Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025 18.04.2011 yildagi PF-4301-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.04.2011 yildagi PF-4301-son
Date of entry into force
18.04.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FERMER XO‘JALIKLARINI QAYTA TASHKIL ETISH VA ULARNING YER MAYDONLARINI OPTIMALLASHTIRISHDA QONUNCHILIKKA RIOYA ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qayd etilsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, fermer xo‘jaliklari davlat mulki bo‘lgan yer maydonlarini ijara shartnomasini tuzish yo‘li bilan uzoq muddatli ijaraga berish asosida, fermer tomonidan shartnomada nazarda tutilgan tegishli majburiyatlar qabul qilingan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishga doir barcha masalalar mahalliy hokimiyat organlari yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga qat’iy muvofiq ravishda taqdim etiladigan da’volar asosida sud orqali hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishga doir da’vo arizalarini qo‘zg‘atish va ularni sudga oshirish uchun fermer tomonidan o‘z zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini chuqur tahlil etishda quyidagi holatlarning aniqlanishi asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer maydonlarini ijaraga olish shartnomasi shartlarini qo‘pol ravishda buzish, ya’ni, eng avvalo, fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jalik ekin maydonlaridan maqsadga muvofiq foydalanmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarini shakllantirish chog‘ida belgilangan fermer xo‘jaliklari ixtisoslashuvini buzish, kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilgan qishloq xo‘jalik ekinzorlaridan noratsional foydalanish, muntazam (uch yil mobaynida) normativ kadastr bahosidan past hosil olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida, avvalo, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining shartlarini muntazam (uch yil mobaynida) bajarmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik faoliyatini samarasiz va past rentabelli yuritish, fermer xo‘jaligini bankrot deb topish, jumladan, moddiy-texnik resurslar, ishlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmaslik.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirish masalalarini hal etishda amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Farmonning qoidalariga qat’iy amal qilsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda mansabdor shaxslar tomonidan suiiste’mol qilish va qonunchilikni buzish holatlarining oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 18-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4301-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 163-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 06/23/109/0469-son)