‎otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi:___________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
7-ILOVA

Uy-joyni sotish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISHONCHNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan joy)‎

____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan yil, oy, kun)‎

‎Men, quyida imzo chekuvchi _________________________________
‎________________________________________________________

(ishonch bildiruvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎ushbu ishonchnoma bilan __________________________________ga

‎(ishonchli vakilning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎menga tegishli boʻlgan _____________________________________

‎‎(sotish uchun ishonchnoma berilayotgan uy-joyning manzili)‎

‎oʻzi istagan narx va shartlar asosida sotishga vakolat beraman.

‎Unga lozim boʻladigan barcha maʼlumotnomalarni olish, oldi-sotdi shartnomasini tuzish va imzolash, menga tegishi kerak boʻlgan pullarni olish va ushbu vakolatni bajarish yuzasidan lozim boʻladigan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqini beraman.

‎Ushbu ishonchnoma vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqisiz (huquqi bilan) _______________ muddatga berildi.‎

‎Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi,
‎otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi: ___________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
8-ILOVA

Oylik ish haqi (nafaqa)ni olish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISHONCHNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan joy)‎

____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan yil, oy, kun)‎

‎Men, quyida imzo chekuvchi, _________________________________

‎‎(ishonch bildiruvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎ushbu ishonchnoma bilan __________________________________ga

(ishonchli vakilning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎_____________________________________________________dan‎

(qaysi tashkilotning kassasidan olinadi)

‎20___ yilning _________________ oyi uchun menga tegishli boʻlgan oylik ish haqi (nafaqa)ni olishiga vakolat beraman.‎

‎Oylik ish haqi (nafaqa)ni olganlik haqida mening oʻrnimga imzo qoʻyish va ushbu vakolatni bajarish yuzasidan lozim boʻladigan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqini beraman.‎

‎Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi,
‎otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi: ___________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
9-ILOVA

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma olish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISHONCHNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan joy)‎

____________________________‎

(ishonchnoma tuzilgan yil, oy, kun)‎

‎Men, quyida imzo chekuvchi _________________________________‎

‎(ishonch bildiruvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎ushbu ishonchnoma bilan __________________________________ga‎

‎(ishonchli vakilning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎_____________________________________________________dan

‎(davlat notarial idorasining manzili va nomi)‎

‎merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma olishga vakolat beraman.‎

‎Ushbu vakolatni bajarish uchun mening nomimdan ariza berishi, lozim boʻladigan boshqa maʼlumot va hujjatlarni olishi hamda mening oʻrnimga imzo qoʻyish huquqini beraman.‎

‎Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi,
‎otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi: ___________________
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
10-ILOVA

‎Ishonchnoma beruvchi tomonidan shaxsan imzolangan ishonchnomaning tasdiqlovchi yozuvi‎

‎20__ yil “___” _________ kuni.‎
Ushbu ishonchnomani men, __________________________________

‎(tashkilotning nomi, ishonchnomani tasdiqlovchi mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

tasdiqladim.‎
‎Ishonchnoma fuqaro _______________________________________

‎‎(ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎tomonidan mening huzurimda imzolandi.

Ishonch bildiruvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi.

‎Roʻyxatga olish kitobiga _________ raqami bilan qayd etildi.

‎‎Ishonchnomani tasdiqlovchi
‎mansabdor shaxsning lavozimi va imzosi: ____________________

‎‎(tashkilotning muhri)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
11-ILOVA

Ishonch bildiruvchining iltimosiga koʻra boshqa shaxslar tomonidan imzolangan ishonchnomaning tasdiqlovchi yozuvi

‎20__ yil “__” __________ kuni.‎
Ushbu ishonchnomani men, __________________________________

‎(tashkilotning nomi, ishonchnomani tasdiqlovchi mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

tasdiqladim.‎
‎Fuqaro _____________________________________________ning‎

‎(ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎________________________________________________________‎

‎(savodsizligi, kasalligi, koʻzi ojizligi va hokazo)

‎tufayli uning iltimosiga koʻra va mening huzurimda ishonchnomani fuqaro _____________________________________
‎________________________________________________________

‎(ishonchnomani ishonch bildiruvchining iltimosiga koʻra imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

imzoladi.‎

‎Ishonch bildiruvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi.

‎Ishonchnomani imzolovchining shaxsi aniqlandi va muomalaga layoqatliligi tekshirildi.

Roʻyxatga olish kitobiga ____________ raqami bilan qayd etildi.

‎‎Ishonchnomani tasdiqlovchi
‎mansabdor shaxsning lavozimi va imzosi: ____________________

‎‎(tashkilotning muhri)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
12-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎Vasiyatnoma (ishonchnoma)ni tasdiqlashni rad etishning namunaviy matni

20__yil “___” __________ kuni.
‎‎
‎Men, ___________________________________________________

(tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎____________________________________________________ning

‎(murojaat qiluvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎vasiyatnoma (ishonchnoma)ni tasdiqlash haqidagi murojaatini koʻrib chiqib, _____________________________________ tufayli

(rad etish asoslari koʻrsatiladi)

‎“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga asosan vasiyatnoma (ishonchnoma)ni tasdiqlashni rad etaman. Ushbu rad etish yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

‎‎‎Mansabdor shaxsning
‎lavozimi va imzosi: ______________________________________

‎‎(tashkilotning muhri)