07.01.2011 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.01.2011 yildagi 6-son
Date of entry into force
07.01.2011
Hujjat 07.01.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, jismoniy shaxslar 2011-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari va davlat soliq xizmati organlari faoliyat turlari boʻyicha xususiy tadbirkorlarga ruxsatnomalar rasmiylashtirish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga qatʼiy amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi, xususiy tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatni kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini chiqarib tashlash boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r‎

Faoliyat turining nomi‎

I‎ Chakana savdo:‎
1‎ Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (oʻsimlik moyi va alkogolli mahsulotlarni sotish bundan mustasno)‎
2‎ Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chakana sotish ‎
3‎ Nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (neft mahsulotlarining barcha turlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlarni, kino va video mahsulotlarini, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)
4‎ Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (turgʻun shoxobchalarda aralash savdo qilish)‎
5 Tovarlarni import qilish va chakana sotish*‎
II‎

Qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha xalq badiiy hunarmandchiligi va dekorativ-amaliy sanʼat buyumlarini tayyorlash.‎

II‎I‎ Maishiy xizmatlar, II boʻlimda nazarda tutilganlaridan tashqari:‎
6‎ Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar‎
7‎ Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek dazmollash xizmatlari‎
8‎ Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash va tozalash‎
9‎ Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarini, toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash va tikish, trikotaj buyumlarni toʻqish‎
10‎ Hayvonlar terilari, moʻyna, toʻqimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va boʻyash‎
11‎ Yakka buyurtmalar boʻyicha poyabzal tayyorlash va tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash‎
12‎ Attorlik buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash‎
13‎ Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash‎
14‎ Kalitlar tayyorlash
15‎ Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va taʼmirlash‎
16‎ Motam gulchambarlari, sunʼiy ranglar, girlyand tayyorlash‎
17‎ Toʻsiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash‎
18‎ Eshik, deraza va yogʻochdan boshqa buyumlar tayyorlash, mebeldan tashqari‎
19‎ Inventarni (xoʻjalik, sport, baliqchilik va hokazo inventar) taʼmirlash va tayyorlash
20‎ Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash‎
21‎ Mebelni yigʻish va taʼmirlash‎
22‎ Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash‎
23‎ Yakka buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini tozalash, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlash‎
24‎ Optika, soatlarni taʼmirlash va oʻymakorlik ishlari‎
25‎ Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish‎
26‎ Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signallarini taʼmirlash va oʻrnatish, yuvish, tekislash, kuzovga himoya va bezak qoplamalari qoplash, salonni tozalash va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar)‎
27‎ Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari‎
28‎ Shisha va oynalarni qirqish, shishaga badiiy ishlov berish‎
29‎ Binolarga oyna oʻrnatish xizmatlari‎
30‎ Jamoat hojatxonalari xizmatlari‎
31‎ Hammom va sauna xizmatlari‎
32‎ Turar joylarni yigʻishtirish xizmatlari‎
33‎ Hovlilar va bogʻlarga qarash xizmatlari, shuningdek koʻkalamzorlashtirish ishlari‎
34‎ Bogʻlar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish‎
35‎ Videoga olish va fotosuratga olish xizmatlari ‎
IV‎ Faoliyatning boshqa turlari:‎
36‎ Milliy shirinliklar, non-bulka va qandolatchilik buyumlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda oʻrindiqlar tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning alohida turlarini tayyorlash‎
37‎ Oʻlchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish‎
38‎ Qurilish, taʼmirlash va bezash boʻyicha alohida ishlarni bajarish (kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari boʻyicha yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishdan tashqari)‎
39‎ Repetitorlik xizmatlari ‎
40‎ Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari‎
41‎ Bolalarning oʻyinchoq avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlar‎
42‎ Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, taʼmirlash va ulardan foydalanish ‎
43‎ Dizayn boʻyicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek chizmachilik-grafika ishlari‎
44‎ Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter oʻyinlarini tashkil etish, shuningdek kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar‎
45‎ Tashrif qogʻozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish‎
46‎ Muqovalash ishlari‎
47‎ Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish‎
48‎ Sugʻurta agentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar‎
49‎ Toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish ‎
50‎ Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish‎
51‎ Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (toʻy, yubiley, tugʻilgan kun va hokazolar)‎
52‎ Koʻylak va kostumlarni, shuningdek ularga aksessuarlarni prokatga berish‎
53‎ Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)‎
54‎ Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari‎
55‎ Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish‎
56‎ Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)‎
57‎ Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari ‎
58‎ Mol soʻyish xizmatlari‎
59‎ Uy hayvonlariga qarash xizmatlari‎
60‎ Veterinariya faoliyati‎
61‎ Yuklarni avtomobil transportida tashish‎
62‎ Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish‎
63‎ Oʻsimlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni yetishtirish, yigʻishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish‎
64‎ Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish‎
65‎ Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish‎
66‎ Shisha idishlar va ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tovarlarning turlari tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan beriladigan chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun berilgan ruxsatnomada, shuningdek davlat soliq xizmati organlari tomonidan berilgan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmasdan tashkil etilgan yakka tadbirkorning roʻyxatdan oʻtkazish (ruxsat berish) tartibotlari varaqasida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Agar yakka tadbirkor faoliyatning asosiy turiga nisbatan yordamchi hisoblangan faoliyatni amalga oshirsa, qatʼiy belgilangan soliq faoliyatning bir turi uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Roʻyxatga kiritilgan faoliyat turlari yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 22-oktabrdagi 363-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 60-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 11-martdagi 129-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 23-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga 32-ilovaning 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 38-modda) ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qarori)” 2007-yil 27-fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 12-modda) ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarori)” 2007-yil 27-apreldagi 85-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-martdagi PQ-843-son qarori)” 2008-yil 12-iyundagi 128-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarori)” 2009-yil 7-martdagi 58-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 16-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari (xizmatlar)ning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 8-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda, 40-son, 414-modda; , 2012-y., 8-9-son, 85-modda; 12-son, 130-modda; 2014-y., 12-son, 138-modda, 31-son, 380-modda, 48-son, 568-modda; 2015-y., 31-son, 411-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 01.08.2018-y., 09/18/595/1598-son, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son, 23.10.2018-y., 09/18/850/2085-son; 12.02.2019-y., 09/19/112/2597-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; 19.04.2021-y., 09/21/221/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son; 11.02.2025-y., 09/25/76/0124-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)