Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida band boʻlgan yuridik shaxslarni soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish va tartibga solish, tovar aylanishini ragʻbatlantirish hamda budjetga soliqlar tushumi toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PF-3850-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 37-modda)
4. Ulgurji savdo korxonalariga oʻzining firma doʻkonlari orqali naqd pulga mayda ulgurji va chakana savdoni amalga oshirishga nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish va naqd tushumni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) sharti bilan ruxsat berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
mahkamaviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-iyun,
PF-3270-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4-6-son, 37-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)