Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabr PF-3675-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 337-modda)
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoni 9-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 3626-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
4. “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
PF-3306-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2005-y., 45-son, 337-modda)