Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 31.12.1996 yildagi PF-1692-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 31.12.1996 yildagi PF-1692-son
Date of entry into force
31.12.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 31.12.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada musiqiy taʼlimni, madaniyat va sanʼat oʻquv yurtlari faoliyatini yaxshilash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh avlodni oʻzbek madaniyati va sanʼati anʼanalari, ilgʻor jahon andozalari asosida bilim olishini taʼminlash hamda ushbu soha oʻqituvchi, ilmiy-ijodiy xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, shuningdek, respublika madaniyat va sanʼat bilim yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining oʻz tasarrufidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarini “Taʼlim muassasalari” roʻyxatiga kiritish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari (direktor, direktor oʻrinbosari, oʻqituvchi va konsertmeystyerlar)ga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-yanvardagi 3-sonli qarorida belgilangan imtiyozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari, konsertmeystyerlariga hamda Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-sonli qarorida belgilangan moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha barcha imtiyozlar tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirlik, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda yosh avlodni vatanparvarlik hamda istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, boy milliy-maʼnaviy merosimiz, hozirgi zamon ijodiy yutuqlarimiz, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, oʻrganish va oʻzlashtirish ishlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqib amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar musiqa va sanʼat maktablari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida iqtidorli yoshlarning milliy anʼanalarni chuqur oʻrganish va oʻzlashtirish, shuningdek, jahon andozalariga mos ravishda taʼlim olishlari uchun maxsus oʻquv dasturlarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yurtlarini yuqori sifatli cholgʻu asboblari va zarur zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodir, qimmatbaho musiqa asboblarini toʻplash, asrash, ulardan unumli foydalanish maqsadida vazirlik huzurida “Musiqiy cholgʻular davlat kolleksiyasi”ni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼdodli yoshlarni sanʼat sohasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi koʻrik-tanlovlar, festivallar va boshqa turdagi anjumanlarda ishtirok etishlari, ularning chet ellarga ijodiy safarlarga chiqishlari, shuningdek, mamlakatimizda bunday tadbirlarning oʻtkazilishini taʼminlash topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda koʻzda tutilgan sarf-xarajatlarni Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmasiga muvofiq respublika budjetidan qoplasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank tegishli mablagʻlarni belgilangan tartibda erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Joylardagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilarini moddiy ragʻbatlantirish va bilim yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ommaviy axborot vositalariga yoshlarning madaniyat va sanʼat sohasida erishayotgan yutuqlarini keng targʻib qilish, yangi isteʼdodlarni izlab topish va ularni tanitishda bevosita ishtirok etish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1692-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 13-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda)