1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PAXTA TOLASINI SOTIShNING IChKI VA AMALDAGI NARXLARI OʻRTASIDAGI IJOBIY TAFOVUTDAN TUShADIGAN MABLAGʻLARNING BIR QISMINI JAMLASh VA ULARDAN FERMER XOʻJALIKLARINING FOYDALANIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiradigan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklari foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini (keyingi oʻrinlarda ijobiy tafovut deb ataladi) jamlash va keyinchalik fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining maxsus hisob raqamini ochish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi rahbarlari zimmasiga — ijobiy tafovut toʻgʻri hisoblab chiqilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va paxta tozalash korxonalari rahbarlari zimmasiga — ijobiy tafovut fermer xoʻjaliklariga oʻz vaqtida toʻlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Agrotexservis” MChJ, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALK, “Oʻzmashlizing” ShK rahbarlari zimmasiga — fermer xoʻjaliklaridan tushgan ijobiy tafovut mablagʻlarining tarmoq korxonalarining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini qoplashga maqsadli yoʻnaltirilishi uchun masʼuliyat yuklansin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 4-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-fevraldagi 30-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning ichki (sotish boʻyicha xarajatlarni hisobga olgan holda) va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutning (keyingi oʻrinlarda ijobiy tafovut deb ataladi) 50 foizini jamlash va ulardan paxta xomashyosi yetishtirayotgan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijobiy tafovut qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ijobiy tafovutning 50 foizi miqdoridagi mablagʻlarni jamlash va ulardan maqsadli foydalanish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi), “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tashkilotlariga va paxta tozalash korxonalariga, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Agrotexservis” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi, “Oʻzmashlizing” shuʼba korxonasi tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar deb ataladi), shuningdek fermer xoʻjaliklariga 23226-son maxsus hisob raqami ochiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ochilgan 23226-son maxsus hisob raqamlariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma talablari tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ijobiy tafovut summasini jamlash va undan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi hosil olingan yilning 5-dekabrigacha (2010-yil hosili boʻyicha 2011-yil 5-fevralgacha) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Jamgʻarmaga tayyorlangan paxta xomashyosi hajmining amaldagi qiymati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasini sotishdan mablagʻlar tushishiga qarab bir ish kuni mobaynida ijobiy tafovut summasining 50 foizini toʻlov topshirigʻi bilan Jamgʻarmaning 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma tomonidan har oyda oyning 5-kunidan kechikmay 23226-maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ijobiy tafovut summasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari boʻyicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bir ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ijobiy tafovut summasini paxta tozalash korxonalari boʻyicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq paxta tozalash korxonalarining 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tozalash korxonalari uch ish kuni mobaynida mablagʻlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ijobiy tafovutni fermer xoʻjaliklari boʻyicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq fermer xoʻjaliklarining 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi hosil boʻyicha ijobiy tafovutning jamlangan mablagʻlari fermer xoʻjaliklariga faqat ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan maʼlumotlar taqdim etilgandan keyin ushbu bandda belgilangan izchillikda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fermer xoʻjaliklarining 23226-son maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar ikki ish kuni mobaynida toʻlov talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan yoʻnalishlar boʻyicha fermer xoʻjaliklarining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlikni qoplash uchun mutanosib ravishda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fermer xoʻjaliklarida Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda mablagʻlardan moddiy-texnika resurslari va xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar xizmatlariga oldindan haq toʻlash uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xoʻjaliklari ixtiyoridagi yer uchastkalari hajmini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-oktabrdagi F-3512-son Farmoyishiga muvofiq maqbullashtirish jarayonida tugatilgan fermer xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan summa tugatilgan fermer xoʻjaliklarining majburiyatlarini qabul qilgan fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tashkilotlarining 23226-son maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar toʻlov topshiriqlari bilan Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALK, “Oʻzmashlizing” ShK”ning 23226-maxsus hisob raqamlariga tushadigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga muvofiq toʻlov topshiriqlari bilan toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 56-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida qarzdorlik mavjud boʻlmaganda mablagʻlar toʻlov topshirigʻi bilan keyinchalik Davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga yoʻnaltirilgan holda kreditorlik qarzlarni, shu jumladan tizim ichki kreditorlik qarzlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ob-havo sharoitlari yoki ekinlarning holati bilan bogʻliq agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish zarur boʻlgan ayrim hollarda fermer xoʻjaliklari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi ham Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining birgalikdagi yozma koʻrsatmalariga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tashkilotlari oldidagi qarzdorlikni qoplashga yoki oldindan haq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda toʻlovlar va hisob-kitoblar amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik ularni amalga oshirish jarayonida qatnashayotgan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari, tijorat banklari filiallari va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Banklarning xizmat koʻrsatuvchi filiallari tomonidan mablagʻlar oʻtishining kunlik monitoringi amalga oshiriladi va ularning markaziy apparatlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Jamgʻarmaga axborot taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomga muvofiq barcha hisob-kitoblar toʻgʻri amalga oshirilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va Davlat soliq qoʻmitasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201_ yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosining amaldagi qiymati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Hududiy aksiyadorlik birlashmalari nomi
Tayyorlangan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln soʻm)
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi ulushi ( %)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201_ yil ____ oyida jamlangan ______ mln soʻm miqdoridagi ijobiy tafovut summasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari boʻyicha taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201_ yil ____ oyida ______________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga tegishli boʻlgan ______ soʻm miqdoridagi ijobiy tafovut summasini paxta tozalash korxonalari boʻyicha taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitobi

Paxta tozalash korxonalari nomi
Tayyorlangan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln soʻm)
Paxta tozalash korxonalari ulushi (%)
Ijobiy tafovutning tegishli boʻlgan summasi* (mln soʻm)
1
2
3
4
5
Hammasi:
Shu jumladan paxta tozalash korxonalari boʻyicha
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
“Paxtasanoat” HAB rahbari
____________
__________________________
imzo
F.I.O.
M.Oʻ.
Bosh buxgalter
____________
__________________________
imzo
F.I.O.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ijobiy tafovut summasi viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha tayyorlangan paxta xomashyosi umumiy qiymatida paxta tozalash korxonalarining ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklari foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201_ yil ____ oyida ______________ paxta tozalash korxonasiga tegishli boʻlgan ______ mln soʻm miqdoridagi ijobiy tafovut summasini fermer xoʻjaliklari boʻyicha taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Fermer xoʻjaliklari nomi
Tayyorlan-gan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln soʻm)
Fermer xoʻjaliklari ulushi ( %)
Ijobiy tafovutning tegishli boʻlgan summasi* (mln soʻm)
1
2
3
4
5
Jami:
Shu jumladan:
1.
_________ f/x
2.
_________ f/x
3.
_________ f/x
4.
_________ f/x
5.
_________ f/x
6.
_________ f/x
7.
_________ f/x
8.
_________ f/x
9.
_________ f/x
10.
_________ f/x
11.
_________ f/x
Paxta tozalash korxonasi rahbari
____________
__________________________
imzo
F.I.O.
M.Oʻ
____________
__________________________
Bosh buxgalter
imzo
F.I.O.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ijobiy tafovut summasi tuman boʻyicha tayyorlangan paxta xomashyosi umumiy qiymatida fermer xoʻjaliklarining ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 48-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda)