26.03.2002 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.03.2002 yildagi 98-son
Date of entry into force
26.03.2002
Hujjat 26.03.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqning ishlab chiqarish infratuzilmasini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, mintaqalar aholisini sifatli ichimlik suvi taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar Kengashi “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda “Loyiha” deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga toʻlov muddati 25 yil, shu jumladan imtiyozli davri besh yil boʻlgan kredit berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkommunxizmat” agentligi kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya davri (2002 — 2006-yillar)da foizlar va vositachilik haqi Osiyo taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 1-yanvardan boshlab asosiy qarzni qoplash, kredit boʻyicha vositachilik haqi va foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari va kommunal-foydalanish birlashmalari, Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalarining oʻz mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda viloyatlar va shaharlar budjetlari zaxira jamgʻarmalari, shuningdek manfaatdor korxonalar va tashkilotlar mablagʻlari hisobiga Loyihani moliyalashtirishda qatnashishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditni qaytarish grafigi 1, 1a, 1b, 1v-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1, 1a, 1b, 1v-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyiha boʻyicha batafsil texnik-iqtisodiy hamda muhandislik-loyiha hujjatlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda kredit mablagʻlarini jamlash va qaytarish tartibi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi uchun masʼuliyat “Oʻzkommunxizmat” agentligiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Osiyo taraqqiyot banki bilan Kredit bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasidagi Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Loyiha bitimini, shuningdek Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari bilan kelishgan holda koʻrsatib oʻtilgan shaharlarning “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalari bilan Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Kredit bitimi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasidagi Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha bir hafta muddatda yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Moliya vazirligi 2003 — 2006-yillarga investitsiya dasturini shakllantirishda Loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirishda markazlashtirilgan manbalar hisobiga har yili 0,2 mln.AQSH dollari miqdorida kapital qoʻyilmalar limitini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzkommunxizmat” agentligi bir oy muddatda belgilangan tartibda 7 kishidan iborat Loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin, shuningdek Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari bilan kelishgan holda joylarda har biri 5 kishidan iborat Loyihani amalga oshirish guruhlarini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida erishilgan kelishuvga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilar va pudratchilardan xarid qilinadigan tovarlar (bajariladigan ishlar, xizmatlar) Hukumatning Loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida soliq toʻlovlari, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va bojxona toʻlovlari (yagona ijtimoiy toʻlov va bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalariga binoan mazkur Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalarning berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 26-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi 98-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtirish kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Toʻlaganov K.N.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash rahbari‎
2.‎ Xoʻjayev B.E.‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari‎
3.‎ Abdurahmonov M.S.‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
4.‎ Isroilov A.X.‎ Sirdaryo viloyati hokimi‎
5.‎ Yamanqulov U.Ya.‎ Jizzax viloyati hokimi‎
6.‎ Hamidov B.S.‎ Qashqadaryo viloyati hokimi‎
7.‎ Vafoyev Sh.A.‎ Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining guruh rahbari‎
8.‎ Isroilov J.I.‎ Vazirlar Mahkamasi Qurilish va qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, transport va aloqa kompleksining yetakchi mutaxassisi‎
9.‎ Xolmuhamedov U.O.‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori, Kengashning masʼul kotibi‎
Keyingi tahrirga qarang.