Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022 12.04.2001 yildagi PF-2829-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.04.2001 yildagi PF-2829-son
Date of entry into force
12.04.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KON-METALLURGIYA SANOATI UChUN YUQORI MALAKALI MUTAXASSISLAR TAYYORLAShNI TAShKIL QILIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qizilqumnodirmetalloltin” konserni hamda respublika kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, taʼlim dasturlarida vatanimiz hamda xorijiy konchilik va metallurgiya korxonalari tomonidan toʻplangan ilgʻor tajribadan keng koʻlamda foydalangan holda zamonaviy oʻqitish uslublarini joriy etish, taʼlim jarayonining ishlab chiqarish bilan aloqasini kuchaytirish asosida kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Navoiy davlat konchilik instituti oʻzining yuridik shaxs maqomi hamda budjetdan moliyalash manbalarini saqlab qolgan holda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tarkibiga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy davlat konchilik instituti “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalari hamda respublika kon-metallurgiya tarmogʻi uchun yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek konchilik va metallurgiya ixtisosidagi kasb kollejlari uchun muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining pensiya yoshidagi yuqori malakali mutaxassislarini Navoiy davlat konchilik institutida oʻqituvchilik faoliyatiga jalb etishni ragʻbatlantirish uchun ularga toʻlanadigan pensiya miqdori toʻla hajmda saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserniga oʻqishni tugatgach asosiy ishlab chiqarishlarda mutaxassisligi boʻyicha ishga keluvchi yosh mutaxassislarga korxonalar ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan quyidagilarni berishga ruxsat etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beriladigan summani keyinchalik soliqqa tortiladigan daromadga qoʻshmagan holda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravar miqdorigacha yoʻl puli;
(4-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy sotib olish uchun 10 yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida foizsiz ssuda. Yosh mutaxassis korxonada 5 yil ishlagandan keyin qolgan summa (koʻpi bilan 50 foizi korxona tomonidan toʻlanib, ssudaning shu qismi keyinchalik soliqqa tortiladigan daromadga qoʻshilmaydi.
(4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻquv yurtlarini tamomlagandan keyin konsern korxonalariga ixtisosi boʻyicha ishga keluvchi yosh mutaxassislarga yoʻl puli v uy-joy sotib olish uchun foizsiz ssudalar berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining asosli buyurtmanomalari boʻyicha yuqori malakali ishchilarni, mutaxassislarni hamda taʼlim muassasalarini bitiruvchilarni “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalaridagi asosiy ishlab chiqarishda ishlab turgan davrda muddatli harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirsin, zarur hollarda esa muqobil xizmatni oʻtashga ruxsat bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil qilish masalalari hamda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 12-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2829-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 67-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)