Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019 26.03.1996 yildagi PF-1414-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 26.03.1996 yildagi PF-1414-son
Date of entry into force
26.03.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019
Hujjat 24.10.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI IShLAShINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorining ishlash samaradorligini oshirish va uni davlat yoʻli bilan tartibga solish, uning qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, sarmoyadorlarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha Davlat komissiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi hamda uning joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmalari tarkibida hududiy boʻlinmalari tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida kasbga doir faoliyatni litsenziyalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini va uning ishtirokchilari faoliyatini shakllantirish hamda tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan talablarni, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari mutaxassislariga nisbatan malakaviy talablarni belgilaydi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi va malaka attestatlarini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emission qimmatli qogʻozlarni (davlatnikidan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan bitishuvlarni roʻyxatga olish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarni hisobga olish va hisobot standartlarini, qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan bitishuvlarning hisob registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollari aniqlanganda ular yuzasidan xulosalar chiqaradi hamda bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar xatarini cheklovchi shaxsiy mablagʻlar yetarliligi va boshqa koʻrsatkichlarning majburiy normativlarini, shuningdek davlatnikidan tashqari qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional va noprofessional qatnashchilari, ularning birlashmalari (uyushmalari), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari ijro etishlari uchun majburiy hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining rahbari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi va ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, Respublika “Toshkent” fond birjasining qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmatlarini koʻrsatuvchi nohukumat Agentligini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmatlarini koʻrsatuvchi Agentlikka xususiylashtirishdan tushayotgan mablagʻlar hisobidan 20 million soʻm miqdorida qaytarib olinmaydigan bir yoʻla moliyaviy yordam bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Agentlikni tuzish toʻgʻrisidagi zarur takliflarni kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida bir hafta muddat ichida qaror qabul qilib, Markazning strukturasini va uning toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 26-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1414-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)