Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 20.03.1996 yildagi PF-1411-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.03.1996 yildagi PF-1411-son
Date of entry into force
20.03.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 10.10.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EKSPORTGA MAHSULOT IShLAB ChIQARUVChI KORXONALARNI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyor mahsulot (xizmatlar)ning tashqi bozorlarga kirib borishiga koʻmaklashish, shuningdek eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga kredit berish mexanizmini yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1996-yil 1-apreldan boshlab tovarlarga ularning tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan chuqur ishlanishiga bogʻliq ravishda boj poshlinalarining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, hisobot yili yakunlari boʻyicha korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksport hajmlari oʻsishidan olingan erkin almashtiriladigan valyutadagi tushum foyda (daromad)dan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1996-yil 1-apreldan boshlab eksport qiluvchi korxonalar eksport qilinuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun foydalangan moddiy resurslar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur texnik-iqtisodiy asoslashlar mavjud boʻlgan taqdirda uch yil muddatga maxsus foizsiz zayomlar berish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun maxsus foizsiz zayomlar manbalari haqida taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning 2, 3, 4, 5-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar vositachi tashkilotlarga, shuningdek eksport qilinadigan xomashyo: paxta tolasi, lint, neft, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, gaz kondensati, tabiiy gaz, qimmatbaho, rangli va qora metallar, ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 17-iyundagi PF–872-son Farmonining 2, 3, 4, 5, 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda mazkur Farmon qoidalariga muvofiq boj poshlinalari stavkalarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1411-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 28-modda; 2000-y.,7-8-son, 241-modda; 2001-y., 5-son, 105-modda)