Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022 01.11.1996 yildagi PF-1617-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.11.1996 yildagi PF-1617-son
Date of entry into force
01.11.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq va suv xoʻjaligini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, tuproq unumdorligini, sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirish masalalarida ularning mustahkam oʻzaro aloqasini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjalik vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi davlat boshqaruv organi deb belgilab qoʻyilsin va uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlar unumdorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan yagona strategik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish. Respublika suv xoʻjaligi tashkilotlarining, loyiha-qidiruv, ilmiy, gidrogeologiya-meliorativ, tuproq-yer tuzilishi hamda taʼmirlash-qurilish muassasalari va korxonalari imkoniyatlaridan har tomonlama oqilona foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizdagi ilgʻor tajriba va jahondagi eng yaxshi yutuqlarni uygʻunlashtirib, qishloq va suv xoʻjaligida yagona ilmiy-texnikaviy va texnologik siyosatni yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini oqilona tashkil etish maqsadida ularning manfaatlarini birlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish, fermerlik harakati va xususiy tashabbuskorlikni butun choralar bilan qoʻllab-quvvatlash, respublika hududida qishloq xoʻjalik mahsulotlarining ulgurji va mayda ulgurji bozorlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi tarkibini oqilona tashkil etish, almashlab ekish va ekinlarni navbat bilan ekishning maqbul sxemalarini joriy etish, bozor talablariga qarab ekin maydonlari tarkibi va qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish hajmini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat majmui holatini tahlil etish va uni rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xomashyo yetishtirish hamda ular harakatda boʻladigan aniq maqsadni koʻzlovchi dastur va balanslarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻchiligini, chorvachilikda naslchilik ishini va veterinariya xizmatini tashkil etish, urugʻlik sifatini, pestitsid va oʻgʻitlarning qoʻllanilishi, tuproq eroziyasining oldini olish, oʻsimliklar va hayvonlar kasalliklari tarqalishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini har tomonlama mexanizatsiyalash, yangi turdagi texnika, mashina va mexanizmlarni joriy etish asosida uni intensivlashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining barcha toifalarida yer va suvdan samarali foydalanishni davlat yoʻli bilan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshirish;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadimdan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangilash, yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻorishning ilgʻor usullarini joriy etish choralarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologiya muammolari va Orol dengizi havzasi muammolarini hisobga olib, barcha suv isteʼmolchilari va suvdan foydalanuvchilar manfaatlarini koʻzlagan holda suv resurslarini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta kanallar, yirik suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari va tizimlarini davlat yoʻli bilan boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va oʻrta maxsus taʼlimni tashkil etish, fermerlarni oʻqitish, xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, agrosanoat majmui sohasida davlat kadrlar siyosatini oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va tegishli hudud hokimiga boʻysunishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tarkibidagi mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari, korporatsiyalar va boshqa tashkilotlar saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari er, suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilish turlaridan, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini tashkil etish shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va muassasalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirish uchun ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini tuzishga doir tashkiliy masalalarni hal qilish uchun tashkilot qoʻmitasi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish, uning tarkibi, shtatlar soni va vazirlik toʻgʻrisidagi Nizom haqida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ikki hafta muddatda tayyorlash topshirilsin. Qaror loyihasini tayyorlash chogʻida ikki vazirlik negizida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun zarur ragʻbatlantiruvchi sharoit yaratishi lozim boʻlgan mutlaqo yangi boshqaruv organi barpo etilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 8-dekabrda chiqargan “Oʻzbekiston SSR agrosanoat majmuini boshqarish strukturasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 107-Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 1-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1617-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 10-son, 207-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)