Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TOʻLOV INTIZOMINI VA OʻZARO HISOB-KITOBLAR TIZIMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlarning toʻlov intizomiga rioya qilish uchun javobgarligini oshirish, oʻzaro qarzlarni qisqartirishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PF-5189-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika isteʼmolchilariga mahsulotlarni yetkazib berish hajmining kamida 15 foiziga oldindan haq toʻlangan holdagina yuklab joʻnatsinlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-iyuldagi PF-3274-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 92-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli banklarning kafolatlari mavjud boʻlganda, eksportga mahsulot yetkazib berish (xizmat koʻrsatish) yuzasidan kontraktlar tuzsinlar va ularni bajarsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi banklarning kafolati olingani toʻgʻrisida vakolatli bankning tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda tovar-moddiy boyliklarning respublikadan tashqariga chiqarilishiga yoʻl qoʻymasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi 1996-yil 1-fevraldan boshlab buxgalteriya hisobi tizimiga korxona va tashkilotlar balanslarida toʻlov muddati oʻtib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni ajratib koʻrsatish joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-yanvar,
PF-1363-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-2-son, 6-modda; 2003-y., 6-7-son, 92-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 22-son, 257-modda)