27.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2185
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 27.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2185
Date of entry into force
06.02.2011
Hujjat 03.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BOZORLAR, SAVDO KOMPLEKSLARI VA ULARNING FILIALLARIDA BIR MARTALIK YIGʻIMLAR, IJARA TOʻLOVLARI HAMDA KOʻRSATILGAN XIZMATLAR UCHUN TOʻLOVLARNI OʻZ VAQTIDA VA TOʻLIQ UNDIRILISHINI TASHKIL ETISH VA NAZORAT QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2185]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ–1257-son “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 27-martdagi PQ–2853-son “2017–2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17 -sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 18-sentabrda 102, 2000-119-son bilan tasdiqlangan “Bozorlarda savdo qilish joyi berilganligi va koʻrsatilgan xizmatlar uchun bir martalik yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi qatʼiy hisobotdagi pattalarni tayyorlash, ishlatish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (2000-yil 21-sentabr, roʻyxat raqami 971) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-52-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 27-dekabrdagi 108, 2010-52-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ–1257-son “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 27-martdagi PQ–2853-son “2017–2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17 -sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallari hamda ularning hududida savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar bozorlar va ularning filiallari daromadlarining manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir martalik yigʻimdan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovidan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining vaqtincha saqlash xizmatlari koʻrsatishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va sotishdan (dehqon bozorlari uchun) olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17 -sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Quyidagilar savdo komplekslari va ularning filiallari daromadlarining manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovidan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17 -sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bozorlarda va ustav fondida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan savdo komplekslarida miqdori har yili hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati hududiy organlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan bir martalik yigʻim toʻlovi, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar undiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17 -sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Bozorlarda bir martalik yigʻim toʻlovini undirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslar bir martalik yigʻimni toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik yigʻim har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bir martalik yigʻim toʻlovi toʻlovchilar tomonidan naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda avtomatlashtirilgan bank tizimi orqali nazorat-kassa mashinalari yoki toʻlov terminalining chekini berish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bir martalik yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisida berilgan chekda bozor nomi, chek berilgan vaqti va sanasi, toʻlov nomi (bir martalik yigʻim toʻlovi), toʻlov summasi, joy raqami, sotiladigan tovar nomi, nazorat-kassa mashinasining yoki toʻlov terminalining raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bir martalik yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi chek sotuvchida kunlik savdoning yakuniga qadar saqlanadi va uni boshqa shaxsga berish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarining maʼmuriyati (bundan keyingi oʻrinlarda maʼmuriyat deb yuritiladi) tasarrufida boʻlgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan va ularning xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar toʻlovchilari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkni ijaraga berish faqat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ijara toʻlovlari undirilishi maʼmuriyat va ijarachi oʻrtasida qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan ijara shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara toʻlovi ijarachi tomonidan har oyning 25-sanasiga qadar bozor yoki savdo kompleksining hisob raqamiga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar xizmatlar koʻrsatish boshlangunga qadar, naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda avtomatlashtirilgan bank tizimi orqali nazorat-kassa mashinalari yoki toʻlov terminalining chekini berish orqali undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Bozor va savdo komplekslarini boshqarish. Sotuvchilarning, bozor va savdo komplekslari maʼmuriyatining huquq va majburiyatlari
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17-sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bozorni boshqarish bozor maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi, unga Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari (bundan buyon matnda Bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish uchun javobgarlik yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bozorda sotuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari talablariga muvofiq savdo faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor maʼmuriyatidan Bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga muvofiq ishlash uchun shart-sharoitlar bilan taʼminlashni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor maʼmuriyatidan bozorning ish tartibi va rejimi boʻyicha zarur tushuntirishlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor maʼmuriyati tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining faoliyati nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilayotganda bozor maʼmuriyati xodimlarini taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor maʼmuriyatiga bozor faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga, bir martalik yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi chekka, xususiy tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga (oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish holatlaridan tashqari) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga ega boʻlish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat bozor maʼmuriyati tomonidan belgilangan joylardagina savdo qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat bozor maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan tarozilar va boshqa oʻlchov asboblaridan foydalanish (turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo oʻrinlarini toza va tartibli saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor maʼmuriyati va nazorat qiluvchi organlarning qonuniy talablarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bozor maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga bozorda savdo faoliyatini amalga oshirish hamda xizmatlar koʻrsatish uchun shartnoma asosida turgʻun savdo shoxobchalari berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlarda jismoniy shaxslarga faqat ularda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlganda, ular bir martalik toʻlovni toʻlagan taqdirda yozma shartnomalar tuzmasdan savdo oʻrinlari berish (oʻzlari yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, chorva mollarini, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar vakillari bozorlarda oʻz funksiyalarini amalga oshirayotganda ularga hamrohlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijarachilar tomonidan ijara toʻlovi toʻlanmaganda, shuningdek bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishga qonunda belgilangan talablar bir necha marta buzilganligi holatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda savdo oʻrinlari taqdim etish, turgʻun savdo shoxobchalarini ijaraga berish yuzasidan ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor hududida tarozilar va boshqa oʻlchov anjomlarini ijaraga berish, yuk saqlash joylarini tashkil etish, yuklarni tashish uchun aravachalarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlar faqat belgilangan tariflarga muvofiq bozor maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bozor maʼmuriyati quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar va oʻz xodimlari tomonidan Bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon bozorlarida sotuvchilarni qatʼiy ajratilgan savdo oʻrinlari boʻyicha joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo oʻrinlari berishda bir martalik yigʻim undirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriyat bilan ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida har oylik ijara toʻlovining oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan majburiy va boshqa xizmatlar uchun bir martalik yigʻim, ijara toʻlovlari va boshqa tushumlarning bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisobga olish yoʻli bilan bank kassalari orqali qabul qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjetlarga, shuningdek budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor ishlarini va bozor faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilovchi va atrof muhitni muhofaza qilishni, bozor joylashgan hududdagi epidemiologik, epizootik va ekologik xavfsizlikni taʼminlovchi veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ekspress analiz laboratoriyasini tashkil etib, tegishli sertifikat berish va tegishli sertifikatga ega boʻlmagan mahsulotlarni sotishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini saqlash, qoʻriqlashni tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish, bozorning normal faoliyat koʻrsatishi uchun, shu jumladan uning energiya, issiqlik va suv taʼminoti boʻyicha zarur sharoitlarni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalar ijarasi punktlari ishi, oʻlchash vositalari va saqlash kameralari uchun masʼullarni tegishli buyruq bilan tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300 ta va undan ortiq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan bozor hududlarida va bozorga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari bilan jihozlashni taʼminlash, avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi vaqtini qayd etish funksiyasiga ega boʻlgan elektron hisoblagichlarni majburiy tartibda oʻrnatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor maydonini, maʼmuriy-xoʻjalik binolarini, umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni zarur sanitariya-texnik holatda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yondosh hududlarning oʻz vaqtida yigʻishtirilishi va obodonlashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilar, yirik hajmli axlatlar, turli xil idishlar va shu kabilarning tashib ketilishini taʼminlash.
(12 — 16-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17-sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Bozor maʼmuriyati quyidagilarni taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilarning tegishli texnik talablarga, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan anjomlarga ehtiyojini qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorlarga xizmat koʻrsatish chogʻida paydo boʻladigan nizoli vaziyatlarning sabablarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilarning minimal kasbiy tayyorgarligi boʻyicha tadbirlar amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazilgan mulohazalar va takliflar daftarlarining mavjud boʻlishi va ularni xaridorlarning birinchi talabiga binoan taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning inkassatsiya punktlari va kassalari ishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, bir martalik yigʻim, ijara toʻlovlari va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tushumlarning banklar kassalariga topshirilishini taʼminlashga koʻmaklashish, bozorlar va ularning filiallari hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd tushumining har kuni inkassatsiya qilish (topshirish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Bozor maʼmuriyati nazorat qiluvchi organlar vakillariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi, aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻradi. Zarurat boʻlganda, bozor maʼmuriyati nazorat qiluvchi organlar xodimlariga tekshirishlarni oʻtkazish davri uchun xonalar ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Bozor maʼmuriyati isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi, bozorlarning faoliyati, belgilangan savdo qoidalarining bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor hududida yer uchastkalari ajratishga (dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hududida qonun hujjatlariga muvofiq zamonaviy savdo majmualari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bundan mustasno), shuningdek bozorga tegishli koʻchmas mulk obyektlarining jismoniy va yuridik shaxslarga mulk qilib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Bozor maʼmuriyati rahbariyati Bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga rioya qilinmaganligi yoki bozor maʼmuriyati xodimlari va sotuvchilar tomonidan ularga rioya etilishi yuzasidan zarur nazoratning yoʻqligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor maʼmuriyati rahbarlari bir martalik yigʻimlarning, ijara toʻlovlarining va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi taʼminlanmaganligi, shuningdek savdo oʻrinlarining jismoniy shaxslarga ularning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiz berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin, oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, chorva mollarini, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish holatlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Savdo oʻrnini yoki uning bir qismini uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Savdo kompleksini boshqarish savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi, unga Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalariga (bundan buyon matnda Savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalari deb yuritiladi) hamda savdo faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Oʻz faoliyatini savdo kompleksida joylashgan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan buyon matnda savdo subyektlari deb yuritiladi) quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalariga muvofiq savdo faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksi maʼmuriyatidan Savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalariga muvofiq ishlash uchun shart-sharoitlar bilan taʼminlashni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksi maʼmuriyatidan savdo kompleksining ish tartibi va rejimi boʻyicha zarur tushuntirishlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining faoliyati nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilgan taqdirda savdo kompleksi maʼmuriyati xodimlarini taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksi maʼmuriyatiga savdo kompleksi faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Savdo subyektlari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli peshlavha shaklida oʻz tashkilotining firma nomini (nomi, ramzi yoki tovar belgisini), yakka tartibdagi tadbirkorning nomini, joylashgan joyini (pochta manzilini) va ish rejimini (ishning boshlanish va tugash vaqtini, tushlik paytini, dam olish kunlarini) isteʼmolchiga maʼlum qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo faoliyatini amalga oshirishda turgʻun savdo shoxobchasi ijarasi toʻgʻrisidagi shartnomaga va ijara toʻlovi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatga, yuridik shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga ega boʻlishi kerak. Ushbu hujjatlar davlat soliq xizmati organlari masʼul xodimlarining birinchi talabiga koʻra koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda boʻlganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish;
(168-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 18-iyundagi 68, 2019-38-sonli (roʻyxat raqami 2185-2, 03.07.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan kam miqdorda boʻlganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish;
(168-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 18-iyundagi 68, 2019-38-sonli (roʻyxat raqami 2185-2, 03.07.2019-y.) qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovini oʻz vaqtida toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan belgilangan joylarda savdo qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo shoxobchalarini toza va tartibli saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish, texnik va yongʻin signalizatsiyasi vositalari (asboblari) mavjud boʻlishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksi maʼmuriyati va nazorat qiluvchi organlarning qonuniy talablarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalari normalariga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turgʻun savdo shoxobchasining ijara huquqlarini uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Savdo kompleksi maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksida savdo faoliyatini amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatish uchun yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga shartnoma asosida turgʻun savdo shoxobchalari berish. Turgʻun savdo shoxobchalarining ijara huquqi yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ochiq tanlov savdolari oʻtkazish natijalari boʻyicha beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organlar vakillariga ular savdo komplekslarida oʻz funksiyalarini amalga oshirayotganda hamrohlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchilar bilan tuzilgan turgʻun savdo shoxobchalarining ijara shartnomasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish va unga oʻzgartirishlar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarozilar va boshqa oʻlchov asboblarini ijaraga berish, yuk saqlash joylarini tashkil etish, sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlar faqat savdo kompleksi maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1610. Savdo kompleksi maʼmuriyati quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo subyektlari va oʻz xodimlari tomonidan Savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalariga va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksi ishlarini va uning faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni savdo faoliyatini amalga oshirishni belgilovchi va savdo kompleksi joylashgan hududda atrof muhitni muhofaza qilishni, epidemik va ekologik xavfsizlikni taʼminlovchi qoidalar va normalarga qatʼiy muvofiq ravishda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksining normal faoliyat koʻrsatishi uchun jamoat tartibini saqlash, qoʻriqlashni tashkil etish, shu jumladan uning energiya, issiqlik va suv taʼminoti yuzasidan zarur sharoitlarni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyumlarni saqlash joylari hamda sotuvchilar va xaridorlarga aravachalarni ijaraga berish punktlari ishlari uchun masʼullarni buyruq bilan tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyumlarni saqlash joylari, aravachalar berilganligi uchun toʻlovlarni fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan holda qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo kompleksi va unga tutash hududni, maʼmuriy-xoʻjalik binolarini, umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni zarur sanitariya-texnik holatda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yondosh hududlarning oʻz vaqtida yigʻishtirilishi va obodonlashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilar, yirik hajmli axlatlar, turli xil idishlar va shu kabilarning tashib ketilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1611. Savdo kompleksi maʼmuriyati quyidagilarni taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorlarga xizmat koʻrsatishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarning sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan mulohazalar va takliflar daftari mavjud boʻlishini taʼminlash hamda uni xaridorlarning birinchi talabiga koʻra taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar kassalari va inkassatsiya punktlari ishlari uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, oʻz faoliyatini savdo kompleksida joylashgan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning naqd tushumi har kuni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) inkassatsiya qilinishiga (topshirilishiga) koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1612. Savdo kompleksi maʼmuriyati nazorat qiluvchi organlar vakillariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻradi. Zarurat boʻlganda, nazorat qiluvchi organlar xodimlariga tekshirishlarni oʻtkazish davri uchun xonalar ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1613. Savdo kompleksi maʼmuriyati isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan savdo qoidalari bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo kompleksi maʼmuriyati rahbariyati Savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalari normalariga rioya qilinmaganligi va ularga rioya etilishi boʻyicha savdo kompleksi maʼmuriyati xodimlari tomonidan zarur nazoratning yoʻqligi yuzasidan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo kompleksi maʼmuriyati rahbarlari ijara toʻlovlari hamda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi taʼminlanganligi, shuningdek turgʻun savdo shoxobchalarining jismoniy shaxslarga ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiz berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(161 — 1613-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 24-apreldagi 43, 2017-17-sonli (roʻyxat raqami 2185-1, 23.05.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 402-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning undirilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning undirilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 18-iyundagi 68, 2019-38-sonli (roʻyxat raqami 2185-2, 03.07.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maʼmuriyat har kuni davlat soliq xizmati organining biriktirilgan xodimi bilan birgalikda, savdo oʻrinlarini haqiqatda toʻldirilishi, bir martalik yigʻim, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning tushumi hisobini olib boradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 18-iyundagi 68, 2019-38-sonli (roʻyxat raqami 2185-2, 03.07.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bir martalik yigʻim, ijara toʻlovini undirish, shuningdek aholi bilan naqd pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda avtomatlashtirilgan bank tizimi hamda nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallarining ishlatilishining hisobini toʻliq yuritilishi uchun davlat soliq xizmati organlarining xodimlari aniq bir bozor, savdo kompleksi va ularning filiallariga tegishli buyruq bilan biriktiriladilar.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 18-iyundagi 68, 2019-38-sonli (roʻyxat raqami 2185-2, 03.07.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlarining biriktirilgan xodimi maʼmuriyat xodimi bilan birgalikda har kuni quyidagilarni amalga oshiradi:
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 18-iyundagi 68, 2019-38-sonli (roʻyxat raqami 2185-2, 03.07.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatish va sanash orqali savdo oʻrinlarining haqiqatdagi toʻldirilganligi yuzasidan hisob olib boradi. Hisobga olish natijasiga koʻra, savdo oʻrinlari haqiqatda toʻldirilganligini hamda tushum va toʻlovlar boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlab, ushbu Nizomga ilovaga muvofiq oʻtkazilgan hisobga olish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot toʻldiradi. Maʼlumotnoma va oʻtkazilgan hisobga olish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot maʼmuriyat tomonidan imzolanganidan keyin, unga imzolangan maʼlumotnoma va oʻtkazilgan hisobga olish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotning nusxasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriyat tomonidan bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi va boshqa toʻlovlarni bank orqali undirishning avtomatlashtirilgan tizimi qoʻllanilishini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor, savdo komplekslari va ularning filiallarida savdo oʻrinlarining haqiqatdagi toʻldirilganligini bozorlar daromadlari manbalari kesimida avtomatlashtirilgan bank tizimi orqali undirilgan tushumlarga mos kelishini tahlil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻtkazilgan hisobga olish natijasiga koʻra tuzilgan maʼlumotnomalar maxsus kitobga qayd etiladi va alohida ish jildiga tikiladi, ulardagi mavjud boʻlgan maʼlumotlar tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahlil maʼlumotlaridan bozorlar va savdo komplekslarining daromadlari (manbalar kesimida) toʻgʻrisida elektron baza yaratish va yuritishda, shuningdek bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazishda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maʼmuriyat tomonidan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlamaslik, shuningdek oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish hollaridan tashqari, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmagan shaxslarga savdo oʻrinlari berilganligi holatlarida, maʼmuriyatning rahbar va boshqa masʼul xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bir martalik yigʻimlar va ijara toʻlovlarini toʻlamasdan faoliyat yuritayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_______________________________________________ da joylashgan

_________________________________________bozor/savdo kompleksida

“_____” _____________ 20____ y.

oʻtkazilgan hisobga olish natijalari toʻgʻrisidagi

M A ʼ L U M O T

№‎ Koʻrsatkichlar Soni/ summasi‎

1.‎

Jami savdo rastalari (oʻrinlari) soni:
shundan, band boʻlganlari:‎
savdo rastalari uchun bir martalik yigʻimdan tushum summasi (ming soʻm):‎

2.‎

Turgʻun savdo shoxobchalarining jami soni:‎
shundan, ijaraga olinganlari:
ijara haqi toʻlovini toʻlaganlar soni:‎
toʻlangan ijara haqi toʻlovi summasi (ming soʻm):

3.‎

Koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushum jami:‎
shundan, arava ijarasidan:
tosh-tarozu ijarasidan:‎
boshqalardan:‎

‎Davlat soliq xizmati xodimi _____________________________________________

(imzo, F.I.Sh.)

Bozor direktori (savdo kompleksi) _________________________________________

(imzo, F.I.Sh.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 38-modda; 2017-y., 21-son, 402-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 08.05.2026-y., 10/26/2185-3/0476-son)