Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 08.08.1996 yildagi PF-1503-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.08.1996 yildagi PF-1503-son
Date of entry into force
08.08.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 30.09.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

TEKShIRIShLARNI TARTIBGA SOLISh VA NAZORAT QILUVChI ORGANLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning faoliyatiga asossiz aralashishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish etishni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (shaxsan Davlat soliq qoʻmitasining raisi V. S. Beganov) zimmasiga yuklatilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 30-sentabrdagi PF-1867-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 273-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini qonunchilik normalarida belgilangan huquqlarga muvofiq amalga oshiriladigan tekshirishlarning hammasi nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilgan holdagina oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reja asosida oʻtkaziladigan tekshirishlarning yillik, yarim yillik hamda har bir chorakka moʻljallangan jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks tekshirishlarni oʻtkazish amaliyotga joriy etilsin, bunda bir korxonadagi tekshirish barcha vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, shuning hisobiga oʻtkaziladigan tekshirishlar soni va masalalarni takrorlash keskin kamaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshiradigan idoraviy taftish xizmatlarining mavjudligi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari (Davlat soliq qoʻmitasi va moliya vazirligi bundan mustasno) konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar mavjud taftish xizmatlarini tugatsinlar va oʻz tarkibidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil etishning auditorlik shakllarini qoʻllasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur bandning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, 1997-yil budjetida boshqaruv idoralarining lavozimlari roʻyxatidagi tegishli oʻzgarishlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida tekshirishlarni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 10-dekabrdagi 696-son Farmon, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 8-noyabrdagi 574-son Farmoyishining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 8-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1503-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 8-son, 102-modda; 1997-y., 9-son, 273-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)